5. Texnologiyaning takomillashuvi: A) talab egri chizig‘ini yuqoriga va o‘ngga siljitadi;
b) talab egri chizig‘ini chapga va pastga siljitadi;
*с) taklif egri chizig‘ini yuqoriga va o‘ngga siljitadi;
d) taklif egri chizig‘ini chapga va pastga siljitadi.
6. Talabga quyidagi omillardan qaysi biri ta’sir ko‘rsatmaydi? a) iste’molchilarning daromadi;
b) to‘ldiruvchi tovarlar narxining o‘zgarishi;
*с) resurslarning narxi;
d) iste’molchilar soni.
7. Tovar narxining pasayishiga quyidagi omillardan qaysi biri ta’sir ko‘rsatgan? a) soliqlarning oshirilganligi;
b)* ishlab chiqarish resurslari narxining pasayganligi;
с) iste’molchilar daromadining ko‘tarilganligi;
d) to‘ldiruvchi tovarlar narxining arzonlashuvi.
8. A mahsulot narxining ko‘tarilishi nimaga olib keladi? a)* o‘rinbosar b tovarga bo‘lgan talabning oshishiga.
b) to‘ldiruvchi v tovarga bo‘lgan talabning oshishiga;
с) X mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslarga bo‘lgan talabning qisqarishiga;
d) X mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslarga bo‘lgan talabning o‘sishiga.
9. Talab egri chizig‘i nimani anglatadi: a) tovar narxi va taklif o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglatadi;
*b) iste’molchilarning turli baholar darajasida sotib olishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdorini anglatadi;
с) turli baholar darajasida bozorda sotilishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdorini anglatadi;
d) talabga turli omillarning ta’sirini ko‘rsatadi.
10. Taklif qonuniga ko‘ra: a) tovar narxi va unga bo‘lgan talab o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud;
b) tovar narxi va unga bo‘lgan talab o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud;
с) tovar narxi va taklifi miqdori o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud;
*d) tovar narxi va taklifi miqdori o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud.
8. Taklif qonuniga ko‘ra, boshqa omillar o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda tovar narxining ko‘tarilishi: A) Taklifning o‘zgarishiga olib keladi;
B) Talabning o‘zgarishiga olib keladi;.
*С) Taklif xajmining oshishiga olib keladi;.
D) Taklif xajmining pasayishiga olib keladi.