1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə34/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92
она тилидан қулланма

Sifatlarning otlashishi
  1. Sifat turkumidagi so‘zlar ba’zan ot turkumidagi so‘zlarning ma’nosini ifodalab, uning vazifasini bajarib kelishi mumkin. Bunda sifat o‘zining leksik va grammatik ma’nosini yo‘qotib, predmetlik ma’nosini ifodalaydi. Gapda sifat bog‘lanib kelayotgan otning tushib qolishi natijasida sifat uning predmetlik ma’nosini ham, morfologik belgisini ham, sintaktik vazifasini ham o‘z ustiga oladi. Misol: YAxshi topib gapiradi, yomon qopib gapiradi gapida yaxshi (odam), yomon (odam) sifatlari tushib qolgan kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan, bosh kelishikdagi, ega vazivasidagi ot vazifasini bajargan. Odam oti gapda tushib qolgani tufayli yaxshi, yomon sifatlari otlashishgan. Bu hodisa gap tarkibida yuz bergan. Bunga nutqning ixchamlikka intilishi sabab bo‘ladi. Sifatlarga oid so‘zlarning hammasi ham otlashavermaydi. Asosan belgi-xususiyat bildiruvchi sifatlar, kishilarning laqabini bildiruvchi (tajang, maymoq, cho‘tir, darroz) sifatlar, hayvonlarning tusini bildiruvchi (saman, to‘riq, bo‘z, qashqa) sifatlari otlashadi.


  2. Otlashgan sifatlar aniqlovchilik vazifasidan chiqib, otga xos ega, kesim, to‘ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi, undalma vazifasini bajaradi. Misol: Aqlsizlar gap bermaydi otasiga. (A.Po‘lat) Mard bo‘lgandan keyin yomonni ham yaxshilik bilan engar ekan. (P.Kodirov) YAxshining so‘zi qaymoq, yomonning so‘zi to‘qmoq. (Maqol) YAxshilar, uni eslang!




Sifatlarning yasalishi
Sifatlar quyidagicha yasaladi: 1. Sifat yasovchi qo‘shimchalar bilan. 2. So‘zlarni qo‘shish bilan. 3. So‘zlarni takrorlash bilan.

1. Sifat yasovchi qo‘shimchalar quyidagilardir:

1) otdan sifat yasovchi qo‘shimchalar:

-li: rasmli kitob, kuchli shamol

-dor: aybdor, vafodor

ba-: badavlat, baquvvat

ser-: serhosil olma.


Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin