2-savol bayoni: Taqlid so‘zlarning to‘zilishiga ko‘ra turlari: sodda, juft(qo‘shma),takroriy taqlid so‘zlar. Taqlid so‘zlar tuzilishiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi:sodda taqlid so‘zlar.
Bu so‘zlar asosan olmok,demok yordamchi fe'llari bilan birikib keladi.Ba'zan esa,kilmok yordamchi fe'li bilan birikadi.(O‘zbek tilida taqlid so‘zlarning mustaqil fe'llar bilan birikish hodisasi kam uchraydi.)
Taqlid so‘zlar yordamchi fe'llar bilan birikkanda qo‘shma fe'llarni tashkil qiladi va keskinlik, bir laxzalikni ifodalaydi. So‘z ohiridagi geminatsiya hodisasi yoki intonatsiya harakteri bilan sodda taqlid so‘zlarning ma'nosida ham davomlilikni ko‘rsatish xususiyati paydo bo‘lishi mumkin: M: tarrrr, girrrr,immmm, shig‘g‘g‘g‘ kabi.
Taqlid so‘zlar ma'nosidagi davomlilik, asosan ularning takrorlanishi natijasida yuz beradi. Masalan, tak bir marta eshitishni ifodalasa, taq-taq uning birdan ortiq bo‘lganini bildiradi.
Sodda taqlid so‘zlar ham bir necha xil formada qo‘llanadi:
a) tub xolda qo‘llanuvchi taqlid so‘zlar.
Bunday taqlid so‘zlarga asosan bir bo‘g‘inli obrazga va tovushga taqlid so‘zlar kiradi:
Voy dadasi, bizni etim qilib ketgan dadasi!… deb dod solar, faryod chekar, kishlok juvonlari, kampirlar unga qo‘shilib uv tortishar edi. (X.G).Fermaga yakinlashganda, ba-bu degan tovush eshitildi. (og‘zaki nutq).
b) qo‘shimcha struktura elementiga ega bo‘lgan sodda taqlid so‘zlar. Bunday taqlid so‘zlar yuqoridagi gruppadan ikki tomonlama farq qiladi. Birinchidan, ma'noda farq kilsa (bunda keskinlik ularga nisbatan kuchlirok), ikkinchidan, bu xil taqlid so‘zlar struktura jihatidan (undoshQ unliQundoshQundosh) farq qiladi: Unga Nigora kelmagan bo‘lsa-chi, degan shubxa ham yopishgan ediki kasalxona eshigi g‘iyt etib ochildi. (S.Anorboev).
Bir bo‘g‘inli taqlid so‘zlarga-ir, -a(ng) kabi kuchma ma'noli ottenkalar beruvchi elementlarining qo‘shilishi bilan ikki bo‘g‘inli taqlid so‘zlar hosil bo‘ladi.
Takroriy taqlid so‘zlar
Taqlid so‘zlar takrorlanganda harakat obrazini, tovushning bir necha marta bir xilda, bir tyokisda takrorlanganini, davomlilikni ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari takroriy taqlid so‘zlar miqdorni kuchaytirishni ham ko‘rsatishi mumkin.
Takroriy taqlid so‘zlar asosan identiv (uxshash, bir xil) harakterda bo‘ladi. Bir xil takror formal tomondan ikki ko‘rinishga ega:
a) oddiy takror. Bunda ma'lum hodisaning bir tyokisda takrorlanganligi ifodalanadi: miev-miev, chulp-chulp, kirt-kirt, guv-guv kabi.
b) kuchaytiruv elementli takror. Bir xil tovush yoki harakat obrazini kuchaytirib ko‘rsatish, undagi tezlikni ta'kidlash uchun takrorning komponentlaridan birida unli tovush orttiriladi: taka-tak, tasir-tusir, gurso-gurs, shaka-shak kabi.
Bir xil takrorlangan taqlid so‘zlarning ikkinchi bir xillari borki, ularning komponentlarini alohida qo‘llash mumkin: miev-miev, duv-duv, gir-gir, inga-inga, kult-kult kabi.
Juft taqlid so‘zlar. Bu tip taqlid so‘zlar bir hodisaning turli o‘zgarib turishini, birgina tovush yoki obrazli harakatning goh kuchayib, goh pasayishi, ba'zan esa yaqinlashishi yoki o‘zoklashishi kabi holatlarini ifodalaydi. Bu holat esa, juft taqlid so‘zlar komponentlaridan birining sostavidagi unli yoki undosh tovushning o‘zgarishi, ba'zan ikkinchi komponentga bir undosh orttirilishi orqali yuz beradi.
O‘zbek tilida juft taqlid so‘zlar quyidagi yo‘llar bilan yuzaga keladi:
a) unlilar o‘zgarishi bilan: garch-gurch, tak-tuk, tars-turs;
b) undoshlar o‘zgarishi bilan: givir-shivir, chirt-pirt, ging-ping;
v) ikkinchi komponentning boshlanishiga bir undosh orttirilishi bilan: alang-jalang, apil-tapil, apir-tapir;
g) aralash yo‘l bilan: qiy-chuv, g‘ij-badabang, g‘ovur-shuvir kabi.