Ushbu formula masalaning (matematik fokusning) matematik modeli bo`lib xizmat
qiladi
va X o`zgaruvchiga nisbatan chiziqli tenglamani ifodalaydi.
Tenglamani yechamiz: X = (U - (M + 2N))/10
Ushbu formula o`ylangan sonni topish algoritmini ko`rsatadi.
3. Kompyuterda modellashtirish va uning mohiyati
Ma`lumotlar omborini loyihalash va yaratishdan oldin shu ma`lumotlar omboriga
joylashtiriladigan axborotlarning umumiy tuzilishi haqida tasavvurga ega bo`lish lozim.
Ma`lumotlar omboridan kerakli savollarga javob olish va ma`lumotlarga turli o`zgartirishlar
kiritish uchun ham uning umumii tuzilishini bilish maqsadga muvofiq. Chunki ma`lumotlar
omborida qanday ma`lumotlar
borligini bilsangizgina, ularga mos savollarni qo`ya olasiz. Bir
axborotni turli xil vositalar orqali va turli shakllarda ifodalash mumkin.
Axborotlarni ifodalovchi vositalar majmuini
ma`lumotlar modeli deb ataladi.
Albatta, turli odamlar tashqi dunyoni turlicha talqin qiladilar va ular haqida turlicha bilimga
ega bo`ladi. Shuning uchun ham haqiqiy dunyo va undagi hodisalarni anglashda turlicha
modellardan foydalaniladi. Modellashtirish yoki modellashning
rasmiy muammolarini
o`rganadigan va tadqiq etadigan yaxlit nazariya mavjud (bunday nazariyalar oliy o`quv yurtlarida
o`rganiladi).
Hozirgi kunda kompyuterda modellashtirish texnologiyasi mavjud bo`lib, uning maqsadi
atrofimizni o`rab
turgan tabiat, unda ro`y beradigan hodisa,
voqealarni va jamiyatdagi
o`zgarishlarni anglash, tushunib yetish jarayonini zamonaviy usullar vositasida tezlashtirishdir.
Kompyuterda modellashtirish texnologiyasini o`zlashtirish kompyuter tizimlarini (vositachi
qurilma sifatida) yaxshi bilishni va unda modellash texnologiyalarini ishlata olishni talab qiladi.
Kompyuterda dasturlash tillaridan foydalanish matematik modellashtirish usulida jiddiy
burilish yasadi. XX asr oxirlarida yaratilgan yuqori quvvatli
Pentium protsessorli kompyuterlarda
o`rganilayotgan jarayonlar modellarining turli xil ko`rinishlarini (grafik, diagramma, annimatsiya,
multiplikatsiya va h..k.) kompyuter ekranida hosil qilish mumkin. Ekrandagi modelni (masalan,
rasm eskizini) turli xil darajada (tekislik, fazo bo`yicha) harakatga keltirish imkoniyatlari mavjud.
Ekranda hosil qilingan modelni kompyuter xotirasida fayl ko`rinishida saqlash va undan bir
necha marta foydalanish mumkin.
Umuman
olganda,
kompyuterli
modellashtirishning
metodologiyasida
quyidagi
yo`nalishlarni ajratish mumkin:
1.
Geometrik yo`nalishdagi tajribalarni tashkillashtirish koordinatalar
tekisligida amalga
oshiriladi. Kompyuter geometrik ob`ektlarning xossalarini o`rganish va matematik farazlarni
tekshirishda modellarni ko`rish va ularni tadqiq etish vositasi sifatida ishlatiladi.
2.
Ikkinchi yo`nalish turli xil harakatlarni modellashtirish bilan bog`liq.
Kompyuter
modellari orqali turli xil harakatli masalalarni yechish mumkin. Bu ro`y beradigan jarayonlarning
mohiyatini chuqurroq va kengroq his qilishga, olingan natijalarni
haqiqiy baholash va
kompyuterda modellashtirish imkoniyatlari haqidagi tasavvurlarning kengayishiga olib keladi.
3.
Uchinchi yo`nalish - kompyuter ekranida funksiya grafiklarini modellashtirish - kasbiy
kompyuter tizimlarida keng qo`llaniladi. Masalan,
Logo dasturi funksiya grafiklari, tenglama va
tenglamalar tizimini yechish va ularning natijalarini olish imkoniyatlarini beradi.
Eng muhimi
shundaki, kompyuterda modellashtirish texnologiyasidan foydalanish haqiqiy voqelikni
anglashda, bilish jarayonini amalga oshirishda yangi bosqich rolini o`ynaydi.
Ma`lumotlar modellari shakli qanday bo`lishidan qat`iy nazar quyidagi talablarni bajarishi
kerak:
1. Soddalik. Ma`lumotlar modeli kam sondagi bog`lanishli tuzilish turlariga ega bo`lishi
lozim.
2. Yaqqollik. Ma`lumotlar modeli vizual (ko`zga ko`rinadigan, tasvirlanadigan) bo`lishi
kerak.
3. Qismlarga bo`linishi. Ma`lumotlar modeli ma`lumotlar omborida oddiy o`rin almashtirish
imkoniyatiga ega bo`lishi lozim.
4. O`rin almashtirish. Ma`lumotlar modeli o`ziga o`xshash modellar
bilan almashtirilish
imkoniyatiga ega bo`lishi kerak.
5. Erkinlik. Ma`lumotlar modeli aniq bo`lakchalarnigina o`z ichiga olmasligi lozim.
Yuqorida ko`rsatilgan talablar ham yaratiladigan modellarning idealligini ta`minlay
olmaydi. Chunki modellashtirishda haqiqiy ob`ektning ba`zi bir muhim xususiyatlarigina ishtirok
etadi xolos.