Otning funktsional analitik formalari. Hozirgi o‘zbek tilidagi otning analitik formasi ko‘makchi so‘z yordamida vujudga keladi. Funktsional formalarning ikkinchi turi analitik formadir.. Bular esa vosita, makon, vaqt, sabab, maqsad kabi ma'nolarni anglatadi. Analitik formani hosil qiluvchi ko‘makchilar otning ma'lum bir kelishik formasiga birikadi. Qaychi bilan (qirqmoq), dugonasi uchun(bermoq), tushga yaqin (bormoq) kabilar bunga misol bo‘ladi.
Otning funktsional juft va takroriy formalari. Navbatdagi funktsional formalardan biri, juft va takroriy formalar sanaladi. Bu forma otning umumlashtirish ma'nolarini bildiradi. Otning takroriy formasi ko‘plik ma'nosini ifodalay oladi, ma'noni kuchaytiradi. Shu topda u o‘zini hamda do‘sti Mirvali va uning serzavq-sershovqin jo‘ralarini eslab ich-ichidan yonmoqda edi.
Reja: 1.Otlarning kelishik kategoriyalari
2.Otlarning egalik kategoriyalari
Predmetning uch shaxsdan biriga tegishli ekanligini anglatuvchi umumiy ma'nolar va ularni ifodalovchi qo‘shimchalar paradigmasi egalik kategoriyasidir.
Ma'lumki, predmetning uch shaxsdan biriga qarashliligi ma'nosini muayyan shakllar, ya'ni qo‘shimchalar yuzaga chiqaradi: xuddi ana shu qo‘shimchalar egalik qo‘shimchalari deb yuritiladi va ularning umumlashgan ma'nolari yig‘indisini ifodalovchi qo‘shimchalar tizimi - egalik qo‘shimchalari paradigmasi ayni paytda egalik kategoriyasi deb ataladi.
Egalik qo‘shimchalari tilimizda ikki ma'nolidir: ya'ni ham shaxs, ham son ma'nosini ifoda etadi. Masalan: maktabim-birlik, 1 shaxs; maktabimiz-ko‘plik, 1 shaxs. Egalik kategoriyasining asosiy qo‘shimchalari quyidagicha: