2-savol bayoni: Yuklamalarning ma'no turlari.
Ma'no xususiyatiga ko‘ra yuklamalar quydagi turlarga bo‘linadi:
1.So‘roq va taajjub yuklamalari –mi,-chi,-a,-ya.
2.Kuchaytiruv va ta'kid yuklamalari:-ku,-u(-yu),-da,-oq,-yoq, -ki, axir, xatto, xattoki, naxotki.
3.Ayiruv va chegaralov yuklamalari: -gina(-kina), faqat, faqatgina, elgiz.
4.Aniqlov yuklamalari: xuddi, nak.
5.Gumon yuklamasi:-dir.
So‘roq va taajjub yuklamalaridan –mi so‘roq va taajjub,xayrat ma'nolarini bildiradi: Men dalada ishlashim kerakmishmi?(O)
-chi yuklamasi, so‘roq, buyruq, iltimos, xohish kabi ma'nolarini bildiradi: Qani yoz-chi(buyruq), yonimga kelib ko‘r-chi(do‘q), ol-chi bolam(iltimos), tezroq yozsang-chi(qistash), -a,-ya yuklamasi so‘roq, his-hayajon, taajjub, ajablanish ma'nolarini bildiradi: qanday baxtli kun-a (his-hayajon), bolaga o‘xshaydi-ya (taajjub, ajablanish), kelasan-a(so‘roq).
Kuchaytiruv ta'kid yuklamalari so‘z ma'nosini kuchaytirish,ta'kidlash ma'nolarini ifodalaydi. Bular: -ku, -u, -yu, -oq,--yoq, -ki:-Ancha erni sug‘oribdi-ku (O)
Ham yuklamasi ta'kid ma'nosini(Vaxobjon ham men bilan yuradi),-u,-yu
Yuklamasi davomiylik ma'nosini(O‘yladi-yu qoldi),-oq,-yoq yuklamasi kuchaytirish ma'nosini,(Tansiq kontsert tugamasdanoq uyga keldi)(O), axir, xatto, xattoki yuklamalari ham kuchaytiruv, ta'kid va taajjub ma'nolarini ham bildiradi: Nahotki, erimiz aylansa chappa.(G‘.G‘)
Ayiruv va chegaralov yuklamalari –gina(-kina,-kina),faqat turli so‘z turkumlari bilan kelib,ularni chegaralab ko‘rsatish va ma'no jihatdan ajratish uchun ishlatiladi. Aniqlov yuklamasi xuddi, naq so‘zlari o‘zi mansub bo‘lgan so‘zning ma'nosini aniqlab ko‘rsatish uchun qo‘llanadi: O‘g‘il otasining xuddi o‘zi.
Gumon yuklamasi-dir o‘zi bog‘lanib kelgan so‘zga gumon ma'nosini qo‘shadi: Omon kimdir, bormi Vatanda(X.O)
Inkor yuklamasi –na…na inkor ma'nosini uqtiradi. Yuklamalar turkumga ko‘ra yuklama tuzilishiga ko‘ra tahlil qilinadi.
Nazorat savollari
1.Yuklamalarning so‘zga yoki gapga modal ma'nolar qo‘shuvchi,so‘z va gaplar,bir-biriga bog‘lovchi yordamchi so‘zlar ekanligini ajrating.
2.Yuklamalarni ma'no guruhlariga ajratib bering.
3.Yuklamalarning affiks va so‘z shakldagi turlari mavjudligini va yozilishini ajratib, tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: |