4-mavzu. O„zbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilishning milliy strategiyasi Reja


“Normativ - huquqiy hujjatlar to„g„risida”gi Qonunning



Yüklə 260,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix26.12.2023
ölçüsü260,44 Kb.
#198349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4 mavzu O‘zbekistonda sud huquq tizimini isloh qilishning milliy

“Normativ
-
huquqiy hujjatlar to„g„risida”gi Qonunning 
yangi tahriri
da normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochi va aholiga yetkazish, uning ijro 
etilishi va amalga oshirilishi bo„yicha nazorat va tekshiruvni nazarda tutish hamda 
normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etilmasligi (lozim darajada ijro etilmasligi) bo„yicha 
javobgarlikni nazarda tutuvchi normalarni kiritish lozim. Bu esa mamlakatda qonun 
ustuvorligini ta‟minlash, aholining huquqiy ongi va savodxonligini yanada oshirishda 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlatimiz rahbari tomonidan e‟lon qilingan Konsepsiyaning sud-huquq 
tizimini isloh etishga oid ikkinchi yo„nalishida sud hokimiyatining nufuzini oshirish, 
fuqarolarning adolatli sud muhokamasiga bo„lgan huquqlarini samarali ta‟minlash 
masalalariga alohida to„xtalib o„tiladi. Xususan, sudga qadar ish yurituv bosqichida 
qo„llanadigan 
lavozimdan chetlashtirish 
va
shaxsni tibbiy muassasaga 
joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini faqat sudyaning 
sanksiyasi asosida qo„llash tartibining joriy etilishi 
haqidagitaklifning ilgari 
surilishi shular jumlasidandir.
 
Darhaqiqat, lavozimidan chetlashtirilgan shaxsning mehnat qilish, erkin kasb 
tanlash kabi O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida belgilangan 
qator huquqlari qonunda belgilangan asoslarga ko„ra cheklanadi. Konstitutsiyaning 
19-moddasida belgilangan normaga ko„ra, fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda 
mustahkamlab qo„yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz 
mahrum etishga yoki ularni cheklab qo„yishga hech kim haqli emas. Shuning uchun 
ham lavozimdan chetlashtirish ham faqat sudning sanksiyasi bilan qo„llanilishi 
maqsadga muvofiq. 
Shu o„rinda xorijiy davlatlar jinoyat protsessual qonunchiligini kuzatadigan 
bo„lsak, Fransiyada aynan lavozimdan chetlashtirishga o„xshash chora sudyaning 
tashabbusi bilan, shuningdek ayblovchining taklifi yoki manfaatdor ishtirokchilarning 
iltimosnomasi bilan sud tomonidan qo„llaniladi. AQSh, Germaniya qonunchiligiga 
ko„ra ham ayblanayotgan shaxs sudyaning qarori bilan shartli ravishda vaqtinchalik 
lavozimidan chetlashtirilishi mumkin.
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish ham jinoyat protsessida qo„llaniladigan 
shaxsning huquq va erkinliklarini bevosita cheklovchi protsessual majburlov 
choralaridan biri bo„lib, ushbu holatda shaxs erkinligi bevosita cheklaganligi uchun 
ham sudning sanksiyasi bilan qo„llanilishi maqsadga muvofiq bo„ladi. 
Lavozimdan chetlashtirish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi 
protsessual majburlov choralarini faqat sudyaning sanksiyasi asosida qo„llash 
tartibining joriy etilishi surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida sud nazoratini 


22 
kuchaytirish, jinoyat protsessida “Xabeas korpus” institutini qo„llash sohasini yanada 
kengaytirish imkonini beradi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan KonsepsiyadaO„zbekiston 
Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 439-moddasiga o„zgartish kiritish va 
unga muvofiq

Yüklə 260,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin