1-mavzu: Mustaqil O‘zbekiston: rivojlanish yo‘nalishlari va muammolari. Fanning predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari. Reja


Fan va texnika haqida umumiy tushuncha



Yüklə 217,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix09.05.2022
ölçüsü217,41 Kb.
#56877
1   2   3
1.1-mavzu. Mustaqil Ozbekiston rivojlanish yonalishlari va muammolari

 Fan va texnika haqida umumiy tushuncha. 

Fan  haqida  tushuncha.  Inson  paydo  bo‘lganidan  boshlaboq  o‘z  atrof-muhitini  kuzatishni 

boshlaydi. Kuzatishlar orqali kishilar o‘zida bilim hosil qiladi. Hosil bo‘lgan tushunchalar borliq-

mavjudodga yoki muayyan sohadagi tushunchalar yig‘indisi insonda ilmni shakllantiradi. Ijtimoiy 

hayotda  yoki  muayyan  sohada  olib  borilgan  izlanishlar  orqali  yig‘ilgan  ilmiy-tadqiqodlarning 

ma’lumotlar majmui fan deb yuritiladi. Masalan: Falsafa fani, Tarix fani, Geologiya fani, Yuqori 

energiyalar fizikasi fani va hokazolari. "Fan" atamasi o‘zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, 

tabiat  va  jamiyatning  taraqqiyoti  qonuniyatlarini  ochib  beruvchi  hamda  atrof  muhitga  ta’sir 

ko‘rsatuvchi  bilimlar  yig‘indisiga  aytiladi.  Fan  haqidagi  dastlabki  nuqtai  nazarlar  Qadimgi 

Sharqda: Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy, O‘rta Osiyoda shakllangan. Shu erda ya’ni Qadimgi Sharq 




sivilizatsiyasi  jarayonida  tabiat  va  jamiyat  haqidagi  dastlabki  bilimlar  to‘plandi,  fan  darajasida 

tushunib etildi, astronomiya, matematika, ahlok,  mantiq fanlari nazariy xulosalarning kurtaklari 

paydo bo‘ldi. 

Sharq sivilizatsiyasining bu yutuqlarini Qadimgi Yunoniston izchil nazariy sistema sifatida 

qabul qildi va qayta ishladi, oqibatda diniy va afsonaviy an’analardan ajralib chiqqan, aniq, fanlar 

bilan  shug‘ullanuvchi  mutaffakirlar  shakllandi.  G‘arbda  yunon  falsafasi  va  yaratilgan  ilmiy 

merosning katta kismi Rim imperiyasining qulashi (476 y.) bilan XIII-XIV asrlardagi uyg‘onish 

davr  oralig‘idagi  “jaholat  davri”da  yo‘qotildi.  Arab-Islom  madaniyati  ellinistik  merosini  faol 

o‘zlashtirdi va ijodiy rivojlantirdi. 

Bu  o‘zlashtirish  deb  ta’kidlaydi,  norvegiyalik  olimlar  Gunnar  Skirbekk  va  Nils  Gilpelar 

XVI-XVII  asrlarda  ilm-fan  inqilobiga  qadar  dunyoning  juda  katta  qismidagi  intellektual 

madaniyatda etakchilik qilgan. Yangi arab tilidagi an’ananing manbasiga aylangan. 

X-XI asrlarda Sharqda, xususan Islom mamlakatlarida juda ko‘p kitoblar yig‘ilgan yuzlab 

kutubxonalar  mavjud  bo‘lib  birgina  Bag‘doddagi  kutubxonada  100  000  ga  yaqin,  Buxoroda 

Somonxudot kutubxonasida  15 000, Xorazmdagi “Dorul hikma va maorif” ilmiy muassasasida 

minglab  qo‘lyozmalar  saqlanmoqda  edi.  Noyob  bu  qo‘lyozmalar  Sharqda  ilm-fanning 

rivojlanishiga o‘lkan hissa qo‘shdi. 

Texnika haqida umumiy tushuncha. Texnika-(CHesNpe-mahorat, san’at) — moddiy boylik 

olish  hamda  odamlar  va  jamiyatning  ehtiyojlarini  qondirish  maqsadida    yon  atrofdagi  tabiatga 

ta’sir  qilishiga  imkon  beradigan  vositalar  va  ko‘nikmalar  majmuidir.  Asosiy  vazifasi  —  inson 

mehnatini  engillashtirish  va  mehnat  unumdorligini  oshirish.  U  tabiat  resurslaridan  samarali 

foydalanishga, Er qa’rini, Dunyo okeanini, kosmik fazoni o‘zlashtirishga imkon beradi. 

«Texnika»  termini  biror  ish  (hunar)  yoki  san’atda qo‘llaniladigan usullarni  ham  bildiradi 

(mas, to‘quvchilik texnikasi, etikdo‘zlik texnikasi, shaxmat o‘yini texnikasi va boshqalar). 

Texnika vositalari doimo takomillashib boradi, yangi texnologiya, yangicha mahsulot ishlab 

chiqarish  zaruriyati  tug‘ilishi  bilan  yangidan-yangi  texnika  yaratiladi.  Texnika  tarixi  ibtidoiy 

jamiyatga  borib  taqaladi.  Umuman,  texnika  tarixini  quyidagi  7  bosqichga  bo‘lish  mumkin:  1  - 

oddiy  ishlab    chiqarish  qurollari  va  usullarining  yaratilishi;  2  -  murakkabroq  ishlab  chiqarish 

qurollari  va  usullarining  yaratilishi;  3-odam  tomonidan  boshqariladigan  murakkab  mehnat 

qurollarining  yaratilishi;  4-manufaktura  ishlab  chiqarish  sharoitida  mashina  texnikasining 

yaratilishi; 5-ilg‘or mamlakatlarda bug‘ dvigateli asosida ish mashinalarining paydo bo‘lishi; 6-

elektr  energiyasi  asosidagi  mashinalar  tizimining  yaratilishi;  7-avtomatlashtirilgan  mashinalar 

tizimi  va  kosmik  texnikaning  taraqqiy  etishi,  axborotlar  texnologiyasi  (mas,  internet)ning 

rivojlanishi. 

Texnikaning  evolyusiya  bosqichi  ancha  uzoqqa  cho‘ziladi.  Ibtidoiy  jamoa  tuzumida 

dastavval tosh qurollar, keyinchalik o‘q-yoy, loydan yasalgan idishlar, tosh bolta va mis qurollar 

paydo bo‘lgan. 

Keyinchalik (mil. av. IV-III ming yillikda) jezdan yasalgan mehnat qurollari vujudga keldi. 

Keyinroq  temir  eritish  va  undan  foydalanishga  o‘tildi.  Xitoyda  mil.  av.  2357  yillardayoq  temir 

ma’lum  edi.  Kichik  Osiyoda  mil.  av.  XIV-XIII    asrlarda,  O‘rta  Osiyoda  esa  mil.av.  IX-VIII 

asrlarda temirdan foydalanishga o‘tilgan. Keyinroq, mustahkam mehnat qurollariga bo‘lgan talab 

po‘lat ishlab chiqarishga olib keldi. Dehqonchilik rivojlana boshlagach, suv chiqarish qurilmalari, 

charxpalak paydo bo‘ldi. 

Xarbiy  texnikada o‘q yoydan tashqari po‘lat qilichlardan foydalanila boshlandi. Keyinchalik 

qurilishda turli tok ko‘tarish richaglari ixtiro qilindi. Odamlar yo‘llarini yaqin qilish maqsadida 

suvdan foydalanish uchun daraxt tanasidan qayiq yasashni o‘rgandilar. Keyinchalik ko‘p eshkakli 




kemalar paydo bo‘ldi. To‘qimachilik dastgohlari yaratildi. Keyingi davrlarda dehqonchilik bilan 

birga  hunarmandchilik  rivojlandi.  Elkanli  kemalar,  shamol  tegirmonlari  yaratildi.  Keyinchalik 

g‘ildirakli og‘ir va engil pluglar paydo bo‘ldi. 

XV-XVI  asrlarda  ancha  takomillashgan  domna  pechlari  qurildi.  Asosiy  dvigatel  o‘rnida 

gidravlik  mashinalardan  foydalanildi.  Bu  davrda  konchilik,  metallurgiya  rivojlana  boshladi. 

Harbiy texnikada o‘t ochish qurollari, mashina va mexanizmlar paydo bo‘ldi. 

XVIII asr oxirida bug‘ mashinasi va to‘qimachilik mashinalarining paydo bo‘lishi sanoatda 

inqilobning boshlanishidan darak berdi. 

XIX asrda bosma mashina, telegraf apparati, fotog‘rafiya, ichki yonuv dvigateli, samolyot, 

radio, telefon, kinematografiya, avtomobil yaratildi, harbiy texnika, texnika transporti rivojlandi 

va  boshqalar.  XX  acrda  elektr  energiyasidan  foydalanish  kuchaydi,  aviatsiya,  atom  texnikasi, 

hisoblash texnikasi, elektronika, televidenie, raketasozlik, avtomatika, kosmonavtika va boshqalar 

taraqqiy etdi. XXI asr boshlaridan axborotlar texnologiyasi (internet, uyali telefon va boshqalar) 

rivojlana boshladi. 

Qanday  vazifani  bajarishiga  qarab,  texnika  ishlab  chiqarish  va  ishlab  chiqarishda 

qatnashmaydigan  texnikaga  (maishiy  xizmat  ko‘rsatish,  maorif  va  madaniyat,  harbiy,  tibbiyot 

texnikasiga)  ajraladi.  Ishlab  chiqarish  texnikasiga  mashinalar,  mexanizmlar,  asboblar,  mashina, 

texnologik  jarayonlar,  boshqariladigan  apparatlar,  sanoat  binolari  va  inshootlari,  yo‘llar, 

ko‘priklar,  kanallar,  transport,  kommunikatsiya,  aloqa  vositalari  va  boshqalar  kiradi.  Ishlab 

chiqarish  texnikasining  faol  qismi  mashinadir.  Unga  texnologik  mashinalar  —  metallga  ishlov 

berish,  qurilish,  tog‘-kon,  metallurgiya,  qishloq  ho‘jaligi,  to‘qimachilik,  oziq-ovqat,  qog‘oz 

tayyorlash mashinalari va boshqalar, transport mashinalari- avtomobillar, teplovozlar, samolyotlar 

va  boshqalar,  konveyerlar,  elevatorlar,  kranlar  va  boshqa  nazorat-boshqarish  va  hisoblash 

mashinalari — elektr mashinalari, ichki yonuv dvigatellari, turbinalar va boshqalar kiradi. Ishlab  

chiqarish  texnika  vositalari  orasida  energiya  hosil  qilish  va  uni  bir  turdan  ikkinchisiga 

aylantirishga xizmat qiladigan energetika texnikasining ahamiyati katta. Xarbiy texnika (tanklar, 

artilleriya,  raketa  qurilmalari,  uchish  apparatlari,  suv  osti  va  suv  usti  kemalari  va  boshqalar) 

alohida texnika vositalari guruhini tashkil qiladi. 

Ishlab  chiqarishda  qatnashmaydigan    texnikaga  maishiy  xizmat  ko‘rsatish    texnikasi  (kir 

yuvish, oshxona mashinalari va boshqalar); transport texnikasi (engil avtomobillar, velosipedlar 

va  boshqalar);  sport  texnikasi  (poyga  mototsikllari  va  boshqalar)  kiradi.  Ishlab  chiqarishning 

tarmoq  strukturasiga  qarab  (masalan,  sanoat    texnikasi,  transport  texnikasi,  qishloq  xo‘jaligi 

texnikasi)  yoki  ishlab  chiqarishning  alohida  struktura  bo‘linmalariga  qarab  (masalan,  aviatsiya 

texnikasi,  melioratsiya  texnikasisi),  ba’zan  texnika  alohida  tarmoqlarining  tabiiy-ilmiy  asosiga 

qarab (masalan, yadro  texnikasi, sovitish texnikasi, hisoblash  texnikasi va boshqalar) tasniflanadi. 


Yüklə 217,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin