1-Mavzu: Moliyaviy hisobot tahlilining nazariy asoslari.
Абдиева Н.
Reja:
1. 1.Moliyaviy hisobot tarkibi
1.2. Moliyaviy hisobot tahlilining predmeti, metodi, ob’ekti, maqsadi, mazmuni, vazifalari, printsiplari, yo‘nalishlari va amalga oshirish bosqichlari
1.3. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar va ularning axborotga bo‘lgan extiyojlari:tahlil sub’ektlarining qiziqishlari va manfaatlari
1.4.Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati, moliyaviy ahvol va undagi o‘zgarishlarni tahlil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
1.5. Moliyaviy hisobot tahlilida qo‘llaniladigan usullar: gorizontal, vertikal, trend, koeffitsientlar, qiyosiy, omilli tahlil
1.6.Moliyaviy hisobot tahlili natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish tartibi
Moliyaviy hisobot nima?
Moliyaviy hisobot – xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot (ish va xizmat) lar sotish natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, u subyektning moliyaviy -xo’jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik) ga qiymat ko’rinishida aks etishidir.
Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot (ish va xizmat)lar, ishlab chiqarish xarajatlari, xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish hamda dividendlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Moliyaviy hisobot tarkibi
AQSh
Rossiya
O‘zbekiston
Moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot
Buxgalteriya balansi
Buxgalteriya balansi
Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot
Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot
Moliyaviy natijalar to‘g‘rsidagi hisobot
Kapital o‘zgarishi to‘g‘risidagi hisobot
Kapital o‘zgarishi to‘g‘risidagi hisobot
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot
Pul mablag‘lari xarakati to‘g‘risidagi hisobot
Pul mablag‘lari xarakati to‘g‘risidagi hisobot
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot
Hisob siyosati va tushuntirishlar
Buxgalteriya balansiga ilova
Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar
Olingan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi haqida hisobot