Hayotiy minimum byudjeti o’z ichiga uy xo’jaligi a’zolarining minimal, odatda, fiziologik ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlari to’plamini qamrab oluvchi iste’mol savatchasi asosida aniqlanadi.
Minimal iste’mol byudjeti uy xo’jaligi a’zolarining nisbatan kengroq bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi va iste’molning tiklanuvchi (tiklanuvchan) darajasini ta’minlaydi.
Optimal iste’mol byudjeti esa uy xo’jaligi darajasida (doirasida) inson kapitalini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash va rivojlantirishga moliyaviy imkoniyat yaratadi. Chunki bu byudjet insonning faqat zaruriy ehtiyojlarini emas, balki undan ham yuqoriroq (oliyroq) bo’lgan ehtiyojlarini qondiradi. Optimal iste’mol byudjetini quyidagi ikki darajadagi byudjetlarga bo’lish (ajratish) mumkin:
Iste’molga xarajatlarning har qanday ko’rinishi va uning umumiy hajmiga oid har qanday moliyaviy qarorlar uy xo’jaliklari ma’lum ko’rinishdagi byudjetlari doirasidagi ratsional tanlashga asoslanadi. Agar uy xo’jaligining daromadi faqat hayotiy minimumni qoplashga yetadigan bo’lsa, u holda moliyaviy qarorlar uy xo’jaligi iste’mol fondini minimallashtirishga va bir vaqtning o’zida daromadlarning yangi manbalarini qidirib topishga hamda hayot kechirishning moslashtirilgan mexanizmlarini (o’z-o’zini ta’minlash, ikkilamchi bandlik, qarindoshlar va davlatning yordami, savdo va boshqalar) “yoqish”ga qaratilgan bo’lishi kerak. Daromadlarning o’sishi bilan iste’molning o’lchami (hajmi) oshadi (o’sadi, ortadi) va uning tarkibiy tuzilmasi o’zgaradi. Biroq, bu holda ham iste’molning o’sish sur’atlari daromadning o’sish sur’atlaridan pastligicha qolaverishi lozim. Bunday qonuniyat iqtisodiy adabiyotda J.M.Keyns10 tomonidan ifodalangan “asosiy psixologik qonun” nomini olgan. Moliyaviy qarorlarda bu uy xo’jaligi iste’mol fondi va jamg’armalar yo’nalishini optimallashtirish tendensiyasi sifatida namoyon bo’ladi.