-mand: kasalmand, davlatmand
YUqoridagi qo‘shimchalar asosdan anglashilgan belgiga egalikni bildiradi.
-siz: tuzsiz ovqat.
be-: beg‘ubor, bexabar
Bu qo‘shimchalar esa (no- qo‘shimchasi bilan birgalikda: noaniq, notinch.) asosdan anglashilgan belgiga ega emaslikni ifodalaydi.
-lik: toshkentlik (bola)
-iy,-viy: tarbiyaviy soat, devoriy soat.
-gi,-ki,-qi: bahorgi ishlar, qishki kiyim
(paytga xos belgini bildiradi).
-aki, -oqi: jizzaki, jirttaki, pistoqi
-yi: havoyi.
-chan: ishchan bola.
-simon: odamsimon maymun
(o‘xshashlik ma’nosini bildiradi).
-kor,-gar: isyonkor, zulmkor, javobgar, ig‘ vogar.
-i: qishloqi, qozoqi, jannati
-cha: farg‘ onacha, erkakcha, arabcha (o‘yin)
-namo: avliyonamo, darveshnamo
-parvar: xalqparvar, adolatparvar
-on: charog‘on, za’faron
-aki: dahanaki, og‘zaki
bad-: badbaxt, badnafs
-shumul olamshumul, jahonshumul
-don: gapdon, bilimdon
-kash: dilkash, hazilkash
-bop: palovbop, qishbop
xush-: xushfe’l, xushhavo
-in: erkin, otashin
-vor: devonavor, afsonavor
-parast: mansabparast, maishatparast
bar-: barhayot, barvaqt
-chil: xalqchil, izchil.
-lik(-liq): ko‘ylaklik(chit), bolalik(chog‘lar)
-i: jannati (kampir)
-loq: baqaloq, qo‘shaloq (g‘o‘za)
-kor: devkor(ish), fusunkor(husn)
-kash: zahmatkash(odam), noskash(kampir)
-chi: gapchi(odam), vahimachi(ayol)
-von: zo‘ravon(odam)
-qa: loyqa(suv)
-omuz: hazilomuz(gap), zaharomuz(hazil)
-xo‘r: g‘amxo‘r(odam), go‘shtxo‘r(hayvon)
-soz: soatsoz(usta)
-dek(-day): muzdek(suv), jo‘jabirday(jon)
2) Fe’ldan sifat yasovchi qo‘shimchalar:
-choq,-chak,-chiq: maqtanchoq, kuyunchak, qizg‘anchiq
-gir,-g‘ir,-kir,-qir,-qur: sezgir, topqir, o‘tkir, olg‘ir,
uchqur
-ma: qaynatma sho‘rva, burmako‘ylak
-k (-uk, -ik,-ak) chirik, teshik, tuzuk, g‘alvirak
-q(-uq,-iq,-aG’oq): iliq, siniq, buzuq, qoloq.
-oq: qochoq, qo‘rqoq, baqiroq
-qi: sayroqiqush,
-qoq, -g‘ oq: tirishqoq, uyushqoq, toyg‘ oq
-ag‘ on: bilag‘ on, chopag‘ on
-mon: bilarmon, qirarmon
-kun, -qin, -g‘in, tushkun, ozg‘in, jo‘shqin,
-g‘un, -qun: turg‘un, tutqun
-(a)rli: etarli, zerikarli
-ch: tinch, jirkanch
-g‘ich: yulg‘ich (odam)
-ong‘ich: tepong‘ich, suzong‘ich
-ovuch: hurkovuch, iskovuch
-mas: o‘tmas(pichoq), indamas(odam)
-(i)ndi: asrandi (bola)
-a: ko‘tara (savdo) -msiq: qarimsiq, achimsiq
3) Boshqa turkumlardan sifat yasovchi qo‘shimchalar :
Ravishdan: -gi: kechagi, dastlabki
Sifatdan: no-: noma’lum, noto‘g‘ ri.
-lom: sog‘lom
Taqlid so‘zdan: -ildoq: bijildoq, likildoq
2. So‘zlarni qo‘shish, bog‘lash va juftlash bilan quyidagi turdagi sifatlar yasaladi:
1) qo‘shma sifatlar quyidagicha yasaladi va yoziladi:
a) ot va otdan. Bular qo‘shib yoziladi:bodomqovoq, sheryurak;
b) sifat va otdan. Bular qo‘shib yoziladi: qimmatbaho;
v) ot yoki ravishga -ar qo‘shimchali fe’lni qo‘shish bilan yasaladi. Bular qo‘shib yoziladi:tezoqar daryo, ertapishar (o‘rik)
g) otga aro, umum, yarim, g‘ayri, nim, rang so‘zlarini qo‘shish bilan. Bular qo‘shib yoziladi: xalqaro, umumkomanda, yarimavtomat, g‘ayridin, nimpushti.
Qo‘shma sifatlar a) ikki tub so‘zdan tashkil topadi: sovuqqon, xom semiz, kamgap; b) biri tub, ikkinchisi yasama so‘zdan iborat bo‘ladi: ishyoqmas, erksevar, tilbilmas, o‘zbilarmon.
2) birikmali sifatlar tarkibi ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘ladi va ular orasidagi munosabatlar aniq sezilib turgan bo‘ladi, bunday sifatlar aralash, yo‘q, ko‘p, oliy, och, to‘q, to‘la, chala, yarim, bir,ikki kabi so‘zlar ishtirokida hosil qilinadi: qum aralash (loy), tengi yo‘q, ko‘p tarmoqli, oliy ma’lumotli, och qizil, qorni to‘q, to‘q qizil, to‘la huquqli, chala mulla, bir tomonlama, ikki qavatli,yuqori hosilli (dala), uzun tolali (paxta), yoshi ulug‘ (inson), gapga usta (odam), oqishdan kelgan (yigit).
3) juft sifatlar quyidagicha yasaladi: 1) qarama-qarshi ma’noli so‘zlardan: katta- kichik, uzun-qisqa, maza-bemaza, sezilar-sezilmas, bilinar-bilinmas, kirdi-chiqdi; 2) sinonim ko‘rinishdagi so‘zlardan: erka-arzanda, boy-badavlat, sog‘ -salomat, uzuq-yuluq, ola-chipor, soya-salqin, mo‘min-qobil, xor-zor; 3) yaqin ma’noli so‘zlardan: och-nahor, shaldir-shuldir, o‘ydim-chuqur, och-nochor, nozik-nihol, ola-quroq, kuydi-pishdi.
Juft sifatlar chiziqcha bilan yoziladi, -u, -yu yuklamalari bilan bog‘lansa, chiziqcha qo‘yilmaydi: yakkayuyagona farzand.
3. So‘zlarni takrorlash bilan ham sifatlar yasaladi: Bu usul yordamida sanoqli miqdordagi sifatlargina yasaladi: yo‘l-yo‘l (ko‘ylak), manman (odam), shiqshiq (tugma), liplip (chiroq), chaqchaq (odam),
Sifatlarning tuzilish turlari
1. Sodda sifatlar bir o‘zakdan iborat bo‘ladi: aqlli, yaxshi.
2.Qo‘shma sifatlar - rahmdil, ertapishar, havo rang. Bunday sifatlar: 1) ikki tub so‘zdan tashkil topib, otQot (kulcha yuz bola), otQsifat, sifatQot (sovuqqon), ravishQot ko‘rinishlarida bo‘ladi: ommabop, xom semiz (yigit), kamgap; 2) biri tub, ikkinchisi yasama so‘zdan iborat bo‘ladi: sovuqqon, ishyoqmas, erksevar, tilbilmas.
3.Birikmali sifatlar: uzun tolali (paxta), yoshi ulug‘ (inson), gapga usta (odam), oqishdan kelgan (yigit).
4. Juft sifatlar - o‘ydim-chuqur, och-nochor, nozik-nihol, ola-quroq.
5. Takroriy sifatlar - baland-baland, uzun-uzun, yo‘l-yo‘l (ko‘ylak).
Sifat tahlili namunasi |
1. So‘rog‘i.
2. Darajasi.
3. Ozaytirma sifatmi yoki kuchaytirma sifatmi? |
4. Otlashgan yoki otlashmaganligi.
5. Tuzilish turi.
6. Tub yoki yasamaligi.
7. Gapdagi sintaktik vazifasi
|
Takrorlash uchun savollar
1. Sifatning ta’rifi va so‘roqlarini ayting. 2. Sifatning ma’no jihatdan turlarini misollar bilan ko‘rsating. 3. Asliy va nisbiy sifatlar haqida gapiring. 4. Sifat darajalari deb... (davom ettiring). 5. Orttirma daraja hosil qilishning leksik va morfologik usullari haqida gapiring. 6. Orttirma daraja hosil qilishning semantik va fonetik usullari haqida gapiring. 7. Qiyosiy daraja qanday ifodalanadi? 8. Ozaytirma daraja qanday yasaladi? 9. Otdan yasalgan sifatlarga 5 ta misol keltiring. 10. Fe’ldan yasalgan sifatlarga 5 ta misol keltiring. 11. Boshqa so‘z turkumlaridan yasalgan sifatlarga 3 ta misol keltiring. 12. Qo‘shma sifatlar qanday yasaladi va yoziladi? 13. Juft sifatlar qanday yasaladi va yoziladi? 14. So‘zlarni takrorlab yasalgan sifatlarga misollar keltiring. 15. Otlashgan sifatlar qanday qo‘shimchalarni olishi mumkin? 16. Qaysi turkumdagi so‘zlar sifat o‘rnida qo‘llanadi? Misollar keltiring. 17. Qo‘shma sifatlar qanday so‘zlardan iborat bo‘ladi? 18. Birikmali sifatlar haqida gapiring va misollar keltiring. 19. Juft sifatlarning turlariga misollar keltiring. 20. Boshqa so‘zlarning sifat o‘rnida qo‘llanishiga misollar keltiring.
Dostları ilə paylaş: |