davlat
hokimiyati idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shu jumladan,
prokuratura faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilish va qonun
ustuvorligini
taminlash
bo„yicha adliya organlarining rolini yanada
kuchaytirish
ga qaratilgan yangi huquqiy mexanizmlarni o„rnatadigan hujjatlarni
ishlab chiqish va qabul qilish muhim o„rin tutadi.
24
Tahlillar shuni ko„rsatadiki, aksariyat xorijiy davlatlarda adliya vazirligi qonun
ijodkorligi va huquqni qo„llash sohalarini nazorat qiladi, hukumat va boshqa davlat
tuzilmalariga yuqori sifatli yuridik yordam ko„rsatish kabi vazifalarni bajaradi.
Masalan, Germaniya Federal adliya vazirligi mamlakat parlamenti (Bundestag va
Bundesrat)ga qonun loyihala-rini tayyorlashga ko„maklashadi, sud va huquqni
muhofaza qiluvchi organlarning huquqiy yordam ko„rsatish bilan bog„liq
faoliyatlarini tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi. Yaponiyada adliya vazirligi
milliy qonunlarni va hukumat tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarning
ijro etilishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta‟minlash tizimining faoliyati
ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Bir so„z bilan aytganda, xorijiy davlatlarda adliya organlari davlat hokimiyati
idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shu jumladan, prokuratura
faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilish va qonun ustuvorligini taminlash
bo„yicha ham faoliyat olib boradi.
Darhaqiqat, rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini inobatga olgan holda,
adliya organlarining huquq ijodkorligi sohasi va huquqni qo„llash amaliyotida yagona
davlat siyosatini o„tkazishdagi rolini kuchaytirish uchun ularga zarur bo„lgan tegishli
vakolatlarning berilishi mamlakatimizning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat
organlari tizimida o„zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali
mexanizmini yaratish imkonini beradi hamda ushbu organlar faoliyatida qonuniylik
va qonun ustuvorligini taminlashga xizmat qilishi, shubhasiz.
Jamiyatning demokratiya yo„lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga
oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko„p jihatdan odamlarning huquqiy ongi
va huquqiy madaniyat darajasiga bog„liq. Mamlakatimizni isloh etish va
demokratlashtirish jarayonida odamlarimiz o„zgarib, ularning siyosiy va fuqarolik
faolligi oshayotgani, ongu tafakkuri yuksalib, yon-atrofda bo„layotgan barcha voqea-
hodisalarga daxldorlik tuyg„usi, ertangi kunga ishonchi ortib borayotganini ko„rish
mumkin. Biroq shunday bo„lsa-da, yurtboshimiz ta‟biri bilan aytganda, aholining
huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa
bo„lib qolmoqda. Zero, yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori
va huquqiy tizimning yetuklik ko„rsatkichidir.
Ma‟lumki, O„zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan
“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi” huquqiy hayotimizni
tubdan yaxshilashga xizmat qiladigan davlat va jamiyat ahamiyatiga molik huquqiy
hujjat sifatida xizmat qilib kelmoqda. Biroq bugungi siyosiy-huquqiy voqelikni
hisobga olgan holda, mamlakatimizda huquqiy talim va marifatni, jamiyatda huquqiy
bilimlar targ„ibotini tubdan yaxshilashga yo„naltirilgan maqsadli keng ko„lamli
chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish zarur. O„z navbatida ushbu dasturning amalga
oshirilishi aholining inson huquq va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan
munosabatda bo„lishini, fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg„usining yanada
ortishini taminlash bilan birga fuqarolarimizning mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallash-tirish
jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishga, jamiyatimizning demokratiya yo„lidan
jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatini
to„liq ta‟minlanishiga xizmat qiladi.
25
Ushbu tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish bugun barcha sud,
huquqni muxofaza qiluvchi organlar va boshqa idoralar hamda nodavlat tashkilatlari
oldiga ulkan vazifalarni yuklaydi.
Xulosa qilib aytganda, sud-huquq tizimini yanada liberallashtirish mamlakatimiz
oldiga qo„ygan asosiy maqsad demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik
jamiyatini shakllantirishga, inson huquq va erkinliklarini yanada to„laroq
ta‟minlanishiga, odil sudlovni adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga
oshirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |