1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə32/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92
она тилидан қулланма

Nazorat savollari:
1. Sifat so‘zlarning predmet belgisini darajalab ko‘rsatishiga ko‘ra turlarni aytib bering.
2. Sifatning oddiy, qiyosiy, orttirma darajalari va ularning yasalish tiplarini tushuntirib bering.
3. Sifat so‘zlar darajalanishining sintaktik usullari haqida tushuncha bering.
1- topshiriq. Sifatlarni topib darajalarini aniqlang.
Do‘stlik o‘rtoqchilikning eng oliy darajasidir.
Do‘stlik sevgidan ko‘ra bardoshliroq bo‘lmog‘i lozim.
Samimiy do‘stlari bo‘lmagan odam haqiqatdan ham yolg‘izdir.
Jimjimador gapirishdan saqlan. Til oddiy va go‘zal bo‘lsin.
Do‘l ofati kuchli, lekin xalq undan ham kuchliroq.
Uning bexat chiroyli ko‘zlari iffat va xayo bilan ma'sum boqardi.
Menimcha, Hamrooyning o‘g‘lidan yaxshiroq, ham boyroq kuyov topolmaysan?
2- topshiriq. Berilgan so‘z birikmalarida sifatlarning ma'nolari orasidagi farqlarni, bu farqlarni yasovchi vositalarni aniqlang va tushuntiring.
Shirin qovun – shirinroq qovun - eng shirin qovun;
Katta bino - kattaroq bino - eng katta bino;
Qizil mato – qizilroq mato - eng qizil mato;
Bema'ni savol – bema'niroq savol - o‘ta bema'ni savol;
Belgining ortiq - kamligini ifodalovchi formalar.
Sifatlarda darajalardan tashqari, belgining ortiq-kamligini ifodalovchi formalar bo‘lib, ular bir predmetdagi belgini ikkinchi predmetdagi belgiga chog‘ishtirib emas, balki belgining ortiq-kamligi bir predmetning o‘zida ifodalanadi. Bular: sifatlarda intensiv forma, belgining ortiqligi formasi, belgining kamligi formasi deb yuritiladi.
Sifatlarning intensiv formasi predmetning belgisini uta ortiqligini ko‘rsatib, ular sintetik-fonetik hamda analitik yo‘llar bilan hosil qilinadi. Sintetik-fonetik yo‘l bilan intensiv forma hosil kilinganda, sifat so‘zning dastlabki yopiq bo‘g‘ini shu so‘z oldidan qo‘shib takrorlanishi shaklida (pak-pakana, but-butun kabi), sifat so‘zning unli bilan tugagan bosh qismi olinib bu bosh qismga p yoki m hamda s kabi tovushlardan birini qo‘shib va hosil bo‘lgan ochiq bo‘g‘inni shu sifat so‘z oldidan qaytariqlash tarzida (qip-qizil, bo‘m-bo‘sh, top-toza, kabi ), sifat so‘zlarning ochiq unli bilan tugagan qismi olinadi va unda p a tovushlari qo‘shiladi va hosil qo‘shilgan qism shu sifat so‘z oldidan qo‘shib takrorlanishi (m: soppa-sog‘, tuppa-tuzuk) ko‘rinishlarida hosil qilinadi.
Analitik yo‘l bilan sifatning intensiv formasi hosil qilinadi. Bunda oddiy darajadagi sifat so‘z oldidan maxsus so‘zlar: liq, tim, jiqqa, g‘irt kabilar keltiriladi: liq to‘la, jiqqa xo‘l kabi.



Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin