Egalikqo‘shimchalariningIvaIIshaxsqo‘shimchalariunlibilantugaganso‘zlarga, IIIshaxsko‘rsatgichiundoshbilantugaganso‘zlargaqo‘shilgandafonetikvarianthosilqilmaydi: onaQm, tog‘aQng, jiyanQikabi. Boshqaholatlardaesafonetikvariantlargaegabo‘ladi: ya'niIvaIIshaxsdaundoshbilantuguganso‘zlargaegalikqo‘shimchalariqo‘shilganda «I» tovushi, unlibilantugaganso‘zlargaIIIshaxsegalikqo‘shimchalariqo‘shilganda «S» tovushiorttiriladi: uyQiQm, uy-i-miz, uka-s-i, aka-s-ikabi. Bunda «i» va «s» tovushlari fonetik talabga ko‘ra orttirilgan bo‘lib, ular tutashtiruvchilik vazifasini bajaradi.
Demak, egalik ko‘rsatgichlarining adabiy nutqdagi fonetik variantlanishi bunda affiks qo‘shiladigan negizning unli yoki undosh tovush bilan tugashiga bog‘liq xolda yuzaga keladi. Bunda tutashtiruvchi tovush vazifasini undoshlar orasida «I» unlisi, unlilar orasida esa «S» undoshi bajaradi. Demak, bu ikki tovush egalik ko‘rsatgichlarining fonematik tarkibiga kirmaydi.
Egalik qo‘shimchalarining qo‘shilishidan tug‘ilgan yana bir qator fonetik hodisalar ham mavjud:
Ikkinchi bo‘g‘inda I va U tor unlisi qatnashadigan ikki bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa, ikkinchi bo‘g‘indagi tor unli reduktsiyaga uchraydi(tushib qoladi): ogg‘z-og‘zim, og‘zing, og‘zi; burun- burnim, burning, burni kabi.
Egalik qo‘shimchasi qo‘shilishi ta'sirida so‘z ohiridagi Q,K jarangsiz undosh tovushlar jaranglashadi: o‘rtoq-o‘rtog‘im, istak-istagim, maslak-maslagimiz kabi.
I va II shaxs egalik qo‘shimchalarining semantik jihatdan ham o‘ziga xos xususiyatlari bor: I va II shaxsning birligi monosemantik xarakterli: ukam, ukang kabi. Ularning adabiy tildaigi ko‘plik formasi polisemantik xarakterga ega: uyimiz-bizning uyimiz; uyimiz-mening uyim; uyingiz-sizning uyingiz; uyingiz-sening uying kabi. Bu misollardan birinchisi ko‘plik ma'noli, ikkinchisi modal ma'noli ko‘rinishdir.
Egalik qo‘shimchalarining joylashishida ham ma'lum tartib bor: avvalo, egalik qo‘shimchalarining tartibi haqida gapiradigan bo‘lsak, odatda, shaxs ko‘rsatgich, -ngiz kabi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida egalik qo‘shimchalarining morfologik variantlari deyarli yo‘q. Egalik qo‘shimchalari ichida II shaxsning ko‘plik formasigina variantlarga ega: kitobingiz-kitoblaring.