1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2


Meningit (yunon. «menuie» — miya qobig‘i va lotin. «itis» — yalligdanish)



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə12/109
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#184527
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109
1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasinin-fayllar.org (1)

Meningit (yunon. «menuie» — miya qobig‘i va lotin. «itis» — yalligdanish) — bosh va orqa miya qobig‘ining yalligManish kasalligidir. Yumshoq va to‘rsimon qobiqning yallig‘lanishi — leptomeningitva qattiq qobiqning yal 1 ig‘lanishi — paximeningit farqlanadi. Meningit alohida kasallik sifatida ham, biror-bir kasallikning asorati sifatida ham rivojlanishi mumkin. Bosh og‘rig‘i, yorugMikka nisbatan o‘zgarishlar (fotofobiya), bolalarda esa ko‘p uxlash va holsizlik kuzatiladi. Meningitni vaqtida davolamaslik oqibatida karlik, epilepsiya, gidroscfaliya, bolalarda aqliy zaiflik kabi asoratlarga olib kelishi mumkin.
Altsgeymer sindromi — demensiyaning ko‘p uchraydigan turi bo'lib, uni birinchi bo‘lib 1906-yiIda nemis psixiatori Alois Altsgeymer aniqlagan. Odatda bu kasallik 65 yoshdan yuqorilarda ko‘p uchraydi, lekin undan oldin ham uchrashi mumkin. Hamina odamlarda kasallik bar xil kechadi, lekin ularning hammasiga bir xil alomatlar kuzatiladi. Kasallikning boshlanish davrida qisqa xotiraning pasayishi kuzatiladi. Kasallik rivojlana borishi bilan xotira, nutq va aqliy o‘ylash butunlay yo‘qoladi. Organizm funksiyalarining buzilishi esa o‘limga olib keladi.
Moyamoya kasalligi (yapon. tutun, tuman) — noyob, rivojlanib boruvchi surunkali bosh miya tomirlarining kasalligidir. Bu ka­sallik uchun sekin-asta bosh miya ichki uyqu arteriyalari, bosh ipiyaning oldingi qismidagi va o‘rta qismidagi arteriyalarning ular okklyuziyaga uchragunga qadar o'zgarib borishi xarakterlidir. Bu kasallikning yana bir jihati bu — miya asosida kollateral tomirlarning paydo bolishi natijasida angiogramma qilinganda yengil tutun hosil bo’libganga o‘xshab ko'rinishidir. Aynan shu podisa 1969-yilda kasallikka zamonaviy nom berdi. Yapon tilidan tarjima qilinganda «moyamoya» «tutun» degan ma’noni beradi.
Bosh miya kasalliklarining kelib chiqish sabablari.
Har bir kasallikning oldini olish uchun avvalo uning qanday sabablarga ko‘ra kelib chiqqanligini bilish muhim ahamiyatga ega. Bosh miya kasalliklarining turiga qarab ularning kelib chi­qish sabablari ham turlicha boLladi.
Masalan, gidrosefaliya kasalligining kelib chiqish sabablaridan biri, ko‘p hollarda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda onaning homiladorlik vaqtida infeksion kasalliklar bilan og'riganidir. Bulling natijasida bolada miyaning qorinchalari funksiyasining buzili­shi kuzatiladi. Orttirilgan gidrosefaliyaning sabablari bo'lib esameningit, meningocnsefalit, bosh miya shikastlari, intoksikatsiyalar xizmat qiladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin