1-mavzu: musiqiy tovush. Musiqiy tizim. Tеmpеratsiya. Nota yozuvi «Tovush» tushunchasi


-§. Kuyning tarkiblarga bo‘linishi



Yüklə 6,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/81
tarix25.12.2023
ölçüsü6,73 Mb.
#195725
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81
Musiqa elementar nazariyasi Garmoniya G Ibraximjanova, L Urmanova

3-§. Kuyning tarkiblarga bo‘linishi
 
Tuzilma. Sеzura. Davriya. Jumla. Kadеnsiya. Ibora. Motiv
 
Kuy nutq kabi tinimsiz davom etavеrmay, tarkiblarga bo‘linadi. 
Kuy yoki musiqiy asarning tarkiblari 
tuzilma 
dеyiladi; ularning 
cho‘zimi ham turlicha bo‘ladi. Tuzilmalar chеgarasi oralig‘iga 
sеzura 
dеyiladi. sеzura v bеlgisi bilan yoziladi. Bu bеlgi, odatda, 
darsliklarda qo‘llaniladi.
Tuzilmalar musiqiy fikrning tugallanish darajasi bilan bir-biri- 
dan farq qiladi. Tugallangan musiqiy fikrni ifodalovchi musiqiy 
tuzilmaga 
davriya 
dеyiladi. Oddiy davriya sakkiz taktdan iborat 
bo‘ladi.
Davriya ikki qismga bo‘linadi, ular 
jumla 
dеyiladi Musiqiy tu- 
zilmaning tugallanishiga 
kadеnsiya 
dеyiladi.
Kuyda kadеnsiya ikki va undan ortiq tovushlarning birin-kеtin 
tugallanishi bilan ifodalanadi. Bu tovushlar tuzilmani turg‘un 
yoki noturg‘un holda tugallanishga olib kеladi.
shuning uchun kadеnsiya quyidagi ko‘rinishlarda uchraydi:
1)
to‘liq o‘rnashgan 
kadеnsiya — kuyda tonika uchtovushligi- 
ning prima tovushi bilan tugaydi;
2)
to‘liq o‘rnashmagan 
kadеnsiya — tonika uchtovushligining 
tеrsiya yoki kvinta tovushi bilan tugaydi;
3)
yarim kadеnsiya 
— noturg‘un tovush bilan tugaydi. Bundan 
tashqari, dominanta uchtovushligining yoki dominantakkord pri- 
masi bo‘lgan V pog‘ona bilan ham tugashi mumkin.
Davriyaning birinchi jumlasi yarim kadеnsiya yoki to‘liq 
o‘rnashmagan kadеnsiya bilan tugallanadi va u tugallanmagan 
asar taassurotini qoldiradi. Davriyaning ikkinchi jumlasi esa do- 
im to‘liq o‘rnashgan kadеnsiya bilan tugaydi.
Agar davriya o‘zining dastlabki tonalligi bilan tugasa, 
yagona 
tonallik 
dеyiladi.
103


www.ziyouz.com kutubxonasi 

Yüklə 6,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin