1
4-mavzu. O„zbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilishning milliy
strategiyasi
Reja:
1.
1991-2000 yillarda sud-huquq tizimini isloh qilishning milliy strategiyasi belgilab
olinishi va konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratilishi.
2.
Sud-huquq
tizimi
islohotlarini
chuqurlashtirish,
odil
sudlov
tizimini
demokratlashtirish, sud jarayonida ayblov va himoyani amalda tengligini
ta‟minlashga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilishi.
3.
O„zbekistonda 2001-2010 yillarda sud-huquq sohasida amalga oshirilgan
islohotlar.
4.
Sudlarni ixtisoslashtirilishi, jinoiy jazolarni liberallashtirilishi, odil sudlov sifatini
oshirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilishi
5.
Sud va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mas‟uliyatini
kuchaytirish, tadbirkorlik sub‟ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish bo„yicha huquqiy asoslarni takomillashtirilishi.
6.
O„lim jazosini bekor qilish, qamoqda saqlash sanksiyasining prokuratura
organlaridan sudlarga berilishi.
7.
Xalqning huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko„tarilishi.
Mustaqillikka erishgandan so„ng O„zbekistonda huquqiy demokratik davlat
barpo etish yo„li tanlab olindi. Aynan huquqiy demokratik davlatda har bir shaxsning
huquq va erkinliklari kafolatlanadi, insonning kamol topishi va o„z orzu niyatlarini
ruyobga chiqarishiga imkoniyat yaratiladi. Huquqiy demokratik davlatda sud
hokimiyati alohida o„rin tutadi. Shuning uchun ham tubdan isloh qilingan sohalardan
biri sud-huquq tizimidir. Buning sababi shundaki, yangi, mustaqil, demokratik sud-
huquq tizimi mavjud bo„lmasdan turib mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy va ma‟naviy
hayotining normal faoliyat ko„rsatishini ta‟minlab bo„lmaydi. Boshqaruvning
ma‟muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechish, shuningdek qonun ustuvorligi, shaxs,
oila, jamiyat va davlat manfaatlari, fuqarolar huquq va erkinliklarining himoyasini
kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish, qonunga
itoatkor fuqarolarni tarbiyalash kabi masalalar rivojlangan bozor iqtisodiyotiga
asoslangan demokratik huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini
shakillantirishning maqsadi va bir vaqtning o„zida bu maqsadlarga erishishning
vositasi hamdir. Ushbu maqsadga erishish davlat va jamiyat hayotining boshqa
sohalarini isloh etish bilan bir qatorda sud-huquq tizimida ham chuqur o„ylanilgan
muhim o„zgartirishlar va islohotlarni talab qildi.
O„zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida ijtimoiy
munosabatlarni yanada rivojlantirish, demokratik o„zgarishlarni chuqurlashtirish,
umuminsoniy qadriyatlarni himoya qilishning kafolatlarini kuchaytirish, eng avvalo
2
shaxs, uning hayoti, ozodligi, sha‟ni, qadr-qimmati va boshqa uzviy huquqlarini
muhofaza qilish uchun sharoit yaratilmoqda. Birinchi Prezident I.Karimov
ta‟kidlaganidek, “Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi
eng muhim yo„nalishlaridan biri, bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni
mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan
sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so„z
bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va
aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa
bo„lib qolmoqda”
1
.
O„zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab jinoyatga oid
siyosatni izchil liberallashtirilishi amalga oshirilmoqda. O„zbekiston mustaqillikka
erishganidan so„ng, demokratik huquqiy dunyoviy davlat va fuqarolik jamiyatini
barpo etishni, ijtimoiy yo„naltirilgan bozor munosabatlariga o„tishni o„z oldiga
maqsad qilib quyishi, halqaro hamjamiyat tomonidan umume‟tirof etilgan shaxs
huquq va erkinliklari ustuvorligi tan olinishi munosabati bilan kun tartibiga qo„yilgan
muammolardan biri, jinoyat qonunini isloh qilish masalasi bo„ldi.
Harakatdagi Jinoyat kodeksidan mutloqo farq qiladigan, 1992 yil 8 dekabrda
qabul qilingan O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos ravishda jinoyatlar va
jazolar to„g„risidagi yangi Jinoyat kodeksining yaratish to„g„risida qaror qilindi.
Yangi kodeksini yaratishda jinoyatchilikka qarshi kurashda jinoyat-huquqiy
vositalarning samaradorligini oshirish, jinoyat-huquqiy normalarda taqiqlangan
huquqbuzarliklarni sodir etgan har qanday shaxs uchun javobgarlikning
muqarrarligini ta‟minlash va jinoyatchilik miqdorini kamaytirish asosiy maqsad
sifatida belgilandi. Jinoyat qonunida, Konstitutsiya va xalqaro normalarda qayd
etilgan qadriyatlar tizimini aks ettirish; davlatimiz va Markaziy Osiyo hududida
shakllangan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy turmush tarzini, diniy va ma‟naviy-
axloqiy holatni mos ravishda ifodalash; davlatchilik va ijtimoiy munosabatlarning
istiqboldagi rivoji va ushbu munosabatlarni jinoyat huquqi vositasida muhofaza
qilishda ijtimoiy va kriminologik shart-sharoitlarni hisobga olish; yuridik
shaxslarning
va
fuqarolarning
hayotiga
jinoyat-huquqiy
“aralashishning”
chegaralarini belgilash; ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish bo„yicha avval
to„plangan tajribani inobatga olib qonun va uni qo„llash amaliyotining uzviyligini
ta‟minlash; unda jinoyatchilik dinamikasi va tuzilishining asosiy yo„nalishlari va
zamonaviy jinoyatga oid siyosatning eng muhim ijobiy holatlari, shuningdek
demokratik va iqtisodiy sohadagi muqarrar o„zgarishlarni aks ettirish; jamoatchilik
fikrini, aholining huquqiy ongi va qonunga itoatkorlik, huquqiy madaniyatning
1
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasi: O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qo„shma majlisidagi ma‟ruza.
2010 yil 12 noyabr. – Toshkent: O„zbekiston, 2010. – B. 15-16.
3
darajasini hisobga olish; ilmiy-nazariy ishlanmalar va tavsiyalarni imkon qadar
to„laroq e‟tiborga olish; xalqaro qonun ijodkorligi va xalqaro huquqning umume‟tirof
etilgan jinoyat-huquqiy normalarini implementatsiya qilish; jinoiy jazoning ijtimoiy-
tartibga solish imkoniyatlarini hisobga olish; jinoyat qonunining haqiqatda amalga
oshirilishi mumkin bo„lgan vazifalarini aniqlash; ularni maksimal darajada qonunda
aks ettirish va jinoyat huquqi tamoyillarini aniq belgilash ustuvor vazifalar sifatida
belgilandi.
Jinoyat-huquqiy sohadagi islohotlarning mazkur maqsad va vazifalarini: barcha
jinoyat-huquqiy institutlar va normalar jinoyat qonunining vazifalarini maksimal
ravishda bajarilishini ko„zlab tuzilishi; qonun normalarida jinoyat huquqi
tamoyillarini mujassamlashtirish va aniqlashtirish; qilmishni kriminalizatsiya va
dekriminalizatsiya qilish asoslarini hisobga olish; kriminalizatsiya qilish tamoyillarini
kompleks va tizimli qo„llash; javobgarlikning ijtimoiy va kriminologik jihatlari
asoslantirilib, qilmish va aybdor shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasini
differensiatsiya qilish; residiv jinoyatchilar va davlat va xalq uchun muhim va qadrli
bo„lgan ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qilgan shaxslarga nisbatan qat‟iy jinoyat-
huquqiy ta‟sir choralarini saqlab qolish; jinoyat huquqining ijtimoiy va siyosiy
mohiyatidan kelib chiqib, qonunda qo„llanilgan jinoyat tarkibi va jinoyat-huquqiy
institutlari tushunchalarining bir xilda qo„llanilishini ta‟minlash; qonunchilik
texnikasi qoidalariga rioya etish; tergov-sud ixtiyorini toraytirish orqali amalga
oshirish mumkin edi.
Maqsad
va
vazifalarni
to„liq amalga oshirish zamonaviy jinoyat
qonunchiligining umumiy tabiati to„g„risidagi masalaning to„g„ri yechimini topishga
bog„liq edi, chunki bu borada ikki yondashuv mavjud edi. Muammoni hal etish
uchun: ijtimoiy xavflilik darajasi nisbatan yuqori bo„lgan xulq-atvor uchun jinoiy
javobgarlik belgilash bilan cheklanib, “ixcham” qonun yaratish yoki ijtimoiy
ahamiyati “kamroq” bo„lgan ijtimoiy munosabatlarga tajovuz etgan xulq-atvor
ustidan ham davlat va jamoat nazoratini amalga oshirish nazarda tutilgan kodeks
ishlab chiqish masalasini yechish lozim edi. Mazkur masalani hal etishda birinchi
yondashuvning ma‟lum darajada jozibador bo„lishiga karamasdan, u kator salbiy
oqibatlar olib kelishi mumkinligi hisobga olindi. Uning asosiy kamchiligi shundan
iborat ediki “ixcham” kodeksini ishlab chiqish uning og„ir jazo choralarini nazarda
tutuvchi hamda jinoyat huquqining uzoq yillar davomida shakllangan qator aosiy
qoidalarini tubdan qayta ko„rib chiqishni talab qiladigan radikal yo„nalishni tanlashni
takozo qiladi.
Bu hol o„z navbatida qonunchilikdagi vorisiylikni buzish bilan birga huquqni
muhofaza qiluvchi organlardan jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida shakllangan va
amaliyotda sinovdan o„tgan shakl va uslublarni qayta ko„rib chiqilishini, shuningdek,
jinoyat-protsessual, ma‟muriy, tezkor-qidiruv, jinoyat ijroiya huquqi va boshqa huquq
4
sohalarining huquqiy asoslarini qaytadan ko„rib chiqilishini taqozo qilgan bo„lar edi.
Undan tashqari kriminalizatsiya qilinadigan xulq-atvor doirasini belgilashda
kriminalizatsiya barcha huquqiy, ayniqsa tizimli huquq guruhiga kiruvchi prinsiplari
e‟tiborga olinishi mumkin emasligi tufayli samarasi kam bo„lgan yoki ijtimoiy shart-
sharoitlarga mos bo„lmagan qonunlar qabul qilinishiga sabab bo„lgan bo„lar edi.
Bunday qoidaning qabul qilinishi uncha og„ir bo„lmagan, shu jumladan, ehtiyotsizlik
orqasida sodir etilgan barcha qilmishlarga qarshi kurashning samaradorligi
pasayishiga sabab bo„lar edi. Ushbu qilmishlarning kattagina qismi samarasi jinoyat-
huquqiy choralarga nisbatan ancha kam bo„lgan ma‟muriy yustitsiya sohasiga
o„tkazilishiga olib kelgan bo„lar edi.
Yuqorida ko„rsatilgan va boshqa sabablar jinoyat huquqining demokratik
prinsiplari amalga oshirilishiga xizmat qiladigan va davlatimizning jinoyat-huquqiy
sohadagi g„oyalarini aks ettiruvchi qonunni yaratilishi zarurligini ko„rsatadi.
1994 yil 22 sentabrdagi O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining so„ngi
chaqiriq o„n oltinchi sessiyasida O„zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi qabul
qilindi va 1995 yil 1 apreldan amalga kiritildi.
Mustaqil O„zbekistonning birinchi Jinoyat kodeksi nafaqat o„z tuzilishi, balki
mohiyatiga ko„ra ham ilgargi qonunlardan tubdan farq qilishini ta‟kidlash joizdir.
O„zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi qabul qilinguniga qadar ham ijtimoiy-
siyosiy va iqtisodiy munosabatlarda ro„y bergan o„zgarishlarni hisobga olib, o„sha
vaqtda amalda bo„lgan 1959 yilgi Jinoyat kodeksiga qator o„zgartirish va
qo„shimchalar kiritilgan edi. Fikrimizni isbotlash uchun bir qancha misollar
keltiramiz.
1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan O„zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining normalarida umuminsoniy ne‟matlarning ustunligi prinsipi izchil amalga
oshirildi. Mazkur kodeks, birinchi navbatda, shaxs xavfsizligi, fuqarolarning hayoti,
sog„lig„i, qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini, ularning daxlsizligini imkon boricha
to„liq ta‟minlashga yo„naltirilgan.
1994 yildagi Jinoyat kodeksida sud tizimining jinoiy-huquqiy faoliyatiga doir
eng asosiy prinsiplari mustahkamlandi, mazkur prinsiplar oldin amal qilgan Jinoyat
kodeksiga ma‟lum bo„lmagan.
Ulardan birinchi
Dostları ilə paylaş: |