1-Mavzu. Moliya faniga kirish. Moliyaning vujudga kelishi va iqtisodiy tizimdagi o‘rni. Reja


Moliyaning mohiyati va funksiyalari



Yüklə 45 Kb.
səhifə2/2
tarix30.09.2023
ölçüsü45 Kb.
#151138
1   2
Moliya 1-leksiya

2. Moliyaning mohiyati va funksiyalari. Iqtisodiy tizimda moliyaning urni.
Mamlakat iqtisodiyoti – murakkab xalq xo‘jalik majmuasi bo‘lib, jamiyat ehtiyojlari naqadar o‘zgaruvchan, ishlab chiqarish esa ularga moslashishga intilayotgani munosabati bilan, uning (ya’ni majmuaning) turli xil qismlari bab-baravar rivojlanmaydi. Iqtisodiyotning bab-baravar rivojlanmasligi, uning alohida bo‘g‘inlarining oldinga chiqib olib, boshqalarining o‘sishida qolib ketishiga olib keladi. Holbuki xalq xo‘jaligi majmuasi uning har bir strukturali bo‘linmasi boshqa bo‘linmalari bilan uzviy bog‘langan sharoitdagina normal ishlashi mumkin.
Iqtisodiyot turli qismlarining uyg‘un ravishda ishlashiga uni boshqarish yo‘li bilan erishilib, bunda «boshqarish» deganda jamiyatning o‘zgargan ehtiyojlariga muvofiq ishlab chiqarishni qayta qurishga chaqirilgan alohida strukturali bo‘linmalar o‘sish sur’atlarining o‘zgarishi tushuniladi. Bozor sharoitlarida iqtisodiyotni boshqarish moliya resurslarini qayta taqsimlash yo‘li bilan ta’minlanadi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ijtimoiy rivojlanish jarayonlariga ta’sir etishning qonun chiqaruvchi va ijro idoralari tomonidan qiymat qurollarvdan foydalanishga asoslangan. Davlat sarmoyalari, soliq, byudjet va amortizatsiya siyosati, turli davlat tuzilmalarining faoliyati yordamida iqtisodiyotga ta’sir etadigan o‘sha muayyan material hosil bo‘lib, u, uning (ya’ni iqtisodiyotning) yangi sifatga o‘tishini ta’minlaydi. Davlat iqtisodiyotga aralashuvi ob’ektiv shartlangan chegaralarga ega bo‘lishi; ortiqcha aralashuv iqtisodiy rag‘batlarning bo‘shashga, butun bozor mexanizmi faoliyat ko‘rsatish samaradorligining pasayishiga olib kelishini esda tutish lozim. Byudjetli moliyalashtirish ham rag‘batlantiruvchi ta’sirga ega. Iqtisodiyot rivojlanishining hozirgi bosqichida byudjetli moliyalashtirishning rag‘batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish davlat sarmoyalarining yuqori yakuniy xalq xo‘jalik natijalariga erishish, katta moliyaviy naf olishga yo‘naltirish yo‘li bilan ta’minlanishi mumkin.
Ijtimoiy rivojlantirish jarayonlarini rag‘batlantirishda moliyaviy imtiyozlar va jarimalar tizimi muhim rol o‘ynaydi. Moliyaviy imtiyozlar ishlab chiqarishga pul resurslarini yanada samarali sarmoyalashtirishning imkoniyatlarinp kengaytiradn va bu bilan o‘zining o‘sishi va takomillashuvi uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratadi. Moliyaviy imtig‘zlarga, masalan, asosiy fondlarni tezlashtirilgan amortizatsiyasini o‘tkazishga ruxsat, ilmiy-texnik ishlanmalarga yo‘nalitirlgan korxonalar foydasining bir qismiga soliq solishdan ozod qilish, tabiatni muxofaza qilish bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazish va hokazalar kiradi. Jarima (sanksiya)lar bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyat yakuniy natijalari, shartnoma, hisob-kitob va moliya intizomi talablarining buzilishi uchun moddiy mas’uliyatini kuchaytiradi.
Yüklə 45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin