1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari



Yüklə 376,92 Kb.
səhifə55/94
tarix30.06.2023
ölçüsü376,92 Kb.
#135562
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   94
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo (1)

3. Davlat xarajatlari

Markazlashgan va markazlashmagan davlat daromadlarini foydalanish bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy munosabatlarga davlat xarajatlari deyiladi.


Davlat xarajatlarining xususiyatli tomoni davlat sohalari moliyaviy resurslar bilan ta’minlash tadbirlari ila ajralib turadi. Davlat xarajatlarining mazmuni, xususiyati bevosita davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, boshqaruv va mudofaa funksiyalari bilan bog’liqdir.
Mamlakatimizda davlat xarajatlarining asosiy qismi aholining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilmoqda. Bugungi kunda mazkur sohaning 60% dan ortig’i davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar hisobiga moliyalashtirish amalga oshirilmoqda. Shu bilan birgalikda nodavlat sektoridagi korxonalar o’z daromadlarini bir qismini ishchi va xizmatchilarning ijtimoiy-madaniy tadbirlariga yo’naltirilsa, ularga nisbatan davlat iqtisodiy rag’batlantirish usullarini qo’llamoqda.
Davlat xarajatlari ichida tarmoqlar iqtisodiyotini iqtisodiy rivojlantirishda ham tubdan o’zgarishlar sodir bo’ldi. Faqat ayrim hollarda, agarda umumjamiyat uchun ustivor ahamiyatga ega bo’lgan taqdirdagina yangi qurilishlarga davlat mablag’lari xarajat qilinmoqda.
Davlat xarajatlarining ma’lum bir qismini davlat boshqaruvi va mudofaa xarajatlari tashkil etadi. Ammo, moliya siyosatining asosiy yo’nalishi ushbu maqsadlarga davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich qisqartirishdir va yo’naltirilayotgan mablag’lardan ham oqilona foydalanishdir. Zero, mudofaa xarajatlarini kamaytirish ayrim hollarda davlat kompetensiyasida bo’lmasada, lekin boshqaruv xarajatlarini kamaytirish davlat ixtiyoridadir.
Davlat xarajatlari deb, ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirish, xalq farovonligini oshirish, butun jamiyatni boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida rejali taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi.
Davlat xarajatlarini moliyalashtirishda asosiy manba davlat byudjetida markazlashgan yoki korxona va tashkilotlar ixtiyorida bo’lgan jamiyatning sof daromadlaridir. Davlat xarajatlarining asosiy qismi aholidan soliq to’lovlar sifatida tushgan mablag’lar hisobidan moliyalashtiriladi. Bundan tashqari davlat xarajatlari uzoq muddatli bank kreditlari, korxonalar va tashkilotlarning boshqa daromadlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Davlat xarajatlarini tartibga solinishi, ularni rejalashtirish hamda mablag’ ajratish va mablag’lardan foydalanish usullariga qat’iy rioya qilish orqali erishiladi.
Iqtisodiyotni mutanosib ravishda rivojlanishini va xalqni moddiy va madaniy hayot darajasini ko’tarish maqsadida davlat umumiy ijtimoiy mahsulotni va milliy daromadni ishlab chiqarish va noishlab chiqarish hamda viloyatlar orasida to’g’ri taqsimlash va qayta taqsimlashni vakolatli organlar tomonidan olib boradi. Davlat rejalashtirishining asosiy usuli bo’lib – balansli usul hisoblanadi. Bu degani korxonalar va tashkilotlarga o’z moliyaviy resurslaridan foydalanishida keng vakolat berilishi bilan markalashgan moliyalashtirishni uzviy birligiga erishishdir.

Yüklə 376,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin