1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə30/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   92
она тилидан қулланма

9-mavzu: SIFAT-SO‘Z TURKUMI

Sifatning leksi- grammatik xususiyatlari.

Mavzu rejasi
  1. Sifatning ma'no guruhlari.


  2. Asliy va nisbiy sifatlar.


  3. Sifat darajalari.


  4. Sifatlarda belgining ortiq-kamligini ifodalovchi va sub'ektiv baho formalari.




Mavzuga oid tayanch atama va iboralar: asliy sifatlar, nisbiy sifatlar, intensiv forma, sifat darajalari, oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja, sifat ma'no guruhlari, ma'za-ta'm sifatlari va x.

1- reja bayoni
Predmetning belgisini bildirgan mustaqil so‘zlar sifat deyiladi. O‘zbek tilidagi sifat so‘zlar esa belgi to‘dalariga ko‘ra 9 turga bo‘linadi:
1. Xususiyat bildiruvchi sifatlar. Bu to‘daga mansub sifatlar insonlarning turli harakter - xususiyatlarni, shuningdek, predmetlarni belgilarini bildiradi: Kamtarin, mugombir, sodda, shux, zikna, ayyor va x. bu xil sifatlardan ba'zilari insonlarga, ham xayvonlarga, shuningdek, predmetlarga ham ishlatiladi: Yuvosh odam, yuvosh ot kabi.
Xususiyat bildiruvchi sifatlardan ayrimlari harakat belgisini ifodalashi ham mumkin: Mayin gapirmoq, yaxshi ishlamoq kabi.
2. Holat bildiruvchi sifatlar. Bu to‘daga mansub sifatlar inson, xayvon va predmetlarning turli holat belgisini ifodalaydi: Xursand, badavlat, ma'yus, keksa va x. Bu to‘daga oid sifatlar ko‘proq harakat belgisini ifodalashga moyilroq bo‘ladi: Iliq qarshiladi, ma'yus so‘zladi.
3. Shakl - ko‘rinish bildiruvchi siftlar turli tashqi qiyofa va tuzilishlarni predmetlerning shakliy ko‘rinishlarni bildiradi: Gavdali, novcha, uzunroq, yassi kabilar.
4. Rang- tus bildiruvchi sifatlar. Bu gruppaga tegishli sifatlar predmet belgisini ifodalashgagina xoslangan: oq, qora, qizil, sariq, ko‘k, pushti.
Xajm - o‘lchov bildiruvchi sifatlar. Keng, tor, uzun, yaqin, katta.
Maza- ta'm bildiruvchi sifatlar: Shirin, nordon, achchik, chuchuk, ta'msiz.
Xid bildiruvchi sifatlar: Xushbo‘y, badbo‘y, qo‘lansa, sassiq va b.
Predmetning o‘rin va vaqtiga nisbatan belgisini bildiruvchi sifatlar: Yozgi, qishki, kuzgi, ichki, sirtqi kabi.Tabiiy holatni ifodalovchi sifatlar: Yosh, qari, keksa, o‘rta yosh.
Sifatlarning ma'no to‘dalari va ularning ma'no ifodalash xususiyatlarida ko‘rinib turibdiki, sifat so‘zlar nafaqat predmet belgisini, balki ularning ayrim to‘dalriga mansublari harakat belgisini ifodalash xususiyatlariga ham ega bo‘lar ekan. Lekin shuni unutmasligimiz kerakki, sifat turkumiga oid so‘zlarning asosiy xususiyati predmetga xos belgini ifodalashdir. Demak, sifat uchun umumkategorial predmet belgisini ifodalashdir. Sifatlar boshqa so‘z turkumlaridan o‘ziga xos ma'nosi, maxsus forma yasovchi va so‘z yasovchi qo‘shimchalariga ega ekanligi bilan ham ajralib turadi. Ot bilan bog‘lanib kelganda hech qanday o‘zgarishga uchramaslik, ya'ni o‘zgarmaslik ham sifatning o‘ziga xos morfologik xususiyatlaridan biridir: Oq devor, oq devorni, oq devorda, oq devordan, oq devorning kabi. Sifat turkumiga xos yana bir morfologik belgi uning daraja kategoriyasiga va darajani ko‘rsatuvchi grammatik formalar sistemasiga egaligidir: Chiroyli - chiroylirok kabi. Sifat so‘zlarning juda ko‘p qismini yasama sifatlar tashkil etadi, ya'ni sifatlarning ancha qismi maxsus sifat yasovchi qo‘shimchalar vositasida yasalganki, bu ham sifat so‘zlarning asosiy belgilarida biri bo‘lib hisoblanadi: AqlQli. Sifat so‘zlarning gapdagi asosiy sintaktik vazifasi aniqlovchi va xol bo‘lib kelishdir. Masalan, Nadya pishiq va to‘qri qiz edi (O.). Yoki: Oppoq qordir tog‘larning toshi, daryo tiniq, osmon beg‘ubor. (X. O.)
Nazorat savollari:
1. O‘zbek tilidagi sifat so‘zlarning belgi ifodalash to‘dalari (ma'no guruhlari)ga ko‘ra turlarini aytib bering.
2. Sifatlarning umumkategorial ma'nosini izohlang.
3. Sifat so‘zga xos belgilarni ajrating.
savol bo‘yicha dars maqsadlari: talabalarning asliy va nisbiy sifatlar bo‘yicha bilimlarini kengaytirish va mukammalashtirish;
Sifat so‘zlarining belgi anglatishi turlicha bo‘ladi: Ba'zilari predmet belgisini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalasa, ba'zilari belgi ma'nosini bir predmetning boshqa predmetga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra anglatadi. Ana shu xususiyati hisobga olinib sifat so‘zlar ikkiga: Asliy va nisbiy sifatlarga bo‘linadi.
Predmet belgisini shu predmet o‘ziga bog‘lab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatsa, asliy sifatdir: qizil, ko‘k, sariq kabi.
Predmet belgisini boshqa predmet belgisiga ko‘ra ifodalanadigan sifatlar nisbiy sifatlardir: bilimli, chiroyli suvsiz kabi.
Nisbiy sifat belgini uch xil yo‘l bilan ifodalaydi:
Predmetga nisbat berish yo‘li orqali: harbiy unvon, bolali ayol.
Vaqtga nisbat berish bilan: hozirgi kun, bahorgi ekin.
O‘ringa nisbat berish bilan: Sirdaryolik qiz, qishloqi yigit.
Asliy va nisbiy sifatlar bir-biri bilan quyidagilar bilan farq qiladi:
Asliy sifatlar predmet belgisini darajalab ko‘rsata oladi.
Asliy sifatlarda intensiv forma yasalishi mavjud: sap-sariq, to‘ppa-to‘g‘ri kabi.
Nisbiy sifatlarda bunday forma yasalish yo‘q.
Asliy sifatlarda belgining kamligini ifodalovchi forma yasalishi bor: oq-oqish, ko‘k-ko‘kimtir kabi. Nisbiy sifatlar bunday xususiyatga ega emas.
Asliy sifatlar fe'lga bog‘lanib kelganda gapda ko‘pincha xol vazifasini bajaradi.



Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin