1-mavzu. Menejmentga kirish fanining maqsadi, predmeti va vazifalari.
Reja:
1. Menejmentga kirish fanining mazmuni, mohiyati, fanni o’qitish maqsadlari.
2. Menejment ob’ekti va sub’ekti. Menejmentga kirish fanining umumfalsafiy usullari.
3. Menejmentga kirish fanining tahlil usullari.
4. Menejmentga kirish fanining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar
bilan o’zaro aloqalari.
5. Menejmentning xorijiy modellari.
1. Menejmentga kirish fanining mazmuni, mohiyati, fanni o’qitish maqsadlari.
Biz buyuk o’zgarishlar davrida yashayapmiz. Jamiyatimiz
qayta qurish deb nomlangan
murakkab, qiyin bir davrni boshidan kechirmoqda. Ijtimoiy-siyosiy hayotda bu totalitarizmdan
demokratiyaga, iqtisodda ma’muriy buyruqbozlik sistemasidan bozorga,
alohida kishilar hayotida
uni xo’jalik faoliyatining mustaqil sub’ektiga aylanishini bildiradi. Jamiyatdagi,
iqtisoddagi va
bugungi hayotimizdagi bu o’zgarishlar bizni o’zgarishimizni taqozo etmoqda.
Bunday sharoitda jamiyatning har bir a’zosi yangi bilimlar va undan hayotda foydalanishi
zarur. Bu bilimlar ichida menejment muhim o’rin egallaydi. Hozirgi kunda bu so’z ko’pchilikka
yaxshi tanish bo’lib qoladi.
Menejment – inglizcha so’z bo’lib boshqaruv ma’nosini anglatadi.
Menejment - bu oldingizga qo’yilgan maqsadlarga erishishdir. Asrimizning 60-yillarida
menejment amerikacha boshqaruv deb tushunilgan, keyinchalik «ilmiy boshqaruv» deb yuritilgan.
AQSH.da hozirgi zamon boshqaruvi asr boshida vujudga kelgan deb
hisoblanadi va Teylor nomi
bilan boshlanadi. Teylor «boshqaruv aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilmdir» degan
edi.
«Menejment» so’zi ingliz tilining Oksford lug’atida 2 ta ma’noga ega:
1. Boshqaruv hokimiyati va san’ati;
2. Tashkilot resurslarini boshqaruv bo’yicha alohida ko’nikmalar va mohirlik.