1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə38/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92
она тилидан қулланма

Sanoq sonlar. Sanoq sonlar mustaqil xolda qo‘llana oladi, ya'ni boshqa so‘zlar bilan bog‘lanishi shart emas. Sanoq sonlar ana shu xususiyati bilan ot turkumiga yaqinlashadi. Lekin sanoq son predmet tushunchasi emas, uning miqdorini bildiradi, xolos. Sanoq sonlar bog‘langan ot tushib qolganda son so‘z otlashadi: O‘n to‘qqizdan oshmay tur, go‘zal. (X. O.)
Sanoq sonlar sonning boshqa turlari uchun asosdir. Sanoq sonning o‘zida esa maxsus morfologik belgi yo‘q: bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti va x. Sanoq son aniq miqdorni ko‘rsatganligi sababli sanaluvchi predmetning atamasi bo‘lgan so‘z ko‘plik qo‘shimchasi - lar ni olmaydi, ya'ni: un kishi (un kishilar emas). Ammo gumon, taxmin ma'nosidagi sanoq sonlar ko‘plik ko‘rsatkichi -lar ni qabul qiladi. m: Sen kelganda soat uchlar edi.
Sanoq son o‘zidan oldin aniqlovchi,ayniksa sifatlovchi aniqlovchi olmaydi :yaxshi beshta kitob emas,beshta yaxshi kitob-deyiladi.
Sanoq sonlar otlashganda egalik,kelishik qo‘shimchalarini olib turlanishi mumkin. M: Uchga kirdi, uchdan to‘rtga o‘tdi, uchni to‘ldirdi kabi.
Sanoq sonlardan bir so‘zi va uning ma'nolari. Sanoq sonlardan «bir» soni turli ma'no va vazifalarda kela olishi mumkin Ular quyidagichadir:
1. O‘lchov ma'nosida keladi: Bir metr atlas, bir karich er, bir gaz buyin bor kabi.
2. Og‘irlik miqdorini ifodalaydi: Bir kilo uzum, bir pud bug‘doy kabi.
3. Ayiruv chegaralov yuklamasi ma'nosida: Mening mexribonim, ishonganim bir sensan, Olloh.
4. Uxshashlik ma'nosini anglatadi: Otasi ham, o‘g‘li ham bir go‘r. Ona bolaning xarakteri bir.
5. Noaniqlik, mavhum ma'noni anglatadi: Sizni bir qiz kutayapti.
6. Kuchaytiruv yuklamasi ma'nosida qo‘llanadi: Navro‘zda Gulnoza bir o‘ynaydi, bir o‘ynadi hamma xayron qoldi.
7. Ravish ma'nosida keladi: Bir-bir bosib kelar sanam, kelar salona-salona.
8. Ayiruv bog‘lovchisi vazifasida keladi: Bir kuladi, bir yig‘laydi, o‘zini yo‘qotib qo‘yibdi.
Sanoq sonlarning qo‘llanishida numerativlarning ishtiroki. Sanoq sonlar numerativlar bilan ham qo‘llanadi. Sanoq son predmet atamasi bo‘lgan ot so‘z o‘rtasida keladigan numerativ (numerativ lotincha hisob degani) so‘zlar predmetlarning turi va xususiyatiga qarab qo‘shiladi. Numerativlar sanlayotgan predmetlarni ko‘rsatmay, o‘sha predmetni hisoblashda uni qaysi kategoriyaga, guruhga, turga oid ekanligini aniqlash uchun qo‘shiladi.
O‘zbek tilida numerativ so‘zlar qo‘llanishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
Predmetni donalab yakkalab ko‘rsatish uchun ishlatiladigan numerativ so‘zlar: dona, nusxa, bosh, tub, nafar kabilar
Butunning, guruhning, to‘daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan numerativ so‘zlar: burda, parcha, varak, og‘iz, luqma, qultum, siqim, tilim, chimdim, tomchi kabilar.
To‘dalab guruhlab ko‘rsatuvchi hisob so‘zlar: tub, gala, to‘da, guruh, dasta,bog‘, shoda va boshqalar.
Juft predmetlar hisobida qo‘llanuvchi numerativlar: juft, para kabi.
Og‘irlikni o‘lchash uchun ishlatiladigan hisob so‘zlar: Qadoq, kilo, pud, tonna, qoshiq, piyola, chelak, xovuz, botmon, sentner kabilar.
Uzunlik o‘lchovi uchun ishlatiladigan hisob so‘zlar: metr, karich, chakirim, odim, quloch, gaz va boshqalar.
Vaqt o‘lchovini ifodalash uchun ishlatiladigan numerativlar: kun, oy, yil, xafta, soat, daqiqa kabilar.
Qiymat hisobini ifodalovchi numerativ so‘zlar: sum, tiyin, tanga, chervon, selkovoy kabilar.
Xajm ma'nosini ifodalovchi numerativlar: kub, kvadrat, doira kabilar.
Xullas, sanoq sonlar turkumi doirasiga ko‘ra ham miqdoriga ko‘ra ham o‘ziga xos o‘rinni egallaydi.

Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin