1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə12/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92
она тилидан қулланма

Grammatik ma'no. So‘zning biror turkumga mansubligini ko‘rsatuvchi, ma'lum bir grammatik kategoriyaga xos formasini ifodalaydigan ma'no grammatik ma'no hisoblanadi.
Demak, grammatik ma'no asosiy belgisiga ko‘ra ikki xil: umumiy kategorial ma'no va ichki (maxsus) kategorial ma'noga bo‘linadi. Masalan, qalam, kitob, uy, tosh, bog‘, daraxt so‘zlarining har birining o‘ziga xos lug‘aviy ma'nosidan tashqari ularning barchasi uchun umumiy bo‘lgan ma'no - ya'ni predmetlik ma'nosi bor. Bu ma'no shu tipli 10 minglab so‘zlar uchun xosdir va u umumiy kategorial ma'no deb yuritiladi.
Umumiy kategorial ma'nolar o‘z ichki sistemasiga ega bo‘ladi. Masalan, ot turkumiga xos grammatik ma'nolar: egalik, kelishik, son kabi ichki kategorial grammatik ma'nolarga egaligi bilan boshqa so‘z turkumlaridan farqlanib turadi. Demak, so‘zning leksik ma'nosiga qo‘shimcha ma'no (yoki ma'nolar) qo‘shuvchi ma'nolar ichki kategorial ma'nolar deb yuritiladi.
Grammatik forma (So‘z formasi). So‘zning muayyan grammatik ma'no ifodalovchi shakli so‘zning grammatik formasi deyiladi. Masalan, kitoblar so‘zida predmet (lug‘aviy) ma'nosidan tashqari, predmetning ko‘pligi ham ifodalanyapti. Bu ma'no kitob so‘ziga -lar qo‘shimchasini qo‘shish orqali yuzaga chiqmoqda. Demak, kitob so‘zining ko‘plik formasi hisoblanuvchi k i t o b l a r so‘zi grammatik ko‘plik ma'nosini anglatadi.
O‘zbek tilida so‘z bir grammatik ko‘rsatgichli yoki birdan ortiq grammatik ko‘rsatgichli bo‘ladi. Masalan, kitob - bosh kelishik, birlik formasi; kitoblar
- bosh kelishik, ko‘plik formasi; kitoblarim - bosh kelishik, ko‘plik, birinchi shaxs formasi; kitoblarimni - bosh kelishik, ko‘plik, birinchi shaxs, tushum kelishigi formasi.Hozirgi o‘zbek tilida so‘z formasining 3 tipi mavjud:
1) affikslar yordamida hosil bo‘luvchi forma: uyni, uydan, uyga, uyda, uyning; o‘qiyapman, o‘qiyapsan, o‘qiyapti kabi affikslar yordamida hosil bo‘luvchi sintetik forma;
2) yordamchi so‘zlar, ko‘makchi fe'llar va to‘liqsiz fe'l qo‘shilishidan hosil bo‘luvchi forma: ukam uchun, uy tomon, o‘qib chik, ko‘rib qo‘y kabi analitik formalar;
3) Juft va takroriy forma. Bu tipli formalar ma'lum grammatik ma'no ifodalash uchun xoslangan. Masalan, qozon – tovoq, bola – chaqa, yaxshi - yomon kabi formalar umumlashtirish ma'nosini, baland - baland (imorat), qator-qator (mashina), kula-kula (gapirmoq) kabilar ko‘plik va takror ma'nosini ifodalaydi.
So‘zning juft va takroriy formalari o‘zlariga xos bir qator xususiyatlarga ega.O‘zbek tilida so‘zning maxsus ko‘rsatgichga ega bo‘lmagan formalari ham bor. Masalan, otning ko‘plik formasi -lar affiksi yordamida yozilgani xolda, birlikning maxsus ko‘rsatkichi yo‘q: kitob - birlik (ko‘rsatgichsiz). Fe'llarda bo‘lishsizlikning maxsus ko‘rsatkichi bo‘lgani xolda, bo‘lishsizlikning maxsus ko‘rsatkichi yo‘q: ishla (bo‘lishli,ko‘rsatgichsiz) - ishlama (bo‘lishsiz, -ma ko‘rsatgichli).
So‘zning formalari sistemasida formasiz ko‘rinish - nol ko‘rsatgichli forma deb yuritiladi: o‘qidi-m, o‘qidi-ng, o‘qidi kabi.
So‘z formasi biror turkumdagi ichki grammatik kategoriyaga xos formada bo‘lishi yoki grammatik kategoriya hosil qilmaydigan formada bo‘lishi mumkin.
Shunga ko‘ra so‘z formalari o‘zbek tilida ikki asosiy turga bo‘linadi:
1) kategorial formalar,2) nokategorial yoki funktsional formalar. Kategorial formalar ma'lum grammatik kategoriyaga xos ma'nolarni ifodalovchi, shu formalar bilan birlikda grammatik kategoriya hosil qiluvchi formalardir. Masalan, otlardagi son, egalik, kelishik, fe'ldagi mayl, zamon, shaxs-son formalari.
Funktsional (nokategorial) formalar ma'lum grammatik ma'noni ifodalovchi (grammatik kategoriyaga ega bo‘lmagan ma'noni) yoki so‘zni shu so‘z mansub bo‘lgan turkumga xos bo‘lmagan sintaktik vazifaga moslash uchun xizmat qiluvchi formalardir. Masalan, otlardagi xoslik, o‘xshatish, kichraytish-erkalash; sifatdagi daraja, fe'lning sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi formalari nokategorial formalar hisoblanadi.
Grammatik kategoriya. Bir-biriga qiyosan olinadigan ikki yoki undan ortiq grammatik ma'no va shu ma'nolarni ifodalovchi grammatik shakllar sistemasi grammatik kategoriya deyiladi. Masalan, otlarda birlik va ko‘plik ma'nosi va shu ma'noni yuzaga keltiruvchi grammatik forma birgalikda otning son kategoriyasini tashkil etadi: kitob (birlik) - nol forma , kitoblar - ko‘plik. Yoki harakatning hozirgi, o‘tgan, kelasi zamonga oidligi ma'nosi va shu ma'noni ifodalovchi formalar birgalikda fe'lning zamon kategoriyasini hosil qiladi. Masalan, keldi - o‘tgan zamon, kelyapti - hozirgi, kelmoqda - kelasi zamon.
Ma'lum bir so‘z umumiy lug‘aviy ma'nosiga qo‘shimcha ma'no ifodalangan formada bo‘lishi mumkin. Lekin bu forma va ma'no boshqa biror ma'no va forma bilan munosabatda bulmasligi mumkin (birlik hosil qilmasligi mumkin). Bunday so‘z shakllari to‘g‘risida gapirganda grammatik kategoriya haqida so‘z bo‘lishi mumkin emas. Masalan, -niki qo‘shimchasi ot so‘zlarga yoki otlashgan olmoshlarga qo‘shiladi va xoslik ma'nosini ifodalaydi: o‘zimniki, do‘stimniki, maktabniki kabi. Misollardan shu narsa seziladiki, ularda xoslik ma'nosi va shu ma'noni ifodalovchi forma butunligi bor. Lekin shu forma va ma'noga zid qo‘yilib, u bilan birlik hosil qiluvchi boshqa ma'no va shakl yo‘q.
Demak, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilishi (oppozitsiya hosil qiluvchi ) mumkin bo‘lgan ikki va undan ortiq grammatik ma'no va shu ma'nolarga xos formalargina grammatik kategoriyani hosil qiladi.

Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin