1-mavzu: Mustaqil O‘zbekiston: rivojlanish yo‘nalishlari va muammolari. Fanning predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari. Reja



Yüklə 217,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix09.05.2022
ölçüsü217,41 Kb.
#56877
1   2   3
1.1-mavzu. Mustaqil Ozbekiston rivojlanish yonalishlari va muammolari

Ilmiy-texnika inqilobi (ITI) 

Fan  va  texnika  doimo  taraqqiy  etib  keldi.  Biroq  bu  taraqqiyot  XX  asrdan  boshlab  misli 

ko‘rilmagan  darajada  o‘sib  ketdi.  Shu  tufayli  adabiyotlarda  ilmiy-texnika  inqilobi  (ITI)  iborasi 

ishlatila boshlandi. Xo‘sh, ilmiy-texnika inqilobi nima o‘zi? 

Ilmiy-texnika inqilobi - bu XX asrda fan va texnikada ro‘y bergan olamshumul kashfiyotlar 

tufayli fanning bevosita jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchiga aylanganligi. Bu xodisa ITI moxiyatini 

tashkil etadi. ITI fan bilan texnikaning, fan bilan ishlab chiqarishning chatishib ketishiga olib keldi. 

Bu  chatishuv,  o‘z  navbatida,  kashfiyotlarning  ishlab  chiqarishga  joriy  etilishi  muddatining 

qisqarishini ta’minladi. 

ITI  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  hamma  komponentlarini  (energiya,  lazerlar,  robotlar, 

texnika,  mexnat  materiallari,  texnologiya)  va,  xatto,  odamning  o‘zini  ham  o‘zgartirib  yubordi. 



Chunonchi,  energiya  manbayiga  oshib  borgan  extiyoj  mutlaqo  yangi  manba  -  atom  elektr 

stansiyalari barpo etilishiga olib keldi. Shuningdek, Quyosh, okean, chuqur er osti energiyasidan 

foydalanishning ham kashf etilishini ta’minladi. 

Ishlab chiqarish kompleks avtomatlashtirildi. 1946 yilda amerikalik olimlar J. Mashli va J. 

Ekkert  birinchi  kompyuterni  yaratdilar.  Tez  orada  kompyuter  tizimlari  bilan  boshqariladigan 

texnologiya joriy etildi. Bu, aslida, odamsiz boshqariladigan texnologiya edi. Biroq ITI qanchalik 

qudratli bo‘lmasin, u inson omilini ishlab chiqarish jarayonidan siqib chiqara olmadi. Aksincha, u 

insonni o‘ta mukammal va murakkab texnika hamda texnologiyani o‘zlashtirib olishga undaydi. 

Bu esa insonning o‘z bilimi, malakasini zamon talabi darajasida o‘stirib borishini zaruratga 

aylantirib qo‘ydi. Binobarin, insonning intellektual qobiliyati, ongi, dunyoqarashi jadal o‘zgarib 

bormoqda. Bugungi ishchi, muxandis XX asr boshlaridagi ishchi yoki muxandis emas. Bugungi 

ishchi (xodim) mashina elementi emas, balki mashinani nazorat etuvchisidir. 

ITI, o‘z navbatida, ishlab chiqarishga mutlaqo yangi texnologiyaning (chunonchi, materialga 

lazer, gaz plazmasi, elektron-nur, ultra tovush yordamida ishlov berish) joriy etilishiga olib keldi. 

ITI, ayni paytda, axborot industriyasining yaratilishiga ham olib keldi. Bu esa, o‘z navbatida, fan-

texnika taraqqiyotini yanada jadallashtirishning qudratli omiliga aylandi. 

ITI  kompyuterlarning  mutlaqo  yangi  avlodlari  yaratilganligi  bilan  ham  ajralib  turadi. 

Bugungi kompyuter ijtimoiy hayotning deyarli barcha soxalarini qamrab oldi. ITI ilmiy bilimlar 

jamg‘arilishining  misli  ko‘rilmagan  sur’atini  ta’minladi.  Masalan,  XX  asr  boshlarida  kimyo 

bo‘yicha millionta  yangi malumot 30  yildan ortiq vaqt ichida to‘plangan bo‘lsa, hozir shuncha 



malumot to‘plash uchun 4 yil kifoya bo‘lmoqda. 

 

Yüklə 217,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin