1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə31/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92
она тилидан қулланма

Nazorat savollari:
1. Berilgan misollarda nisbiy sifatlarning qanday yo‘l bilan ifodalanganini aniqlang, tushuntirib bering.
Ishchan, juda ishchan odam (A. K.).
Ko‘kni qoplab olgan sanoqsiz yulduzlar, qozonga yopishgan uchqunlardek yaltirab turibdi. (I. R.)
Oppok qizning ko‘kish ko‘zlari jiqqa ko‘z yoshga to‘ldi (X. G.)
Ertalabki jismoniy tarbiya salomatlik garovidir.
2. Berilgan sifatlarga –roq qo‘shimchasini qo‘shib ko‘ring. Bu qo‘shimcha bilan qo‘shila oladigan va qo‘shila olmaydigan sifatlar guruhiga ajrating.
Tinch, olmossimon, paxtali, oq, sho‘h, tuzli, chuchuk, do‘ppili, nam, badavlat, serfarzand, omilkor, zararsiz, baland.
Sifat darajalari predmetlardagi bir xil belgilarni bir-biridan farqlash uchun qo‘llaniladi. Bunday holatlarda birdan ortiq predmetlarning belgilari bir-birlari bilan chog‘ishtiriladi: qizil-qizilroq, sariq-sariqroq kabi. Belgi ko‘rsatishdagi turli xususiyatlari hisobga olinib, sifatlar uch darajaga bo‘linadi.

Oddiy daraja. Bu darajadagi sifat predmetning belgisini to‘g‘ridan to‘g‘ri ifodalaydi. Asliy sifatlar asosan oddiy darajada bo‘ladi va ular boshqa darajalarni hosil qilishda asos bo‘ladi: uzun arqon.

Qiyosiy daraja. Qiyosiy daraja bir predmetdagi belgining ikkinchi predmet belgisiga nisbatan ortiq yoki kamligini qiyos yo‘li bilan ko‘rsatishga xizmat qiladi. Bu darajaning morfologik ko‘rsatkichi -roq affiksidir: shirin-shirinroq, katta-kattaroq kabi. -roq affiksi qo‘shilib kelgan sifatlar qiyoslanayotgan belgining daraja miqdorini turlicha me'yorda ko‘rsatadi. Bu belgi oddiy daraja holatiga etmaganligini, undan biroz kamligini, kuchsiz ekanligini, ortiqligini ko‘rsatishi mumkin.
Kiyosiy daraja ba'zan chiqish, jo‘nalish kelishiklar formasini olgan ot so‘z va ko‘ra, qaraganda, nisbatan, ham kabi ko‘makchilarning birikish shaklida ham ifodalanishi mumkin: Alisher boshqa bolalarga ko‘ra o‘tkir zehnli, mehnatsevar chiqdi.


Orttirma daraja. Sifatlarning orttirma darajasi bir predmetdagi belgi ikkinchi predmetiga nisbatan ortiq ekanligini chog‘ishtirib ko‘rsatiladi. Orttirma daraja oddiy darajadagi sifat oldida «eng» so‘zini keltirish orqali hosil qilinadi: eng yaxshi, eng go‘zal kabi. Ba'zan orttirma daraja ma'nosi oddiy darajadagi sifatlar oldidan chiqish kelishigi va III shaxs egalik affiksini olgan barcha, hamma, bari kabi olmoshlarni keltirish bilan ham ifodalanadi: barchasidan buyuk, hammasidan go‘zal kabi. Ayrim holatlarda ko‘plik qo‘shimchasi va qaratqich kelishigi affiksini olgan ot va otlashgan sifatlar bilan III shaxs egalik affiksini olgan sifatlarini qator keltirish orqali sifatlarning orttirma darajasi ma'nosi ifodalanadi: yaxshilardan yaxshisi, odamlarning kattasi.


Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin