1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə25/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92
она тилидан қулланма

Tushum kelishigi. Tushum kelishigidagi ot gapdagi ish-harakatning o‘ziga qabul qilgan predmetni anglatadi. Bu so‘z gapda hamma vaqt fe'l bilan birikadi. Tushum kelishigi formasi –ni affiks orqali yasaladi: daftarni, Nargizani. Tushum kelishigidagi ot vositasiz bo‘lib keladi: Brigada qizlari Karimni kayta kuzatib qo‘ydilar.
Tushum kelishigi formasi belgili va belgisiz qo‘llanishi mumkin. Kelishik affiksi –ni saqlansa, belgili, -ni affiksi tushirilib qoldirilsa belgisiz hisoblanadi. quyidagi xollarda belgili qo‘llaniladi.Tushum kelishigidagi so‘z atoqli otlardan bo‘lganda: Oqsoqolning qo‘lidan Muzaffarni olarkan, yarq etib menga qaradi. (U.Xoshimov.).
Ko‘rsatish olmoshi, sifat va sifatdosh bilan ifodalangan aniqlovchiga ega bo‘lganda: Egilgan boshni qilich kesmas. (maqol.).Tushum kelishigidagi so‘z otlashgan so‘z bo‘lganda: Yaxshini maqtagan yaxshidir, yomonni maqtagan adashur. (Maqol.).Tushum kelishigidagi so‘z harakat nomi bo‘lganda: Yaxshisi, bu uchrashuvni tezlashtirish kerak.Kesim o‘z leksik-simantik xususiyatiga ko‘ra tushum kelishigining belgili formasini talab qilganda: Sel na odamni ayadi, na dov-daraxtni! (U.Umarbekov.).
Tushum kelishigidagi so‘z asosan bir turdagi predmetni ifoda qilib, uni ta'kidlash lozim topilmaganda belgisiz qo‘llanadi: Albatta, millionlab odamning hammasiga qasr qurib bo‘lmaydi. (U.Xoshimov.).
Ko‘rinadiki, tushum kelishigidagi so‘zning belgili yoki belgisiz kelishida tushum kelishigi formasiga kirayotgan so‘zning atoqli yoki turdosh bo‘lishi, egalik affiksini olish-olmasligi, sifatlovchi yoki sifatlovchisiz qo‘llanilishi boshqaruvchi bo‘lak bilan distant yoki kontakt holatda bo‘lishi, boshqaruvchini talab qilishi yoki kelmasligi kabi hodisalar asosiy faktorlar hisoblanadi.
Chiqish kelishigi. Chiqish kelishigi ish-harakatning chiqish nuqtasini, shuningdek, ob'ekt, manba, payt, sabab, qiyoslash ma'nolarini ifoda qiladi. Bu kelishik -dan affiksi orqali shakllanadi: Endi uxlagan ekanman, birov divandan uloqtirib yuborganday bo‘ldi. (U.Xoshimov.).
Chiqish kelishigi affiksi shevalarda, yozma yodgorliklar, klassik adabiyotda, folklor asarlarda –din, -tin, -tan, -tan shaklida uchraydi:
Chiqish kelishigida so‘z mustaqil so‘zga tobe holatda bo‘ladi: Maqsadi aniq kishi yo‘ldan adashmaydi. (L.Bat.).
Chiqish kelishigi formasidagi ot gapda quyidagi vazifalarni bajaradi:
Chiqish kelishigi formasida kelib, kimdan? nimadan? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Bunda butunning qismi ifoda qilinadi: Xofizlar Navoiy gazallaridan o‘qishdi. (S.Axmad.).
Chiqish kelishigi qaratqich kelishigi vazifasida kelib, kimdan? nimadan? so‘roqlariga javob bo‘lib to‘dadan birini ifoda qiladi: Kechqurun Sidiqjonni ko‘rgani bolaligidagi o‘rtoqlaridan biri keldi. (A.Q.).
2). Qaerdan? so‘rog‘iga javob bo‘lib ish-harakatning manbai, gapda o‘rin holi bo‘lib keladi: Ko‘p o‘tmay ichkari xonadan professor chiqdi. (O‘.Umarbekov.).
3). Kimdan?, nimadan? so‘roqlariga javob bo‘lib, ish-harakatning bajarilish sababini anglatadi va gapda sabab holi bo‘lib keladi: Biz bir ota-bir onadan ikki o‘g‘il edik.
4). Nimadan? yoki nima sababdan? so‘roqlariga javob bo‘lib, ish-haraktning bajarilish sababini anglatadi va gapda sabab holi bo‘lib keladi: Yodgor cholning soddaligidan xuzur qilib kuldi. (O‘.Xoshimov.).
Chiqish kelishigidagi so‘zlar kesim bo‘lib kelganda, -mi yuklamali tuslovchi affikslar olib kelishi ham mumkin: Bolam qurilishdanmisizlar, deyman?



Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin