1 Mavzu. Mutaxassislikka kirish fanining maqsadi va vazifalari va predmeti Reja


«Mutaxassislikka kirish» fanining predmeti va o‘rganish usullari



Yüklə 20,97 Kb.
səhifə2/3
tarix25.12.2023
ölçüsü20,97 Kb.
#196177
1   2   3
mutti 1

«Mutaxassislikka kirish» fanining predmeti va o‘rganish usullari.
Har bir fanning shakllanishi fanning predmetini shakllanishi bilan birgalikda, uning ilmiy bilish usullarining qaror topishi bilan ham bog‘liq. Har bir fanning o‘rganish usullari umumiy tavsifga ega bo‘lib, ammo har bir fanni o‘rganish fanning predmetidan kelib chiqadi Fanning quyidagi o‘rganish usullari mavjud:
Dialektik usul: induksiya, deduksiya.
Ilmiy abstraksiya;
Tahlil va sintez;
Makro va mikroiqtisodiy darajada o‘rganish;
Taqqoslash;
Statistika va boshqalar.
Fanni o‘rganish usullaridan eng avvalo dialektik usulni ko‘rib chiqamiz. Dialektik usul tabiat, jamiyat va tafakkur rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganishga asoslangan. Shuning uchun bu usul barcha mavjud fanlarning, shu qatorda «Mutaxassislikka kirish» fanining ham asosida yotadi. Dialektik usulda rivojlanish quyidan yuqoriga, bilish esa oddiydan murakkabga tomon rivojlanadi. Dialektika induksiya va deduksiya usullaridan tarkib topgan.
Induksiyada yakka fakt olinib, umumiy xulosa chiqariladi. Deduksiyada esa aksincha.
Ilmiy abstraksiya. Ilmiy abstraksiya usulida mavhum ob’ekt ilmga tayangan holda o‘rganiladi va uning faqat asosiga e’tibor qaratiladi.
Tahlil va sintez. Bu usulda o‘rganilayotgan ob’ekt qismlarga bo‘lib o‘rganiladi va izchillik bilan tahlil etiladi. Sintez jarayonida ob’ektning qismlari o‘rganilib, umumiy xulosa chiqariladi va bu «natija» deb qaraladi.
2. Oliy maktabning o‘rta maktabga nisbatan hususiyatlari.
Oliy maktabning o‘rta maktabga nisbatan farqini aniqlash uchun dastlab oliy maktabning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish kerak. Bu yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:
Oliy maktabda beriladigan bilimlar hajminingo‘rta maktablarga nisbatan hajmi va mazmuni jihatidan ustunligi;
O‘qitiladigan bilimlarni ixtisosligi;
Nazariy bilimlar bilan amaliy bilimlarni bir biri bilan o‘zaro bog‘lanishi va to‘ldirib borishi.
Agarda o‘rta maktabda taqdim qilinadigan bilimlar bir darslik hajmida bo‘lsa, oliy maktabda 5 10 darslik hajmida qo‘llanma bo‘ladi. Bularning har biri chuqur bilim olishga xizmat qiladi. Iqtisodiy masalalar bilan bog‘langan qaror va tushuntirishga e’tibor beriladi.
Oliy maktabda yosh jihatidan yuqori bo‘lgan (17 yoshdan yuqorisi) yigit va qizlar ta’lim oladilar. Ular tartib intizom jihatidan shakllangan bo‘ladilar, ota onalar majlisi tez tez chaqirib turilmaydi.
O‘rta maktabda talabaning o‘zlashtirish darajasi muntazam tekshirib boriladi. Oliy maktabda reyting tizimi joriy qilingan. O‘rta maktabda fanlar dars sifatida o‘rgatiladi. Oliy maktabda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar asosida tushuntirishga ahamiyat beriladi.
Oliy maktablarda talabalarning mustaqil ishlarini amalga oshirishga alohida ahamiyat beriladi.
Shunday qilib, oliy ta’lim o‘zining bilim darajasi bilan o‘rta ta’limdan keskin farq qiladi. Bunday yuqori darajada bilim berish uchun mustaqil ishlashga alohida ahamiyat beriladi.
Hozirgi davrda fan texnika taraqqiyotining o‘ta rivojlani shi axborot oqimini keskin ko‘payishiga olib keldi.
Lekin axborotni qabul qilish, o‘zlashtirish, tahlil qilish, baholash, ular asosida xulosa chiqarish uchun vaqt nihoyatda chek langan. Axborot olinadigan manbalar turli tuman va xilma xil. Taraqqiyot tufayli ular yanada takomillashib, yangi yangi turlari vujudga kelmoqda.
Inson tug‘ilganidan boshlab, to umrining oxirigacha axborot qabul qiladi va olingan axborotga o‘z munosabatini bildiradi. Inson tomonidan qabul qilinadigan axborotlar tayyor yoki yangi shakllantiriladigan bilimlardan iborat bo‘ladi.
Birinchi holatda tayyor bilimlar o‘zlashtiriladi. Ikkinchi holatda yangi bilimga ega bo‘lish uchun intilish tufayli ularni takomillashtirish va boyitib borish jarayoni amalga oshiriladi. Hayot uchun kurash, insonning o‘zo‘zini saqlash, himoya qilish in stinkti yangi bilimlar uchun intilishni hayotiy zaruriyatga aylan tiradi. Yoshlarning mavjud bilimlarni o‘zlashtirish, yangi bilim lar uchun intilishi, asosan, ta’lim jarayonida shakllantiriladi.
Ta’lim jarayoni ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchi o‘rtasi dagi qo‘yilgan maqsad asosida belgilangan bilim, ko‘nikma va ta rbiyani tarkib toptirishga yo‘naltirilgan o‘zaro muloqot (ta’sir ko‘rsatish) jarayonidir.
Ta’lim maqsadi ta’lim natijasi sifatida o‘quvchi erishishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka, odob bo‘lib, aynan shular uning shaxsiy fazilatlarini shakllantiradi.



Yüklə 20,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin