1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə27/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92
она тилидан қулланма

Nazorat savollari
1. Kelishik kategoriyasi va uning ma'no ifodalash xususiyatiga ko‘ra turlarini ayting.
2. Bosh kelishikdagi otlar va ularning ma'nolari, sintaktik vazifalarini tushuntiring.
3. Qaratqich kelishigi va uning sematik-grammatik xususiyatlarini aytib bering.
4. Tushum kelishigida kelgan otlarning grammatik ma'no-vazifalarini aytib bering.
5. Jo‘nalish kelishigi ma'nosi, qo‘shimchasi, so‘rog‘i va vazifasini aytib bering.
6. Chiqish kelishigi ma'nosi, qo‘shimchasi, so‘rog‘i, vazifasini so‘zlab bering.
7. O‘rin-payt kelishigi ma'nosi, qo‘shimchasi, so‘rog‘i va vazifasini tushuntiring.


8-mavzu:OTLARNING YASALISHI

Reja:

1.Otlarningyasalishi: Otlardamodalformayasalishi.



2. Otlarningtuzilishjixatdanturlari: sodda, kushma, kiskartma, juftotlar.
Hozirgi o‘zbek tilida ot so‘z turkumi lug‘at tarkibida mavjud bo‘lgan so‘zlarning miqdorini tashkil qiladi. CHunki ot so‘z turkumi boshqa so‘z turkumlariga nisbatan yangi so‘zlar hisobiga tez boyib boradigan turkumdir.
O‘zbek tilida ot morfologik, sintaktik va abbreviatsiya usullari bilan yasaladi.
Morfologik usul bilan ot yasash. Bu usulga ko‘ra so‘z negiziga maxsus ot yasovchi affikslarni qo‘shish bilan yangi ot yasaladi. Ot yasovchi affikslar ot, sifat, son, olmosh, fe’l va ravish kabi mustaqil so‘z turkumlari, shuningdek, modal va taqlid so‘z negizlaridan yasaladi.
Morfologik usul bilan ot yasovchi affikslar ma’no jihatdan quyidagi guruhdagi otlarni yasaydi:
1.SHaxs va kasb-hunar otlarini yasovchi affikslar.
2.Narsa, qurol, o‘lchov birligi otlarini yasovchi affikslar.
3.O‘rin-payt otlarini yasovchi affikslar.
4.Abstrakt ot yasovchi affikslar.

SHaxs va kasb-hunar oti yasovchi affikslar, asosan, ot negiziga qo‘shilib, negizdan anglashilgan predmet bilan bog‘liq shaxs otlarini va ma’lum bir soha, kasb bilan shug‘ullanuvchi kasb-hunar otlarini yasaydi.
Bu affikslarga quyidagilar kiradi:
-chi: tarbiyachi, terimchi, sportchi, tijoratchi, navbatchi
-dosh: fikrdosh, kursdosh, zamondosh, suhbatdosh, muallifdosh
-gar,-kor: zargar, kimyogar, g‘allakor, san’atkor
-bon:,-boz: bog‘ bon, darvozabon, darboz, bedanaboz
-paz: oshpaz, somsapaz, kabobpaz
-kash: suratkash, aravakash, mehnatkash
-dor: chorvador, mulkdor
-shunos: tilshunos, tuproqshunos, tabiatshunos
-xon: kitobxon, gazetxon, g‘azalxon
-soz: mashinasoz, traktorsoz, soatsoz
-do‘z: do‘ppido‘z, etikdo‘z, mahsido‘z, gilamdo‘z
-xo‘r: choyxo‘r, oshxo‘r.
SHaxs va kasb-hunar oti yasovchi affikslardan –chi eng mahsuldor ot yasovchi affiks sanaladi.
YUqorida qayd etilgan –kash, -xo‘r, -paz, -do‘z, -boz, -gar, -soz, -xon, -shunos so‘z yasovchi affikslari tojik tilida fe’l o‘zaklari bo‘lib, o‘zbek tilida so‘z yasovchi affiks vazifasini bajaradi.
Narsa, qurol, o‘lchov birligi otlarini yasovchi affikslari, asosan, fe’l negiziga qo‘shilib negizdan anglashilgan ish-harakat va holatning natijasi bo‘lgan yoki ish-harakatni bajarish uchun qo‘llaniladigan narsa, qurol otini yasaydi. Kam hollarda ot, sifat, taqlid so‘z negizlari narsa, qurol, o‘lchov birligi otlarini yasashga asos bo‘la oladi. Bu affikslar quyidagilar:
-k (-ik), -ak, -q (-iq, -uq), -oq: elak, kurak, teshik, pirpirak, bo‘lak, bo‘yoq, so‘roq, chopiq, topshiriq, yutuq, o‘roq kabi.
-gich (-g‘ich, -kich, -qich): suzgich, o‘chirg‘ich, qirg‘ich, ko‘rsatkich, tutqich, qisqich.
-gi (-ki,-qi,-g‘i,-g‘u): supurgi, kulgi, tepki, chopqi, tutatqi, yoqilg‘i, cholg‘u.
-m (-im,-um): to‘plam, tishlam, chimdim, kiyim, unum.
-ma: qiyma, qatlama, dimlama (mahsulot nomi), tenglama, ayirma (matematik terminlar), isitma, jamg‘arma.
-don: qalamdon, guldon.
-indi: yuvindi, chirindi, qirindi.
-qin (-qun, -g‘in, -g‘un): to‘lqin, toshqin, uchqun, yong‘in, yulg‘un.
-in (-un, -on): yig‘in, tugun, to‘zon.
-ak (-oq): qarsak, varrak, qaltiroq.
-a: sharshara, jizza.
-os: gulduros, chuvvos.
-gak (-kak): ilgak, eshkak.
-doq: qovurdoq.
-moq (-mak): quymoq (ovqat turi), chertmak.
-cha: qizilcha, olacha.
-chiq: yopinchiq.
-ildoq: shaqildoq.
-machoq: bekinmachoq, tortishmachoq.
-noma: taklifnoma, tashakkurnoma, vasiyatnoma.
YUqorida sanalgan affikslardan –a, -os, -gak, -doq, -moq, -cha, -chiq, -ildoq, -machoq affikslari ot yasashda kam unum so‘z yasovchi affikslar sanaladi.
O‘rin-payt oti yasovchi affikslar, asosan, ot negiziga qo‘shilib, negizdan anglashilgan predmet mavjud bo‘lgan, ekiladigan, dam oladigan, yashaydigan o‘rin-joy otini yasaydi. Bu affikslarga quyidagilar kiradi:
-zor: olmazor, gulzor, bug‘ doyzor
-loq: o‘tloq, toshloq, qumloq
-iston: O‘zbekiston, guliston, qabriston
-goh: oromgoh, sayilgoh
-xona (affiksoid): choyxona, oshxona, yotoqxona, sartaroshxona
-qoq: botqoq (fe’l negizidan yasalgan o‘rin-joy oti).
Abstrakt ot yasovchi affikslar ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, ba’zan modal so‘z negizlariga qo‘shilib, negiz anglatgan tushuncha bilan bog‘liq abstrakt ma’nodagi ot yasaydi. Bular quyidagilar:
-lik (-liq): go‘zallik, mardlik, yaxshilik (ot negizidan yasalgan); ko‘plik, tezlik (ravish negizidan); birlik, yuzlik (son negizidan); qarindoshlik, bolalik (ot negizidan); o‘zlik, manmanlik (olmosh negizidan); yo‘qlik, borliq (modal so‘z negizidan).
-ch (-inch): sevinch, quvonch, tayanch, qo‘rqinch (fe’l negizidan yasalgan)
-chilik, -garchilik: pillachilik, temirchilik, ipakchilik, odamgarchilik (ot negizidan), xursandchilik (sifat negizidan), yo‘qchilik (modal so‘z negizidan yasalgan).
-gilik, -kilik: ko‘rgilik, ichkilik (fe’l negizidan yasalgan).


Sintaktik usul bilan ot yasash. Bu usulga ko‘ra ikki va undan ortiq so‘z shakllari Biron qolipda birikib, bir predmetni anglatadigan yangi ot yasaladi.
Sintaktik usulga ko‘ra qo‘shma va juft otlar yasaladi.


Qo‘shma ot ikki va undan ortiq so‘zning birikishidan hosil bo‘lib, bir predmetni anglatadigan yangi ot. Qo‘shma ot tarkibidagi so‘zlar dastlab ma’no va grammatik jihatdan tobelanish yo‘li bilan (qo‘shimcha aniqlovchiQaniqlanmish) tuzilgan so‘z birikmasi bo‘lib, keyinchalik shu sintaktik munosabatning yo‘qolishi natijasida bir tushunchani, yangi bir predmetni ifoda etadi: ko‘zoynak, belbog‘ , o‘rinbosar kabi. Qo‘shma ot bir bosh urg‘u bilan aytiladi.
Qo‘shma ot qismlari orasidan quyidagi sintaktik munosabatlarning yo‘qolishi natijasida hosil bo‘ladi:
1.AniqlovchiQaniqlanmish: bilaguzuk, achchiqtosh, oshqozon, toshko‘mir, bedapoya, so‘z boshi, Beshariq, Kattaqo‘rg‘ on.
2.EgaQkesim: Soykeldi, Qoryog‘ di.
3.To‘ldiruvchiQkesim: dunyoqarash, kungaboqar, muzyorar, otboqar, ish tashlash.
4.HolQkesim: besh otar, iskabtopar, bosvoldi.
5.KesimQundalma: YOriltosh, ochildasturxon.
O‘zbek tilida rus, tojik va boshqa tillardan o‘zlashgan parovoz, aeroport, dushanba, chorshanba, obdasta kabi otlar kelib chiqishiga ko‘ra qo‘shma ot bo‘lsa-da, o‘zbek tilida qo‘shma ot ekanligi anglashilmaganligi tufayli sodda ot deb qaraladi.


Juft ot bir xil grammatik shaklda kelgan ikki so‘zning grammatik jihatdan teng bog‘lanishidan tuzilgan jamlovchi, bir umumiy ma’noni anglatadigan yangi ot. Juft ot qismlari orasidagi tenglik munosabati yozuvda chiziqcha bilan ko‘rsatiladi. Bunday juft otning qismlari 2 xil bog‘lanadi: a) bog‘lovchilarsiz: ota-ona, gul-lola; b) bog‘lovchi vazifasidagi –u, -yu yuklamalari yordamida: tog‘ -u tosh, olma-yu o‘rik kabi.
Juft ot qismlari bir so‘z turkumiga oid bo‘lib, qismlarining har biri o‘z urg‘usiga ega bo‘ladi. Juft otlarning ma’nosi qismlar ma’nosining yig‘indisidan kelib chiqadi: kuch-quvvat, aql-xush, ota-ona.
Juft ot tarkibidagi qismlar quyidagi ma’no munosabatlarini ifodalaydi:
1.Qismlar o‘zaro ma’no jihatdan bir-biriga yaqin so‘zlardan tuziladi: qovun-tarvuz, baxt-saodat, qozon-tovoq, gap-so‘z kabi.
2.Qismlar o‘zaro ma’nodosh (sinonim) so‘zlardan tuziladi: baxt-saodat, orzu-havas, kuch-quvvat, asbob-uskuna.
3.Qismlari bir-biriga antonim bo‘ladi: o‘g‘il-qiz, er-osmon, aka-uka, er-xotin.
Juft otlar quyidagicha yasaladi:
1.Juft otning har ikala qismi mustaqil ma’noli so‘zlardan tuziladi: o‘yin-kulgi, opa-singil
2.Juft otning bir qismigina mustaqil ma’noga ega bo‘ladi: kiyim-kechak, bozor-o‘char
3.Juft otning har ikki qismi mustaqil ma’noga ega bo‘lmagan so‘z bo‘lishi mumkin: g‘ala-g‘ ovur, dali-g‘uli.
Juft otlar takrorlangan holda kelishi mumkin, lekin bunday ot yasama ot sanalmaydi: choy-poy, ish-pish, don-dun kabilar. Bunday juft otlar modal ma’no ifodalaydi.
Abbreviatsiya usuliga ko‘ra turg‘un so‘z birikmalarini turli usullar bilan qisqartish orqali qisqartma ot hosil qilinadi. Qisqartma otlar abbreviaturalar deb yuritiladi. Bu usul bilan so‘z yasash o‘zbek tiliga rus tilidan o‘zlashtirilgan bo‘lib, nutqda ixchamlikka erishish maqsadida qo‘llaniladi.
Hozirgi kunda rus tilidan aynan o‘zlashtirilgan bir qator qisqartma otlar bir qatorda rus tilidagi qisqartma otlarning o‘zbek tilidagi shakli ishlatilmoqda. GES, ZAGS – aynan o‘zlashtirilgan, VAK – Visshaya Attestatsionnaya Komissiya, OAK – Oliy Attestatsiya komissiyasi, GA – gosudarstvennaya attestatsiya – DA – davlat attestatsiyasi kabilar o‘zbekcha qisqartma shakli hosil qilingan. SHuningdek, o‘zbek tilining o‘z ichki imkoniyatlari asosida yasalgan yangi qisqartma otlar lug‘at tarkibidan joy olmoqda: DTM, DAN, O‘zFA kabi.
Qisqartma otlar tuzilish jihatdan quyidagicha bo‘ladi:
1.Qisqartirilayotgan so‘zlarning birinchi tovushlaridan tuziladi: BMT (Birlashgan millatlar tashkiloti), XXR (Xitoy Xalq Respublikasi), DTM (Davlat test markazi); DAN (davlat avtomobil nazorati).
2.Qisqartirilayotgan so‘zning bosh qismi va keyingi so‘zlarning birinchi tovushlaridan: ToshDIU (Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti), O‘zFA (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi).
3.Birinchi so‘zning bosh qismi va keyingi so‘z to‘liq olinadi: pedkolledj (pedagogik kolledj), pedamaliyot (pedagogik amaliyot).
4.So‘zlarning bosh qismlaridan: Toshunivermag (Toshkent universal magazini), ...



Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin