Mavzuga oid tayanch atama va iboralar: Olmosh so‘z turkumi, umumlashagan predmet bildiruvchi olmoshlar, umumlashgan belgi bildiruvchi olmoshlar, umumlashgan miqdor bildiruvchi olmoshlar, kishilik olmoshlari, o‘zlik olmoshlari, gumon olmoshi, ko‘rsatish olmoshi, so‘roq olmoshi, belgilash-jonlash olmoshi, bo‘lishsizlik olmoshi.
1-savol bayoni: Olmosh mustaqil ma'noli so‘zlar - ot, sifat son, ravish kabi shaxs, predmet, belgi yoki miqdori bildirmay, ular urnida almashinib qo‘llanuvchi, ularga ishora qiluvchi, ularning o‘rinbosari hisoblanuvchi so‘z turkumidir. Olmoshlarning asosiy ma'nosi va qaysi so‘z turkumi urnida qo‘llanishi kontekstda reallashadi. Chunki olmoshlarning ma'nosi noaniq va umumiy bo‘ladi. Ma'no va grammatik xususiyatlariga ko‘ra olmoshlar umumlashgan predmet (olmosh-ot), umumlashgan belgi (olmosh-sifat), umumlashgan miqdor (olmosh-son) bildiruvchi olmoshlarga bo‘linadi.
Umumlashgan predmet bildiruvchi olmoshlar, predmetlikni ko‘rsatadi. Egalik, kelishik affikslari bilan turlanadi. Gapda ot bajargan vazifalarni bajaradi: Men, sen, u, kim, nima, hech kim, hech nima.
Umumlashgan belgi bildiruvchi olmoshlar sifat va ravishlar kabi formal o‘zgarmasligi, asosan aniqlovchi va xol vazifasida kelishi bilan harakterlanadi. Bu, shu, o‘sha, qaysi, allaqanday, hech qanday.
Umumlashgan miqdor bildiruvchi olmoshlarga: kancha, necha shuncha, o‘shancha kabilar kiradi.
Olmoshlar quyidagi grammatik xususiyatlari bilan boshqa so‘z turkumlaridan farq qiladi.
Ma'no jihatdan olmoshlar abstrakt xarakterga ega bo‘ladi. Chogishtiring: tosh, non, to‘z, kizil, ok, achchik deganda konkret predmet yoki belgi anglashiladi. Hamma, u, o‘sha, shuncha deganda narsa yoki belgi ifodalanmaydi.
Olmoshlar so‘z yasalishi yo‘q. Olmoshlar boshqa so‘z turkumlaridan yasalmaydi. Olmoshlardan boshqa so‘z turkumlarining yasalishi ham kuchsiz: manmanlik, sensiramoq, mensiramoq. Kamtarlikning kamoli bor, manmanlikning zavoli bor. (Maqol)
Olmoshlar otlarga xos so‘z o‘zgartiruvchilar bilan o‘zgaradi. Olmoshlar kelishik affikslarini oladi va ular bilan belgili qo‘llanadi: Men uni ko‘rdim, (Men u ko‘rdim emas).
Olmoshlarni gaplarda bajargan vazifasiga ko‘ra to‘rt gruppaga ajratish mumkin: a) ot xarakteridagi olmoshlar; b) sifat harakteridagi olmoshlar; v) son xarakteridagi olmoshlar; g) ravish xarakteridagi olmoshlar. Biz shonli yo‘lni bosib o‘tdik.(Gazetadan). Namanganning qaysi qishlog‘idan, qanday Urug‘lari borligini surishtirdim. (Asqad Muxtor). Nechanchi uyda turasiz? Nega javob bermaysiz? (A. Qodiriy).