Nazorat savollari:
1. Hozirgi tilimizdagi so‘zlar asosan qanday belgi (me'zon)larga ko‘ra turkumlarga guruhlanishini tushuntiring
2. Mustaqil so‘z turkumiga xos bo‘lgan umumiy katigorial grammatik ma'nolarni tushuntiring.
3. Yordamchi so‘zlar qanday belgilarga ko‘ra turkumlarga guruhlanishini toping.
4. Qaysi banddagi javoblar lug‘aviy ma'nosini yo‘qotib,ko‘makchi,bog‘lovchi yuklamaga aylangan?To‘g‘ri va to‘liq javobni ayting.
A.Bilan,uchun,kabi,sari,sayin,o‘zga,chunki.
V.Tomon,tashqari,beri,ko‘ra,shuning uchun.
S.Bilan, uchun, kabi, sari, sari, sayin, yanglig, singari, doir,oid, chunki, va, goh, go‘yo,-mi,-chi,dir.
D.Bilan, uchun, kabi, sari, sayin, kadar, o‘zga, tufayli, boshqa, sababli,orqali, faqat, shuning uchun.
Adabiyotlar:
1. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 1980, 206-212.
2. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 1966, 189-194.
3. O‘zbek tili grammatikasi. Toshkent, 1975, 53-124.
4. M.Mirzaev va boshqalar. O‘zbek tili. Toshkent,1978, 76-82.
5. U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy
tili. Toshkent, 1992,
6. A.Xojiev. O‘zbek tilida forma yasalishi. Toshkent, 1979.
7. " Hozirgi o‘zbek adabiy tili"dan metodik ko‘rsatmalar va konspektiv kurs. 3qism (Morfemika, so‘z yasalishi, morfologiya) Toshkent, 1989.
8. E.Tojiev. O‘zbek tili morfemikasi. Toshkent, 1992.
9. A.G‘ulomov va boshqalar. O‘zbek tili morfem lug‘ati.Toshkent. 1977.
3-Mavzu: MORFOLOGIYA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Reja:
1.Morfologiyagrammatikaningsuzturkumlarivashuturkumlargaxos
kategaroial, nokategorialshakllartizimi.
2.Onatilidasuzturkumlarivaularniajratishtamoyillarixakidaumumiyma’lumot.
3. Xozirgionatilidasuzlarningmustakil, yordamchivaaloxidaguruxsuzturkumlarigaajratilishi.
So‘z turkumlari
Nutqimizda mavjud so‘zlar bir-biridan ma’no va grammatik xususiyatlari jihatidan farq qiladi. SHu jihatdan so‘zlar ayrim-ayrim leksik-grammatik guruhlarga, turkumlarga ajratiladi. So‘zlarning ma’no va grammatik belgilarining o‘xshashligiga qarab guruhlarga bo‘linishi so‘z turkumlari deyiladi. So‘zlarni turkumlarga ajratish uch tamoyilga tayanadi:
leksik-semantik tamoyil;
morfologik tamoyil;
sintaktik tamoyil.
Leksik-semantik tamoyilga ko‘ra so‘zlarni guruhlarga ajratishda, so‘zning leksik ma’nosiga e’tibor beriladi. Masalan: tuz, non, tinchlik, daryo, tog‘ , osmon kabi so‘zlar predmet yoki predmetlik tushunchasini (bunday so‘zlar ot so‘z turkumi deb nomlangan); katta ko‘cha, shirin olma, tiniq osmon, ko‘k ko‘ylak kabi ajratilgan so‘zlar predmetning belgisini (bunday so‘zlar sifat deb nomlangan), beshta daftar, yuzlab odam, o‘ntadano‘quvchi, ikkinchi kurs kabilarda ajratilgan so‘zlar predmetning miqdorini, tartibini (bunday so‘zlar son deb nomlangan); ayrim so‘zlar bormoq, kelmoq, yozmoq, kulmoq, uxlamoq kabi harakat va holat tushunchasini (bunday so‘zlar fe’l deb nomlangan); astao‘qidi, do‘stona gapirdi, piyoda yurdi kabi ajratilgan so‘zlar esa ish-harakatning belgisini (bunday so‘zlar ravish deb nomlangan) bildiradi.
CHunonchi, ayrim so‘zlar predmet, belgi, miqdor ma’nosini nomlab ko‘rsatmasa ham, ularning mavjudligiga ishora qiladi: men, sen, bu, shu, qancha, har kim, qandaydir kabi (bunday so‘zlar olmosh deb nomlangan).
Tilda shunday so‘zlar ham (bilan, va, ammo, uchun, chunki, albatta, yo‘q, -mi, -chi, eh, oh, dupur-dupur, yalt-yult kabi) borki, ular mustaqil holda leksik ma’no ifoda etmaydi, biror tushunchaning atamasi bo‘la olmaydi. Bunday so‘zlar hozirgi o‘zbek tilida ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, modal, undov, taqlid so‘zlar deb yuritiladi.
Morfologik tamoyilga ko‘ra so‘zlarni guruhlarga ajratishda ularning morfologik xususiyatlari asos qilib olinadi. So‘zlarning qanday morfologik shaklda kelishi uning ma’no xususiyati bilan bog‘liq. Masalan: predmet tushunchasini anglatadigan so‘zlar (otlar) son, egalik, kelishik kabi grammatik shakllarga; predmetning, ish-harakatning belgisini bildiradigan so‘zlar (sifat va ravishlar) daraja shakliga; harakat yoki holat ma’nosini bildirgan so‘zlar (fe’l) nisbat, zamon, shaxs-son, mayl kabi grammatik shakllarga ega.
Predmet yoki shaxsga ishora qiluvchi so‘zlar (olmosh) ham morfologik jihatdan o‘zgarib, son, egalik, kelishik shaklida kela oladi.
Predmetning miqdori va tartibini anglatuvchi so‘zlar (son) morfologik jihatdan o‘zgarmaydi. SHuningdek, leksik ma’no anglatmaydigan so‘zlar (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, modal so‘z, undov va taqlid so‘zlar) ham morfologik shakllarga ega emas.
Sintaktik tamoyilga ko‘ra so‘zlarni guruhlarga ajratish esa uning sintaktik tomoni, ya’ni qanday so‘zlar bilan grammatik munosabatga kirishi, gapda bajaradigan sintaktik vazifasiga ko‘ra belgilanadi. Masalan: predmet ma’nosini anglatuvchi so‘zlar (ot) bosh kelishik shaklida ega va kesim vazifasini, qaratqich kelishigi shaklida aniqlovchi, tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi shakllarida to‘ldiruvchi va hol vazifalarida keladi: dars boshlandi, odamning ko‘rki, xatni yozdi, universitetdao‘qiydi kabi.
Belgi bildiradigan so‘zlar (sifat, son, ravish) predmet yoki harakat ifodalovchi so‘zlar bilan grammatik munosabatga kirishib, gapda aniqlovchi yoki hol vazifalarida keladi (to‘g‘ ri so‘z, o‘z, beshta bola, ko‘p kitob, yaxshio‘qiydi, birinchi keldi kabi).
Predmet, belgi, miqdorning mavjudligiga ishora qiluvchi, ular o‘rnida almashinib qo‘llanuvchi so‘zlar (olmoshlar) gapda nimaga ishora qilishi va qanday so‘zlar bilan birikishiga ko‘ra gapda ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol vazifalarida keladi (men gapirdim, maqsadim – shu, bu bino, nimanio‘qiding, qaerda yashaydi kabi).
Tilda mavjud leksik ma’no ifoda etmaydigan so‘zlar esa (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama) leksik ma’no ifodalovchi so‘zlar orasidagi grammatik munosabatni shakllantiradi, ga pyoki uning tarkibidagi ayrim so‘zlarga qo‘shimcha ma’no qo‘shadi. Bunday so‘zlar sintaktik vazifa bajarmaydi.
SHuningdek, leksik ma’no ifodalamay, biror hodisaning atamasi (nomi) bo‘lmasa ham, leksik gap bo‘lagi sifatida yoki mustaqil holda so‘z-gap sifatida qo‘llana oladigan so‘zlar (modal, undov, taqlid so‘zlar) ham mavjud (kerak, zarur, bor, oh, eh, uf, ey, gup-gup, dupur-dupur kabi).
Demak, so‘zlarning gapda qanday gap bo‘lagi bo‘lib kelishi, uning qanday so‘zlar bilan aloqaga kira olishi, ma’nosiga va grammatik shakliga bog‘liqdir.
O‘zbek tili lug‘at tarkibidagi so‘zlar leksik-semantik, morfologik va sintaktik tamoyilga tayangan holda quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1) mustaqil so‘zlar, 2) yordamchi so‘zlar, 3) modal, undov va taqlid so‘zlar.
Mustaqil holda leksik ma’no ifoda eta oladigan biror morfologik shaklda kelib, gap bo‘lagi vazifasini bajaradigan so‘zlarga mustaqil so‘zlar deyiladi. Mustaqil so‘zlarga ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kabi so‘z turkumlari kiradi.
Mustaqil holda leksik ma’no ifoda etmay, gap bo‘lagi vazifasini bajarmaydigan, faqat so‘zlar orasidagi sintaktik munosabatni ifodalaydigan yoki ularga qo‘shimcha ma’no qo‘shishga xizmat qiladigan so‘zlar yordamchi so‘zlar deyiladi. YOrdamchi so‘zlarga ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama kiradi.
Modal so‘zlar modal ma’no ifodalashi jihatidan yuklamalarga o‘xshasa-da, lekin undan farqli ravishda gapda gap bo‘lagi (kesim, sostavli kesim tarkibida) vazifasida, butun bir gap tarzida kela oladi.
Undov va taqlid so‘zlar mustaqil so‘zlar kabi biror hodisaning nomi bo‘la olmaydi, lekin gap bo‘lagi vazifasida so‘z-gap vazifasida kela oladi. SHuning uchun ham bunday so‘zlar alohida guruhni tashkil etadi.
Takrorlash uchun savollar
1. Grammatik ma’noni ifodalash vositalari haqida gapiring.
2. So‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida qanday tur-
kumlar yasaladi? Misollar.
3. So‘zlarni qo‘shib, juftlab yasashda qanday so‘zlar hosil bo‘ladi?
4. Qisqartma usul haqida gapiring.
5. Qaysi turkumlardagi so‘zlar boshqa turkumga ko‘chib, yangi so‘z yasaladi?
6. So‘zlarni takrorlash yordamida so‘z yasalishi haqida gapiring.
7. Sodda tub va sodda yasama so‘zlarga misollar keltiring.
8. Qo‘shma so‘zlarga misollar keltiring.
9. Qisqartma so‘zlarning turli ko‘rinishlariga misollar keltiring.
10. Juft so‘zlarning qismlari qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin?
11. Juft so‘zlarning qismlari ma’no jihatdan qanday turlarga ega bo‘lishi mumkin?
12. Takroriy so‘zlar qanday ma’nolarni ifodalaydi?
13. Morfologiya va sintaksis bo‘limlari-da qanday masalalar o‘rganiladi?
14. “Grammatika” va “morfologiya” so‘zlarining ma’nolarini izohlang.
15. “So‘z turkumlari” deganda nimani tushunasiz?
16. Mustaqil so‘zlarning xususiyatlari va turlari haqida gapiring.
17. YOrdamchi so‘zlarning xususiyatlari va turlari haqida gapiring.
Dostları ilə paylaş: |