1-Mavzu: Model va modellashtirish tushunchalari. Reja


Modellarning mazmuni bilan qisqacha tanishib chiqamiz



Yüklə 118,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix24.09.2022
ölçüsü118,9 Kb.
#64073
1   2   3   4
1-maruza

Modellarning mazmuni bilan qisqacha tanishib chiqamiz. 
1. Fizik model. Tekshirilayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, 
ammo undan miqdor (o`lchami, tezligi, ko`lami) jixatidan farq qiladigan modellar, masalan, 
samolyot, kema, avtomobil, poyezd, GES va boshqalarning modellari fizik modelga misol bo`ladi. 


2. Matematik modellar tirik organizmlarning tuzilishi, o`zaro aloqasi, vazifasiga oid 
qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo`lib, tajriba 
ma`lumotlariga ko`ra yoki mantiqiy asosda tuziladi, so`ngra tajriba yo`li bilan tekshirib ko`riladi. 
Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyuterda o`rganish tekshirilayotgan 
biologik jarayonning o`zgarish xarakterini oldindan bilish imkonini beradi. Shuni ta`kidlash 
kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo`li bilan tashkil qilish va o`tkazish ba`zan juda qiyin 
kechadi. Matematik va matematik-mantiqiy modelning yaratilishi, takomillashishi va ulardan 
foydalanish matematik hamda nazariy biologiyaning rivojlanishiga qulay sharoit tug`diradi. 
3. Biologik model turli tirik ob`ektlar va ularning qismlari - molekula, hujayra, organizm va 
shu kabilarga xos biologik tuzilish, funksia va jarayonlarni modellashda qo`llaniladi. Biologiyada, 
asosan, uch xil modeldan foydalaniladi. Ular biologik, fizik va matematik modellardir. 
Biologik model - odam va hayvonlarda uchraydigan ma`lum bir holat yoki kasallikni 
laboratoriyada hayvonlarda sinab ko`rish imkonini beradi. Bunda shu holat yoki kasallikning kelib 
chiqish mexanizmi, kechishi, oqibati kabilar tajriba asosida o`rganiladi. Biologik modelda har xil 
usullar: genetik apparatga ta`sir qilish, mikroblar yuqtirish, ba`zi organlarni olib tashlash yoki ular 
faoliyati mahsuli bo`lgan garmonlarni kiritish va bosha usullar qo`llaniladi. Bunday modellarda 
genetika, fiziologiya, farmokologiya sohasidagi bilimlar tadqiq qilinadi. 
4. Fizik-kimyoviy modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik yoki kimyoviy 
vositalar bilan qaytadan hosil qilishdir. 
5. Iqtisodiy modellar taxminan XVIII asrdan qo`llanila boshlandi. F.Kenening "Iqtisodiy 
jadvallar"ida birinchi marta butun ijtimoiy takror ishlab chiqdrish jarayonining shakllanishini 
ko`rsatishga harakat qilingan. 
Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yo`nalishlarini o`rganish uchun har xil modellardan 
foydalaniladi. Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq xo`jaligi modellari 
yordamida tekshiriladi. Turli murakkab ko`rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, ish bilan 
bandlik, iste`mol, jamg`armalar, investitsiya ko`rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini tahlil 
qilish, uni oldindan aytib berish uchun katta iqtisodiy modellar qo`llaniladi. Aniq xo`jalik 
vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshirishda, 
asosan, matematik modellardan foydalaniladi.
1

Yüklə 118,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin