1-Mavzu: Moliyaviy hisobot tahlilining nazariy asoslari


Moliyaviy hisobot tahlilining asosiy bosqichlari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə4/5
tarix14.09.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#143426
1   2   3   4   5
Таҳлилнинг назарий асослари 1

Moliyaviy hisobot tahlilining asosiy bosqichlari:

  • 1. Tahlilning maqsadi va mazmunini shakllantirish.
  • Tahlil maqsadini bayon etish har qanday tahlil uchun muhim hisoblanadi (bunda tahlilning maqsadli auditoriyasida kimlar borligi, ularning qiziqishlari, tahlil uchun ketadigan vaqt, resurslar ta’minoti, byudjeti, aniq savollar qo‘yilishi muhimdir)?
  • 2. Malumotlar bazasini shakllantirish.
  • Bu bosqichda tahlil uchun zarur ma’lumotlar to‘planadi. Uning eng muhim tarkibiy qismi moliyaviy hisobot ma’lumotlari hisoblanadi. Biroq, murakkab va noaniq savollarga javob berish uchun (masalan, kompaniyaning raqobatchilardan haqida va boshqa) qo‘shimcha ma’lumotlar kerak bo‘ladi.

Moliyaviy hisobot tahlilining asosiy bosqichlari:

  • 3. To‘plangan ma’lumotlarni qayta ishlash.
  • Kerakli moliyaviy hisobotlar va boshqa ma’lumotlarni olgandan so‘ng, tahlilchi ularni analitik vositalar yordamida qayta ishlaydi. Bu vositalarga: moliyaviy koeffitsientlar va ko‘rsatkichlarning o‘zgarish sur’atlarini hisoblash; foizli (nisbiy) moliyaviy hisobotlarni tayyorlash; grafikalar va chizmalar; ma’lumotlarni statistik tahlil qilish; ustav kapitalini baholash; sezuvchanlik tahlili; yoki shu kabi vazifalarga mos bo‘lgan boshqa vositalar.
  • 4. Tahlil natijalarini talqin qilish.
  • 5. Tahliliy xulosa va tavsiyalarni tayyorlash.
  • Tahliliy xulosa yoki tavsiyalar tegishli shaklda rasmiylashtirilishi lozim. Kerakli hisobot shakli aniq tahliliy vazifa va hisobot foydalanuvchisining talabalariga bog‘liq.

Moliyaviy hisobotlarning muhim elementlari va ularning tasnifiy jihatlari


Aktivlar

sub’ekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir;

Majburiyatlar

shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan ishni amalga oshirish, masalan, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to‘lash va boshqa majburiyatlaridir yoxud muayyan xatti-xarakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan o‘z majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir;


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin