1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə4/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
она тилидан қулланма

Affiksal sinonimiya. Affikslarning shaklan har xil, umumiy ma’nosi bir xil bo‘lish hodisasi affiksal sinonimiyadir. Affiksal sinonimiya asosan, bir so‘z turkumi doirasida yuz beradi. Ayni choqda, u vazifasi bir xil affikslar doirasida, ya’ni so‘z yasovchilararo, forma yasovchilararo yuz beradi: o‘rin-siz va no-o‘rin, g‘ayrat-li va ser-g‘ayrat (so‘z yasovchilararo); o‘zgar-t va o‘zgar-tir kabi (forma yasovchilararo).
Sinonimik affikslarning turli asoslarga qo‘shilib, yangi so‘zlar yasash darajasi ma’no ottenkalariga ko‘ra ham, qo‘llanish doirasining keng – torligiga ko‘ra ham farqlanadi. Masalan, mahsuldor sanalgan shaxs oti yasovchi -chi affiksi bilan shunday ma’noli shaxs oti yasovchi -shunos qo‘shimchasini qiyoslaganimizda bu yaqqol ko‘zga tashlanadi: adabiyotchi – adabiyotshunos, tilchi – tilshunos tarzida qo‘llansa-da, lekin xizmatchi, bo‘yoqchi so‘zlarini "xizmatshunos", "bo‘yoqshunos" deb, sharqshunos, tuproqshunos so‘zlarini "sharqchi", "tuproqchi" deb ham qo‘llab bo‘lmaydi.


Affiksal antonimiya. Qarama-qarshi ma’no anglatuvchi affikslar affiksal antonimiyani keltirib chiqaradi. Tilimizda affiksal antonimiya, asosan, so‘z yasovchi affikslar doirasida uchraydi: -li - siz: aqlli-aqlsiz; -li - be-: sabrli - besabr; be- ba-: bedavlat - badavlat. Keltirilgan affiksal juftliklar har doim ham, barcha holatlarda antonim bo‘lib kelavermaydi. M: boshli - bebosh deb ishlatmaymiz.
Forma yasovchi affiksal morfemalar so‘zlarning umumkategorial va kategorial belgi-xususiyatlariga munosabatlariga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1) kategorial forma yasovchi affiksal morfemalar;
2) nokategorial forma yasovchi affiksal morfemalar.
Kategorial forma yasovchi affiksal morfemalar ma’lum so‘z turkumining biror grammatik kategoriyasiga xos formadir. M: ot turkumining egalik, ko‘plik, kelishik kategoriyalari formasini yasovchi affikslar.
Biror grammatik kategoriyaga qarashli bo‘lmagan ma’noni ifodalovchi, ma’lum sintaktik vazifa bajarishga xoslangan so‘z formasini hosil qiluvchi affiksal morfemalar nokategorial (funktsional) forma yasovchi affiksal morfemalar deb yuritiladi. Bunday affiksal morfemalarga ot turkumining funktsional (kichraytish, erkalash, o‘xshatish, xoslik, hurmat, qarashlilik, o‘rin belgisi, chegara) formalari; fe’lning harakat takroriyligi (turtkila, tepkila), kuchsizligi (kulimsira) formalari, shuningdek, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi kabi funktsional formalari ko‘rsatkichlari nokategorial forma yasovchi affiksal morfemalardir (m: -gan, -ar, -agan; -v,-uv, -moq, -sh, -ish; -b, -ib, -a, -y kabilar).


Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin