2-jadval
"Ringi" usulini qo‘llash bosqichlari
T/r
Bosqichlar
Izoh
1.
Birinchi
bosqich
- Bu bosqichda firma rahbariyati qanday muammo yuzasidan qaror qabul
qilinishi lozim bo‘lsa, shu muammo (masalan, yangi mahsulot turini ishlab
chiqarishga) doir umumiy mulohazalarni jalb etilgan mutaxassislar bilan
birgalikda o‘rtaga tashlaydi
2.
Ikkinchi
bosqich
- Muammo "pastga", ya’ni loyiha ustida ish tashkil etiladigan pog‘onaga
uzatiladi
3. Uchinchi
bosqich
- Bu bosqichda tayyorlanayotgan loyihaning barcha jihatlari bo‘yicha
ijrochilar bilan batafsil kelishib olinadi. Aslida bu ixtiloflarni, qarama-qarshi
nuqtai nazarlarni bartaraf etish bosqichidir
4. To‘rtinchi
bosqich
- Muammoni hal qilish uchun maxsus kengash va konferensiyalar o‘tkaziladi
5. Beshinchi
bosqich
- Bu bosqichda hujjat ijrochilar
tomonidan imzolanadi, har kim o‘z muhrini
bosadi va hujjat firma rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi
Garchi bu usulning haddan tashqari sermashaqqat bo‘lgani uchun yapon matbuotida uning
sha’niga aytilgan tanqidni uchratish mumkin bo‘lsa-da, uni qo‘llashdan voz kechish to‘g‘risida hech
narsa deyilmaydi.
Qayd
qilingan qarorlar, odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida qabul
qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy tahlilga, optimallashtirishga
asoslangan oqilona qarorlar qabul qilinadi.
Boshqarish usullari va shakllarining muvaffaqiyatli qo’llanishi Bo’ysunuvchining
xizmatdagi yuksalishini ta’minlaydi. Ulardan bir nechtasini ko’rib chiqaylik:
«To’rt maqsad» asosida qurilgan tamoyilda:
Boshqarish;
Iqtisodiy ishlab
chiqarish;
«Nou-xau»;
ijtimoiy ximoya kabi to’rt maqsad miqdoriy ko’rsatkichlari belgilanib, hamma resurslar
shu maqsadni bajarishga yo’naltiriladi. Bu tamoyilda qo’llaniladigan ijtimoiy himoya – aynan
bo’ysunuvchilarning o’z maqsad va qiziqishlariga g’oyat maqbul tarzda
shavrt-sharoitlar yaratib
berishga qaratilganligi, ularni kasbiy yuksalishga undaydi hamda kasbiy yuksalishga undaydi
hamda xizmatdagi yuksalishlariga sabab bo’ladi.
«7s» tamoyiliga ko’ra, maqsad sari quyidagi yo’nalishlarda faoliyatni
tashkil etish nazarda
tutadi:
strategiya;
struktura;
tizim;
xodimlar tarkibi;
boshqarish qoidasi;
boshqarish mahorati;
yakuniy natijalar.
Ularga ko’ra,
iqtisodiy ko’rsatkichlar hisoblab chiqiladi;
ishlab chiqarish tuzilmasi barpo etiladi;
resurslar
jamlanadi;
boshqarishning samarali usullari keng qo’llaniladi;
xodimlarni tanlash, o’qish va malakasini oshirish ishlarining yo’lga qo’yilishi
Bo’ysunuvchining na’munaviy xodimga aylanishida muhim rol o’ynaydi.
«Kanban» usuli yaponlarga tegishli bo’lib, unga ko’ra, ishlab chiqarishning uzluksiz
harakatini ta’minlovchi boshqarish tizimi qaror topadi. Mazkur usulning asosiy yo’nalishini
xodimlarni tanlash, mahoratini baholash, o’qitish va malakasini oshirish,
ular oldiga aniq maqsad va
vazifalar qo’yish, mansablardagi almashinuvni (rotatsiya)larni muntazam olib borish orqali
bo’ysunuvchining xizmatdagi yuksalishi ta’minlanadi. Rahbarlar va bo’ysunuvchilar taqdiri bir deb
qaraladi.
Nazorat uchun savollar:
1. Menejmentga qanday bilimlar zarur?
2. Menejment nima?
3. Menejer va tadbirkor qanday xususiyatlari bilan farqlanadi?
4. Menejmentning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
5. Menejmentning amaliy qismi nimani o’rganadi?
6. Boshqaruv munosabatlari deganda Siz nimani tushunasiz?
7. Menejmentning qanday metodlarini bilasiz?
8. Menejmentning qanday xorijiy modellari mavjud?