1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə9/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92
она тилидан қулланма

Nazorat savol (topshiriq)lari:
1. So‘z yasalishi - tilshunoslikning fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis, uslubiyat va h. kabi mustaqil tarmog‘i ekanligini asoslang.
2.So‘z yasalishi - tilning yangi so‘zlarga(atama) bo‘lgan ehtiyojini qondiruvchi sath ekanligini tushuntiring.
3. So‘z yasash leksik ma’noning o‘zgarishini izohldang.


Hozirgi va tarixiy so‘z yasalishi.

2-savol bayoni:
So‘z yasalishi sinxronik aspektga asoslanadi. Sinxroniyada til taraqqiyotining ma’lum bir davri nazarda tutiladi. Til hodisalarini tekshirishda sinxroniya (bir vaqtlilik) va diaxroniya (har vaqtlilik) o‘zaro munosabatda, aloqada bo‘ladi. Ular biri ikkinchisini tamoman rad etmaydi: sinxroniya til taraqqiyotidagi bir zveno, xolos. Sinxron aspektdagi tahlilda ham diaxroniyaning elementlari bo‘ladi, chunki sof sinxroniya bilangina chegaralanilsa, davrlarga ko‘ra bo‘lgan o‘zgarish - taraqqiyot hisobga olinmay qolishi mumkin. Vaholanki, til taraqqiyotidagi ma’lum bir davr(zveno) bundan oldingi taraqqiyotning qonuniy natijasidir: o‘tgan hodisalarning izlari hozirgidan ham seziladi, hozirgi hodisa o‘z tarixi bilangina to‘liq anglashiladi. Sinxroniya va diaxroniya til mavjudligi va taraqqiyotining ikki shaklidir: “Hodisalardagi statika ulardagi dinamikaning xususiy ko‘rinishidir”(Boduen de Kurtene).
Lekin tildagi ma’lum davrning qonun-qoidalarini, ma’lum izchillikka ega bo‘lgan qonuniyatlarni aniqlashda: adabiy til normalarini belgilashda, ta’limda, so‘z yasalishida, biror hodisaning unumli - unumsizligini aniqlashda sinxroniyaga amal qilinadi. Bunday sharoitda diaxroniyaning amal qilishi normalar belgilash imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. Masalan, o‘tloq, toshloq, qumloq, qishloq, ovloq so‘zlari struktura jihatidan o‘xshash, ular o‘rin ma’noli ot yasovchi –loq qo‘shimchasi bilan yasalgan. Lekin hozirgi tilimizda ulardan dastlabki uch so‘z yasalma, qolgan ikkitasi esa (qishloq va ovloq) hozirgi tilda yasama so‘z bo‘la olmaydi, chunki bularda qismlarning semantik munosabati sezilmaydigan holatga kelgan.
Hozirgi tilimizda qishloq so‘zi fe’l bildiruvchi qish so‘zi bilan bog‘lanmaydi. Hozirda qishloqda faqat qishda yashaydi degan tushuncha yo‘q. Xuddi shunga o‘xshash fikrni ovloq so‘zi haqida ham gapirish mumkin. Hozirgi tilimizda "ovloq" so‘zi "ov qiladigan joy, ov joyi" ma’nosida emas, balki "ovloq joy" (xilvat joy) ma’nosida tushuniladi.
Tilimizdagi sholcha (shol va sholcha so‘zlari orasidagi semantik bog‘lanish sezilmaydi), yuksak, yuksal, iyak, inda, unda, undov, undalma, buyrak kabi so‘zlar ham kelib chiqishiga ko‘ra yasama bo‘lsa-da, sinxron aspektda ularni yasamaga kiritib bo‘lmaydi. Ularning yasamaligini diaxron aspektdagina tahlil qilish va asoslash mumkin bo‘ladi.
Har bir yasalmaning asosida boshqa so‘z yotadi va bu yasalish ma’lum modelga ko‘ra, biror yo‘l, usul bilan yuzaga keladi. Demak, har bir yasalishda ikki elementning munosabati bor: yasashga asos bo‘lgan so‘z va yasalib chiqqan so‘z. Yasalmadagi bu ikki element tashqi va ichki tomonlardan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bu munosabatning xususiyatlari:
So‘z yasalishining, yasama so‘zning binarlik holati, binar oppozitsiya tusida bo‘lishi, unda ikki elementning aloqador ekanligini ko‘rsatadi: yasama so‘z (mahsul) va uning yasovchisi. Masalan, sutchi (sutchi so‘zi sut so‘zidan yasalgan,-chi morfemasi yasovchi affiksi bo‘lib, yasashning vositasi bo‘lib kelgan). Binar konstruktsiyadagi bu qismlar bir xil o‘zakli - bir xil o‘zakdan bo‘ladi. Demak, o‘zak o‘sha elementlarning umumiy qismi sanaladi: qiyoslanayotgan elementlarning umumiy o‘xshash qismi. Yasalmadagi ikki element semantik jihatdan ham, formal jihatdan ham aloqador: shu tomonlar yasalganlikning ko‘rsatkichidir: a) so‘zning formal strukturasi murakkablashadi ( kengayadi: yasovchi element yasalmaga nisbatan sodda bo‘ladi: ish – ishchi): bu yasalganlikning tashqi tomoni; b) ma’nosi ham murakkablashadi. Masalan: o‘roq yasalmasi o‘r so‘ziga nisbatan ikki tomonlama murakkabdir. Lekin konversiyada shakliy murakkablashish tashqi – material ko‘rsatkich orqali kengayish – uzayish tusida emas, balki kategorial o‘zgarish tusida bo‘ladi.
Ko‘rinadiki, yasalgan so‘z bilan yasovchi so‘z o‘zaro yasalmalik munosabati bilan bog‘langan bo‘ladi: bularning aloqasi so‘z yasash munosabati sanaladi. Bu elementlar orasidagi semantik aloqa sezilmas holga kelsa, orada so‘z yasash munosabati bo‘lmaydi, yasama so‘z tub so‘zga aylanadi. So‘z yasalish strukturasi deganda, shu ikki element orasidagi formal va semantik munosabatlarning birgaligini, yig‘indisini tushunamiz. Yasama so‘zning ma’nosi yasovchi so‘zning ma’nosiga asoslanadi: yasalma o‘zakning ma’nosini rivojlantiradi: o‘roq yasalmasining ma’nosi o‘rish harakati bilan asoslanadi. Shunga ko‘ra: birinchi element asoslovchi, ikkinchi element asoslanuvchi, ikkala element orasidagi munosabat motivatsiya munosabati sanaladi. Demak, "motivlangan" so‘zi "yasalgan" degan ma’noni ifodalaydi. Shuning uchun ham yasama so‘zning ma’nosi, kelib chiqishi aniq sezilib turadi. (Motivlovchi orqali: ko‘chgan ma’nodagi so‘zning asl ma’nodagi so‘z orqali sezilib turganligi. Masalan, "mard" ma’nosidagi xo‘roz so‘zi "petux" ma’nosidagi xo‘roz so‘zidan - (shuning yasalmasi), lekin tub so‘zning ma’nosi bunday emas: yasama so‘zlardagi motiv sostavidagi qismlarni va qarindosh so‘zlarni chog‘ishtirib aniqlash bunda yo‘q. Shuning uchun tub so‘zlarning juda kami genetik jihatdan (tarixiy etimologik tekshirishlar orqali)aniqlangan bo‘ladi: yasalmaligi belgilanadi.
Har bir til, jumladan o‘zbek tilining so‘z fondi boyib boradi. Unda boshqa tillardan so‘z olish va tilning o‘z ichki imkoniyatlari - so‘z yasalish mexanizmi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi.
So‘z yasash esa turli vositalar, har xil qoliplar orqali yangi so‘z yaratishdir, bu esa tilning leksikasi bilan, morfologik, fonetik, sintaktik strukturasi va semasiologik aspekti bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu sababli ham o‘zbek tilida so‘z hosil qilishning - leksema yaratishning: semantik, fonetik, leksik-sintaktik (transpozitsion), morfologik(affiksatsiya), sintaktik (kompozitsiya) kabi usullari mavjud. Bu aytilganlardan yangi leksema tildagi mavjud materiallardan hosil qilinadi degan ma’noni bildirish bilan tengdir. Masalan, eritma so‘zi erit – (eri-t) va – ma elementlaridan so‘z yasashning ma’lum usuli asosida kelib chiqqan. Demak, bu so‘zning yangi so‘zligi ma’lum ma’noda nisbiydir. Ya’ni uning materiali eski, ma’nosi yangi.
Semantik usul bilan so‘z yasashda tilning lug‘at fondida mavjud bo‘lgan so‘z (so‘z formasi)ning ma’nosi o‘zgarishi natijasida yangi so‘z(ma’no) hosil bo‘ladi. Bu usul ba’zi adabiyotlarda leksik-semantik usul deb ham yuritiladi. Masalan, tosh (biror narsaning sirti) – ot va ichdan tashqariga toshib chiqish - fe’l va tosh - o‘lchov birligi - ot, tosh - fizik jism - ot. Yoki ish - ot, mehnat turining nomi; ish - jazo - ot.
Fonetik usul bilan so‘z yasalganda so‘z tarkibidagi ba’zi tovushlarning o‘zgarishi va urg‘uning o‘rni ko‘chishi natijasida tug‘iladigan yangi ma’nolar (yasalmalar) nazarda tutiladi: ko‘r-ko‘z, bo‘r-bo‘z, buva-buvi, olma-olma, yangi-yangi va b.
Grammatik usul bilan so‘z yasash o‘zbek tilida uch xil ko‘rinishga ega:
a) kompozitsiya usuli, b) affiksatsiya usuli, v) transpozitsiya usuli.
Transpozitsion usul bilan so‘z yasalganda asosan konversiya nazarda tutiladi. Ya’ni bir turkumdagi so‘z nutqda ikkinchi turkum so‘zi ishlatiladigan sintaktik qurshov va vazifada ishlatiladi. Ya’ni turkumlararo ko‘chish yuz beradi. Bu yo‘l bilan substantivatsiya (qo‘rqoq, o‘g‘ri, to‘g‘ri kabi), ad’ektivatsiya (po‘lat tesha, tilla soat, pronominalizatsiya (olmoshlashish), kon’yunktsionalizatsiya (yordamchi so‘zlarga aylanish), adverbializatsiya (ravishlashish), verbalizatsiya (fe’l o‘rnida kelish) kabi jarayonlar natijasida yangi ma’no tug‘iladi.
Affiksatsiya usulida so‘z yasash asosiga so‘z yasovchi vosita - affikslar qo‘shilishi orqali yangi so‘z hosil qilinadi. Masalan, suvchi, paxtakor, ketmonchi, o‘yla, aqlli kabilar.
Kompozitsiya usulida birdan ortiq o‘zak (mustaqil ma’noli morfema) qo‘shilishidan yangi so‘z hosil bo‘ladi. Bu usul bilan qo‘shma so‘zlar hosil qilinadi: ko‘rsichqon, oybolta, tuyaqush, sotib olmoq, kelib ketmoq, kirib chiqmoq va b. So‘z hosil qilishda bu usullarning amalda qo‘llanishi turlicha bo‘lib kelgan.

Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin