1-mavzu: Mustaqil O‘zbekiston: rivojlanish yo‘nalishlari va muammolari. Fanning predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari. Reja



Yüklə 217,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix09.05.2022
ölçüsü217,41 Kb.
#56877
  1   2   3
1.1-mavzu. Mustaqil Ozbekiston rivojlanish yonalishlari va muammolari



1-mavzu: Mustaqil O‘zbekiston: rivojlanish yo‘nalishlari va muammolari. Fanning 

predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari.   

Reja: 

1.1.  Fan va texnika tarixi fanining predmeti. 

1.2.  Fan va texnika haqida umumiy tushuncha. 

1.3. Ilmiy-texnika inqilobi (ITI) 

1.1.  Fan va texnika tarixi fanining predmeti. 

Tayanch iboralar: fanning obyekti va predmeti, bilim, ilm, fan, texnika, texnika inqilobi

ilmiy-texnika inqilobi, nanotexnologiya, OAK, Fanlar Akademiyasi, ilmiy-tadqiqot institutlari. 

Eng qadim zamonlardan hozirgi kungacha kishilik tarixida yig‘ilgan bilimlarning taraqqiyot 

darajasi,  uning  bosqichlari,  fanning  rivojlanishi  yo‘lida  buyuk  mutafakkirlar  tomonidan  olib 

borilgan  tadqiqotlar,  shuningdek  hayot  haqidagi  fan  erishgan  yutuqlari  natijalarinint  hayotdagi 

o‘rni, texnika sohasidagi  yutuqlar, texnikaning inson mehnatini engillashtirishdagi o‘rni, ilmiy-

texnika inqilobining ro‘y berishi  to‘g‘risida fikr yuritiladi. 

Fanning o‘tilishidan asosiy maqsad fan va texnika sohasida erishilgan qiziqarli yutuqlarni 

bayon qilish orqali talabalarda fanning turli sohalarini chuqur o‘rganishga qiziqish hosil qilish, 

barcha ilm bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan kishilarga dalda bo‘lishdir. 

Fan va texnika tarixining asosiy vazifasi shundan iboratki,  ushbu fanni o‘qigan-o‘rgangan 

kishi olam, borliq, mavjudodlar haqida elementar (dastlabki) tushunchalar hosil qiladi. O‘quvchi 

o‘zida  inson  olamning  zarrasi  ekanligiga  ishonchni  shakllantiradi.  Kishida  olam  xaqida  ilmiy 

tasavvurlar, hosil qiladi.  

Fan  va  texnika  tarixi  fanining  dars  sifatida  o‘tilishi  dolzarbligi.  Muxtaram  Prezidentimiz 

Islom  Karimov  fanni  rivojlantirish  dolzarbligi  haqida  gapirganlarida  quyidagilarni  ta’kidlagan 

edilar:  “Ilmga  intilish  yo‘qolsa,  fan  taraqqiy  etmaydi,  ilmu  fan  rivojlanmasa-  jamiyatning 

kelajagini tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu dahshatni barcha teran xis qilmog‘i darkor”. Barcha, avvalo 

yoshlar, fan yutuqlaridan xabardor bo‘lishlari, fanni rivojlantirish fidoiylarini vujudga keltirishi, 

tarbiyalab voyaga etkazishi zarur. Bunda fan va texnika tarixi fanining o‘z o‘rni bor. 

Ilmiy va amaliy ahamiyati. O‘zbekistonda buyuk yangilanish jarayonlari davom etayotgan 

ekan, ishlab chiqarishning barcha sohalari ham, fikr-mulohaza qilish ham ilmiylikka asoslanishi 

lozim. 

Fanning  yutuqlari  yillar  davomida  olib  borilgan  ilmiy  izlanishlar,  amaliy  tadqiqotlarning 

ijobiy  va  samarali  natijalariga  bog‘liq.  Fandagi  yutuqlar  esa,  jamiyatning  porloq  istiqbolli  va 

kelajagini  belgilaydi.  «Ba’zan  bittagina  ilmiy  kashfiyot  mamlakatni  dunyoga  mashhur  qilishi 

mumkin»,  degan  edilar  Prezidentimiz  Islom  Karimov,  O‘zbekiston  Fanlar  Akademiyasining 

vakillari bilan 1995 yil 2 noyabrdagi uchrashuvida. 




Yüklə 217,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin