Belgining kamligi formasi. Predmet belgisining kuchsizligini, kamligini ko‘rsatuvchi sifatlar rang -tus bildiruvchi sifatlarga : -sh, -imtir, -mtir affikslarini qo‘shish bilan yasaladi: oq-oqish, qora-qoramtir, kabi.
Belgining ortiqligi formasi. Sifat so‘z oldidan juda, g‘oyat, cheksiz, bexat, nixoyatda, xaddan tashqari kabi maxsus kuchaytiruv so‘zlarini keltirish bilan belgining ortiqligi formasi hosil qilinadi: Ona oq kuylakda, oq doka ro‘molda cheksiz, aziz, shavkatli, bexat go‘zal tuyuldi O‘ktamga.
Sifatlarda sub'ektiv baho formasi. Sifatlarda ham ot so‘zlardagi singari maxsus morfologik formalar bo‘lib, bu formani olgan sifat so‘zlovchining shu belgi orqali predmetga ijobiy munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladi. M: To‘tiqiz ko‘zi bilan shiringina kuldi. (M. I.)
-gina (-kina, -kina) qo‘shimchalar ravishlarga qo‘shilganda ham xuddi shunday ma'no anglashiladi: Xuddi kechagina bo‘lganiday, vaxolanki oradan 35 yil utib ketibdi. (S. B.)
Nazorat savollari:
1- topshiriq. Berilgan sifat so‘zlardan belgining ortiqligini, kamligini va o‘sha ortiqligini namunaga qarab hosil qiling va ularning ma'nosidagi farqni so‘zlab bering.
Tayyor, uzun, cho‘ziq, yaqin, qiziq, silliq-, toza, yangi, eski, teskari, dumaloq, ko‘k, qora, jigar, pakana.
Qizil - qip-qizil - qizg‘ish; qora - qoramtir - qop-qora; pakana - pakangina - pak-pakana.
2- topshiriq. Berilgan qatorlardagi sifatlarga oddiy, qiyosiy, orttirma darajadagi sifatlar bilan belgining kamligi va ortiqligi, o‘ta ortiqligini ifodalovchi shakllar o‘rtasida qanday semantik - grammatik farq borligini aytib tushuntiring.
qora-qoraroq,- eng qora- qoramtir- qop-qora:
sariq- sariqroq- eng sariq- sarg‘ish- sap-sariq:
katta- kattaroq- eng katta -kattagina - kap-katta.
3- topshiriq. Berilgan juftliklarda -gina, -ning, -kina; -mitr, -imtir; -sh, -ish, qo‘shimchalari sifatlarning ma'no jihatidan qanday farq qilishini ayting.
Yap-yangi kitob - yangigina kitob.
Tuppa-tuzuk bola - tuzukkina bola.
Pak-pakana odam - pakanagina odam.
Sap-sariq xotin – sariqqina xotin.
Kip-kizil baxmal - kizgish baxmal.
Oq surp – oqish surp.
Qora tun - qoramtir tun.
Ko‘k tovoq - ko‘kimtir tovoq.
Adabiyotlar:
O‘zbek tili grammatikasi. 1 tom, Toshkent, 1975, 271-306.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1 qism. Toshkent, 1980, 251-256.
U. Tursunov va boshq. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 1992. 280-287.
Sodikova M. Hozirgi o‘zbek tilida sifat. Toshkent, 1974.
Dostları ilə paylaş: |