Jamiyat hayotining barcha tomonlari demokratik yangilanishi sharoitida asosiy masala
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy taraqqiyotni rag’batlantirish. Boshqariladigan bozor bilan shaxs
va jamoa manfaatlarini samarali bog’lash masalalaridan iboratdir. Nazariy va amaliy nuqtai
nazardan ishlab chiqarish egalari bo’lgan mehnatkashlar manfaatlari eng muhim manfaat ekanligi,
ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtiruvchi qudratli xarakatlantiruvchi
kuch ekanligi shubhasizdir. Bundan boshqaruvni isloh qilishning strategik g’oyasi mehnatkash
kishining obro’sini ko’tarishdan, chunki, iqtisodiyotni sog’lomlashtirishning asosi bo’lib vijdonan
va ma’suliyat bilan mehnat qilishga xizmat qiladi; ishchining mehnatdan manfaatdorligini keskin
oshirish, o’z qobiliyatini to’liq sarf etish, uni jamiyatni xarakatlantiruvchi kuchlarning umumiy
tizimiga qo’yishdan iborat. Bunga faqat ishchi ishlab chiqarishnin xaqiqiy egasi sifatida mehnat
qilgan holdagina erishish mumkin, bu juda murakkab masala, chunki inson faqat ijtimoiy shaxs -
ya’ni jamiyatga bog’liq va uning ta’siri ostida bo’lib qolmay, tabiiy mavjudot hamdir. Xuddi
shunga bog’liq holda uning shaxsiy manfaatlarini (unga bog’liq holda xulqi, xarakatlari) har doim
ham ijtimoiy manfaatlar bilangina emas, balki o’z idroki manfaatlari bilan ham mos kelmaydi.
Kishilar o’rtasidagi iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar aks etuvchi manfaatlar ular maqsadlari,
mehnat intizomi, faolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi va ularning xarakatlarini tartibga soladi.
Dostları ilə paylaş: