Mahalliy byudjet – Davlat byudjetining tegishli viloyat tuman, shahar pul mablag’lari jamg’armasini tashkil etuvchi bir qismi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Respublika byudjeti – Davlat byudetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni moliyalashda foydalaniladigan qismi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Mahalliy byudjet davlat byudjetining muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, u orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlab boriladi. Mahalliy byudjetlarning mavqeyini yanada oshirish byudjet siyosati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Davlat byudjeti daromadlarining katta qismini joylarga berish, byudjetlarni mustahkamlash zarur. Bu esa mintaqalar mustaqilligini oshirish, ularning tashabbuskorligini, byudjetning ijrosidagi manfaatdorligi va bu boradagi ma’suliyatini oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari bu narsa mahalliy byudjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topishga rag’batlantiradi, joylarda byudjet intizomini mustahkamlaydi.
Mahalliy byudjet daromadlari quyidagilardan tashkil topadi: Qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq mahalliy byudjetlarga yo’naltiriladigan mahalliy soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa majburiy to’lovlar;
Qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq mahalliy byudjetlarga o’tkaziladigan umumdavlat soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy to’lovlar;
Qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki obyektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar;
Qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;
Yuqori byudjetlardan beriladigan byudjet dotatsiyalari, byudjet subvensiyalari va byudjet ssudalari;
Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga.
O’zbekiston Respublikasi mahalliy byudjetlari tomonidan xarajatlarni amalga oshirish uchun tegishli daromadlarga ega bo’lishi kerak. Shuning uchun mahalliy byudjet daromadlarini shakllanishining amaldagi holati va ushbu jarayondagi daromad manbalarini tahlil qiladigan bo’lsak, avvalambor, daromadlarning shakllanishiga e’tibor berish lozim.
Bulardan tashqari, byudjet ijrosi jarayonida yuqori byudjet bilan yuzaga keladigan o’zaro hisob – kitoblar hisobiga shakllanadigan daromadlar ham mahalliy byudjet daromadlari bo’lishi mumkin. Shunga muvofiq mahalliy byudjetlar daromadlari o’z daromadlari (mahalliy soliqlar va yig’imlar) va yuqori byudjetdan ajratiladigan ajratmalar (umumdavlat soliqlaridan ajratmalar, dotatsiyalar, subvensiyalar, ssudalar) hisobidan shakllanadi.
Mahalliy byudjetlarning eng birinchi daromad manbai bo’lib mahalliy soliqlar va yig’imlar xizmat qiladi. Bu daromad turlari qonunchilikka asosan mahalliy byudjetlarga biriktirilgan daromad manbai hisoblanadi.
Mahalliy soliqlar va yig’imlar quyidagilardan iborat:
Mol-mulk solig’i;
Yer solig’i;
Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz uchun jismoniy shaxslardan olinadigan soliq;
Savdo huquqini olish uchun yig’im va tovarlarning ayrim turlari, jumladan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari bilan savdo qilish huquqini olish uchun lisenziya yig’imlari;
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslarni ro’yxatdan o’tkazish uchun yig’im.
Mahalliy soliqlar va yig’imlar mahalliy byudjetlar tarkibida birinchi moliyaviy manba sifatida qaralsa ham, bu soliqlar va yig’imlar mahalliy byudjetga biriktirilgan xarajatlarini to’lashda yetarli moliyaviy manba bo’la olmaydi. Mahalliy byudjet balansliligini ta’minlash uchun byudjet parametrlarini belgilash vaqtida yuqori byudjetdan quyi byudjetga ajratiladigan dotatsiya va subvensiya miqdorlari belgilanadi.
Respublika byudjetidan subvensiyalar va dotatsiyalar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlariga tasdiqlangan Davlat byudjeti doirasida ajratiladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlaridan byudjet subvensiyalari va dotatsiyalari tumanlar va shaharlar byudjetlariga tegishli tasdiqlangan byudjetlar doirasida ajratiladi. Ularning miqdori quyidagilarga bog’liq bo’ladi:
Hududning moliyaviy holatiga o’z daromadlari bazasining yetarliligiga;
Ijtimoiy – iqtisodiy, ekologik, demografik va boshqa umumdavlat dasturlari va vazifalariga;
Hududlar bo’yicha tovar ( ish, xizmat)lar qiymatidagi farq;
Har bir hududdagi aholi soniga;
Byudjet assignovasiyasidagi hududlarda joylashgan tashkilotlar ehtiyojlarga ;
Mintaqalarda moliyaviy disbalansni yo’qotishga ta’sir etuvchi boshqa omillar.
O’zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risida”gi Qonuniga asosan mahalliy byudjetlarga bir qancha cheklovlar belgilangan. Mahalliy byudjetlar balansli daromadlar va xarajatlarga ega bo’lishi kerak, mahalliy byudjetlarning taqchilligiga yo’l qo’yilmaydi.
Mahalliy byudjetlarni qabul qilish va ijro etishda:
Qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobiga jamg’armalar tashkil etishga;
Mablag’ jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori byudjetdan quyi byudjetga beriladigan ssudalar bundan mustasno);