3-mavzu. Talab va taklif tahlili asoslari
1. Talab qonuniga ko‘ra:
A) taklif hajmining talab hajmidan oshib ketishi bahoni tushushiga olib keladi;
b) iste’molchilarning daromadi oshsa, ular tovarlarni ko‘proq sotib olaboshlaydilar;
с) talab egri chizig‘i odatda manfiy qiyalikka ega bo‘ladi;
*d) mahsulotning narxi pasayganda, unga bo‘lgan talab oshadi.
2. Qaysi holatda X mahsulotga bo‘lgan talab chizig‘i o‘ngga suriladi:
A) turli sabablarga ko‘ra x mahsulotning taklifi kamayganda;
b) X mahsulotning narxi o‘sganligi uchun iste’molchilar ushbu tovarni kamroq sotib olishga qaror qabul qilishganda;
*с) iste’molchilar didlarining o‘zgarganligi munosabati bilan ular x tovarni oldingisiga nisbatan ko‘proq sotib olishni xohlashganda;
d) X tovarning narxi pasayganligi uchun iste’molchilar uni ko‘proq sotib olishga qaror qilganda.
3. Qaysi ibora insonlarning biror-bir tovarni sotib olish uchun imkoniyati va xohishi borligini anglatadi:
A) ehtiyoj;
*b) talab;
с) zaruriyat;
d) xohish.
Dostları ilə paylaş: |