“Insoniy resurslar menejmenti” atamasi 60–yillarda vujudga kelgan. Amerikalik sotsiolog
R.E.Maylz o’zining asarlaridan birida “Insoniy munosabatlar” modeliga “Insoniy resurslar”
modlelini qarama-qarshi qo’ygan. “Insoniy resurslar” modeli strategik,
tashkilotning asosiy
maqsadlarini hal qilishga ko’maklashuvchi sifatida ko’rib chiqilgan. “Insoniy resurslar” modeli
shaxsning tashkilotdagi faol o’rniga qaratilgan. Har bir kishi o’z mehnatining natijalariga javob
berishi, tashkilotning umumiy maqsadlarini bilishi va o’z mehnati
bilan ularga erishishga
ko’maklashishi kerak. O’z navbatida tashkilot o’z xodimlarining shaxsiy tashabbusini moddiy
rag’batlantirishi va xizmatda ko’tarilish yordamida sho’’baiqtirishi kerak.
Zamonaviy amerikacha menejment quyidagi uchta tarixiy shart-sharoitlarga asoslanadi:
- bozorning mavjudligi;
- ishlab chiqarishni tashkil qilishning sanoat usuli;
- tadbirkorlikning asosiy shakli sifatidagi korporatsiya.
Korporatsiyalar yuridik shaxs mavqeiga, ularning aktsiyadorlari esa foydaning o’zlariga
tegishli bo’lgan aktsiyalar miqdoriga mutonosib bo’lgan qismiga egalik qilish huquqiga egalar.
Korporatsiyalar barcha mulk sarmoya egasiga tegishli bo’lgan va egalari
ishchilar faoliyatini
to’liq nazorat qiluvchi kichik korxonalar o’rniga kelganlar.
Menejment nazariyachilarining fikriga ko’ra, korporatsiyalarni tashkil qilishni o’z orqasidan
mulkni unga egalik qilishni nazorat qilishdan, ya’ni hukmronlikdan ajratilishiga olib kelgan.
Korporatsiyalarni boshqarish bo’yicha haqiqiy hukmronlik uni boshqaruvchi va menejerlar (ishlab
chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sohasidagi mutaxassislar)ga o’tgan.
Hozirgi vaqtda
amerikacha menejment modellarida korporatsiyalar asosiy tarkibiy birlik bo’ladilar.
Amerika korporatsiyalari o’zlarining faoliyatlarida strategik boshqaruvdan keng. SXM
raqobatbardosh mahsulotni o’z vaqtida ishlab chiqarish va uni sotish, navlar bo’yicha mahsulotni
ishlab chiqarishning ishlab chiqarish dasturini shakllantirishga javob beradi.
Hozirgi vaqtda AQShda boshqaruvga ishchilarni jalb qilishning to’rtta asosiy shakllari keng
tarqalgan:
1. Ishchilarni tsex darajasiga mehnat va mahsulot sifatini boshqarishda ishtirok etishi.
2. Ishchilar va boshqaruvchilarning ishchi kengashlari (qo’shma qo’mitalari)ni tashkil
qilinishi.
3. Foydada ishtirok etish tizimlarini ishlab chiqilishi.
4. Ishchilar vakillarini korporatsiyalar direktorlar kengashlariga jalb qilinishi.
Dostları ilə paylaş: