1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə5/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
она тилидан қулланма

Nazorat savol (topshiriq)lari:
1-topshiriq. Keltirilgan misollardan so‘z yasovchi affiksal morfemalar polisemiyasini (ma’no guruhlarini) tavsiflang. Suvchi, traktorchi, ashulachi, o‘yinchi, yolg‘onchi, g‘iybatchi, kamonchi, futbolchi, hasharchi, jangchi, vagonchi, dalachi, sayohatchi va boshqalar.
2-topshiriq. O‘zingiz -chilik, -ma affiksal morfemalarining polisemantik holatiga misollar keltiring.
So‘zning forma yasalish (morfologik)strukturasi.

3-savol bayoni:
So‘zning grammatik strukturasi bayoniga o‘tishdan oldin umumiy tasavvur hosil qilish uchun so‘zning umumiy stukturasi (fonetik, semantik, grammatik strukturalar) aks etgan jadval bilan qisqacha tanishish maqsadga muvofiqdir
So‘zning morfologik strukturasi so‘z formasining yasalishida qatnashadigan komponentlardan iborat. Masalan, ishlarimizni so‘zining morfologik strukturasi ish-lar-imiz-ni dan iborat. Bunda ish – forma yasalish asosi, -lar - ko‘plik formasini yasovchi, - imiz – egalik formasini yasovchi, -nikelishik formasini yasovchi; keldik fe’lida kel – forma yasalish asosi, - di – zamon formasini yasovchi, -k – shaxs-son formasini yasovchi. Ishchilarimizni va ishladik so‘zlarida esa ishchi va ishla forma yasalish asosi, undan so‘nggi qismlari esa forma yasovchi affikslar hisoblanadi. Demak, so‘zning morfologik (forma yasalish) strukturasi forma yasalishida asos bo‘ladigan qism bilan forma yasovchi qism (affiks yoki yordamchi so‘z)dan iborat bo‘ladi.
Forma yasalishiga asos bo‘ladigan qism qo‘shma so‘z yoki sodda yasama so‘z bo‘lishi mumkin. Lekin so‘z yasovchi qismlar (so‘z yasashda ishtirok etadigan qismlar) so‘zning morfologik strukturasiga kirmaydi. Shunga ko‘ra terimchilarni so‘zi morfologik strukturasi nuqtai nazardan, terimchi-lar-ni kabi qismlarga ajraladi.
So‘z formasining asosi so‘z birikmasiga teng bo‘lishi ham mumkin: O‘zbekiston Respublikasi-da kabi.
So‘zning morfologik strukturasi murakkab ko‘rinishli bo‘lishi mumkin, ya’ni bir so‘z tarkibida birdan ortiq forma yasovchi qismlar (affiks yoki yordamchi so‘zlar) ishtirok etishi mumkin. Lekin so‘zning har bir (konkret bir) formasi ikki qismdan iborat bo‘ladi:
1) shu formaning yasalishiga asos bo‘layotgan qism, 2) shu formani yasovchi qism (affiks yoki yordamchi so‘z). Masalan, terimchilarni so‘zida tushum kelishigi formasining yasalishi uchun asos bo‘layotgan qism «terimchilar», - ni tushum kelishigi formasini yasovchi vosita (affiks). Demak, terimchilarimizni otining tushum kelishigi formasi ana shu ikki qismdan iborat: 1) kelishik formasining yasalish asosi - terimchilarimiz, 2) kelishik formasini yasovchi affiks -ni. Bu so‘zda ko‘plik formasi uchun asos bo‘layotgan qism «terimchi», -lar esa ko‘plik formasini yasovchi vosita (affiks). Demak, bu otning son formasining yasalishida ham ikki komponent ishtirok etmoqda: 1) son formasining yasalishida ishtirok etadigan asos («terimchi»), 2) son formasini yasovchi vosita (-lar affiksi). Shuningdek, ishlatdik so‘zida shaxs-son formasining yasalish asosi ishlatdi, shaxs-son formasini yasovchi vosita esa -k affiksi; zamon formasining yasalish asosi ishlat, -di zamon formasini yasovchi vosita (affiks); daraja formasining yasalish asosi ishla, -t daraja formasini yasovchi vosita (affiks).

Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin