1-Mavzu: Model va modellashtirish tushunchalari. Matematik va axborotli modellashtirish. Reja


Matematik modellashtirishning asosiy bosqichlari



Yüklə 70 Kb.
səhifə2/4
tarix18.11.2022
ölçüsü70 Kb.
#69719
1   2   3   4
1-Mavzu Model va modellashtirish tushunchalari. Matematik va ax

1.2. Matematik modellashtirishning asosiy bosqichlari
Har qanday obyektni matematik modellashtirish bir necha bosqichlar asosida olib boriladi. Bu bosqichlar quyidagilardan iborat:

  1. Obyekt xossa va xususiyatlarin o’rganish.

  2. Obyekt matematik modelini qurish.

  3. Matematik modelni yechish algoritmini tanlash yoki ishlab chiqish.

  4. Тanlangan yoki ishlab chiqilgan algoritm asosida kompyuter mod-elini(dasturini) tuzish.

  1. Obyektning birlamchi boshlang’ich qiymatlarini dasturga kiritish orqali natijalar olish hamda ularni tahlil qilish.

Birinchi bosqichda qaralayotgan obyektning mexanik, biologik, geometrik, ekologik va boshqa xususiyatlari hamda ular orasidagi bog’lanishlar batafsil o’rganiladi. Obyekt xossa va xususiyatlariga har xil omillarning ta’sir darajasi aniqlanadi.
Obyektning matematik modelini tuzishda shu obyektning asosiy xossa va xususiyatlari matematik munosabatlar yordamida ifodalanadi. Boshqacha qilib aytganda obyektni o’rganish jarayonida unga ta’sir etuvchi asosiy omillar mate-matik apparat (tenglama, tengsizlik, mantiqiy ifoda yoki ularning sistemalari) orqali yozib chiqiladi. Bu bosqichda shuni e’tiborga olish kerakki, matematik ifodalar imkoni boricha sodda va shu bilan birga obyektning barcha asosiy xos-salarini o’z ichiga olgan bo’lishi maqsadga muvofiq. Chunki matematik ifodalar qanchalik sodda bo’lsa, ularni yechish algoritmi ham shunchalik sodda hamda ularni yechishda yo’l qo’yiladigan xatoliklar shunchalik kam bo’ladi.
Algoritm – berilgan masalani yechishda bajarilishi lozim bo’lgan amallarning qat’iy ketma-ketligidir. Har bir masalaning yechish algoritmi bir necha minglab, xatto millionlab amallarni o’z ichiga oladi. Masalaning yechish algoritmini tanlash
– bu mavjud yechish algoritmlari orasidan eng qulayini tanlashdir. Ayrim hollarda masalani yechish uchun yangi hisoblash algoritmini ishlab chiqishga ham to’g’ri keladi. Yechish algoritmi tanlanayotganda yoki yangisi ishlab chiqilayotganda un-ing natijaviyligiga, aniqlik darajasiga, ommaviyligiga hamda vaqt bo’yicha tejam-korligiga e’tibor berish kerak bo’ladi.
Dastur tuzish bosqichida tanlangan yoki ishlab chiqilgan algoritm biror algo-ritm til orqali ifodalanadi. Masalani yechish uchun algoritmik til tanlanayotganda uning soddaligiga hamda imkoniyatlari darajasiga e’tibor berishga to’g’ri keladi. Ayrim hollarda masala xususiyatiga qarab ham algoritmik til tanlanadi. Bu bosqichda tuzilgan dasturdagi sintaksis va algoritmik xatolar aniqlanib ular bartaraf etiladi. Matematik modellashtirishning bu bosqichi o’ta murakkab bosqich hisoblanib dasturchidan juda ham ko’p mehnat va ehtiyotkorlikni talab etadi.
Modellashtirishning oxirgi bosqichida, qaralayotgan obyektning boshlang’ich xossa va xususiyatlarini ifodalovchi birlamchi sonli qiymatlar, tuzilgan dasturga kiritilib natijalar olinadi hamda u atroflicha tahlil qilinib, har xil xulosalar qilinadi.
1.3. Modellashtirishda analitik va tajriba (eksperiment) usullar

Obyektning xossa va xususiyatlariga bog’liq ravishda modellashtirish turli xil usullarda olib boriladi. Keyingi paytlarda obyektlarni modellashtirishda asosan ikki xil analitik va eksperiment usullaridan keng foydalanib kelinmoqda.


Obyekt analitik usulda modellashtirilganda, shu obyektning asosiy xossa va xususiyatlari matematik munosabatlar (tenglama, tengsizlik, integral, differensial, integrodifferensial tenglamalar yoki ularning sistemalari) yordamida ifodalanadi, ya’ni obyekt xossa va xususiyatlari matematik formulalarga ko’chiriladi. Bu usulda matematik munosabatlar shu obyektning barcha asosiy xossalarini o’z ichiga olgan hamda sodda ko’rinishda bo’lish talab qilinadi. Modellashtirishning analitik usuli mutaxassisdan o’z sohasini chuqur bilish bilan birga hisoblash matematikasi va al-goritmik tilda dasturlash fanlarini ham yetarli darajada egallashni talab etadi.
Odatda injenerlik masalalarining matematik modeli algebraik tenglamalar, oddiy yoki xususiy hosilali differensial tenglamalar, integrallar yoki ularning sis-temalari ko’rinishida bo’lsa, iqtisodiy masalalarning matematik modeli esa asosan tengsizlik, mantiqiy ifoda yoki ularning sistemalari ko’rinishida ifodalanadi.
Masalan, elastik to’sin egilishi haqidagi masalaning matematik modeli to’rtinchi tartibli oddiy differensial tenglamaning berilgan chegaraviy shartlarni qanoatlantiruvchi yechimini topishga keltirilsa, iqtisodiy masala bo’lgan transport masalasining matematik modeli esa oddiy chiziqli algebraik tengsizliklar sistema-sini qanoatlantiruvchi va maqsad funksiyani ekstrimumga erishtiruvchi o’zgaruvchilar qiymatlarini topishga keltiriladi.

Yüklə 70 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin