1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə24/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92
она тилидан қулланма

Bosh kelishik.
Bosh kelishikdagi so‘z kim?, nima?, qaer? Degan so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. Bosh kelishik formasi maxsus marfologik ko‘rsatgichga ega emas. Shuning uchun ham u nol ko‘rsatgichli forma hisoblanadi.
Bosh kelishik vositasiz va vositali kelishiklar funktsiyasida keladi. Bu vaqtda bunday kelishiklar ba'zan belgisiz qo‘llanadi. Bu xol ko‘proq qaratqich, tushum kelishigida kuzatiladi. qisman jo‘nalish, o‘rin, chiqish kelishiklarida kuzatiladi.
Bosh kelishikda kelgan otlar gapda quyidagi vazifada keladi:
Ega vazifasida: Kimsan akam koraygan o‘zum boshlari guj bo‘lib turgan tok oldiga kelib tuxtadi.
Kesim vazifasida. Bunda ikki holat bor:
A) o‘zi kesim bo‘lib keladi: kishi va jamiyatni shakllantirgan narsa-mehnat. Aytilgan so‘z-otilgan o‘q.
B) kesimning ot qismi bo‘lib keladi. Qo‘rqa pisa boshimni ko‘tarsam, tepamda iljayib turgan Abduvali edi.
Izohlovchi vazifasida: Leytenant xotin hovli ichkarisiga (kirib) pildirab ketdi. Bosh kelishikdagi ot ko‘makchi so‘zlar bilan kelib, gapda hol, to‘ldiruvchi vazifasida keladi: Abduvali bilan endi o‘ynamayman. (U.X.) Zulfiya bilan sayohatga bordim.
Sifatlovchi vazifasida: Shu payt elektr qung‘iroq asta jiringladi.
Nominativ gap vazifasida: Bu vaqtda bosh kelishikdagi ot aniqlovchilari bilan kengayib kelishi ham mumkin: ko‘m-ko‘k dala.
Undalma vazifasida: Olimjon aka, siz xalq uchun juda ko‘p xizmat qildingiz.


Qaratqich kelishigi. Qaratqich kelishigi biror predmetning shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmetga qarashliligini ifodalaydi. Qaratqich kelishigi –ning affiksi orqali shakllanadi: Dilfuzaning kitobi, daraxtning bargi. Qaratqich kelishigi affiks jonli nutqda, shevalarda –ing formasidagi varianti ham mavjud. Bu 1 va 11 shaxs kishilik olmoshlarining birlik formasiga qo‘shiladi: menQing-maning, senQing-sening.
Qaratqich kelishigi ikki ko‘rinishda – belgili va belgisiz qo‘llanadi. Belgili qaratqich kelishigi –ning affiksi bilan shakllanib, real qarashlilikni ifodalaydi: Gulchehraning butun vjudi muz bo‘lib ketdi. (U.Umarov). Bunda predmetni konkret bir shaxsga qarashliligi anglashildi.
Qaratqich kelishigi affiks tushib qolsa, qaratqich kelishigi belgisiz bo‘ladi. Cho‘l qushlari beozorgina chug‘urlashadi.
Qaratqich kelishigining belgili-belgisiz qo‘llanilishi o‘z qonun-qoidalariga ega. Qaratqich kelishigi quyidagi xollarda albatta belgili qo‘llanadi:
Qaratqich kelishigidagi so‘z shaxs otlari bo‘lganda: Dilfuza opamning shifokori bemehr bo‘lsa kerak. (X.G.)Butunning qismi anglashilganda: Ko‘p o‘tmay bedazorning har chekkasida bedanalar sayray boshladi. (O‘.Umarbekov).
Qaratqich kelishigshidagi so‘z bilan qaralmish o‘rtasida boshqa so‘zlar qo‘llanganda: Cho‘lning daydi shamollari o‘t-o‘lanlarni silkib yugurar. (S.axmad.).
Qaratqich kelishigi quyidagi xollarda belgisiz bo‘ladi:Qaratqich kelishigida ot abstrakt otlardan bo‘lganda: Yaxshi haqiqat yo‘lini tutudi.Qaralmish payt ma'nosini ifoda qiluvchi so‘zlardan bo‘lganda: go‘yoira-shira yorishib kelayotgan cho‘l tongida bu alangga juda g‘alati bo‘lib ko‘rinadi. (S.Axmad.).
Qaratqich kelishigidagi so‘zlar bir-biriga tobe xolda birin-ketin kelganda, eng so‘nggisidan oldingilari belgisiz bo‘ladi: Toshkent Davlat universiteti filologiya fakulteti 111 kursning studentlari musobaqada g‘olib chiqdilar.
Qaratqich kelishigida kelgan so‘z oy, kun, payt, fasl nomlarini ifoda qiluvchi so‘zlardan bo‘lganda: Kechkurungi bahor havosi kishiga orom bag‘ishlar edi. (O).
Qaratqich tur ma'nosini ifoda qilganda: Chul qovunlari pishay-pishay deb turibdi. (S.Axmad). Qaratqich kelishigidagi so‘z ot ko‘makchilari bilan ham munosabatga kirishadi. Bunda qaratqich kelishigidagi so‘z belgili yoki belgisiz holatda bo‘lib, ko‘makchi so‘z bilan analitik forma hosil qiladi va gapda bitta sintaktik vazifa bajaradi: Bugubor osmonda burgut yangi uchishga urgangan bolasining goh oldiga, goh orkasiga utib uchardi. (S.A.).

Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin