Harakatlantiruvchi qism.Chaynov, medial va laterial qanotsimon yonoq mushaklarini, jag‘ til osti mushaklarini, ikki qorinli mushakning oldingi qorinchasini va nog‘ora pardani taranglashtiruvchi mushakni inasabatsiya qiladi.
Harakatlantiruvchi qismni tekshirish usullari. Harakatlantiruvchi qism faoliyatini tekshirish mushaklarni ko‘zdan kechirishdan boshlanadi. Atrofiya yoki gipertrofiya, fibrillyar va fassikulyar mushak qisqarishlari borligiga e’tibor beriladi. Paypaslaganda esa mushaklar konfiguratsiyasini, ularning tarangligini aniqlash mumkin. Bemordan og'zini ochish va yopish, bir necha chaynov harakatlarini bajarish so‘raladi. Tekshiruvchi qo‘llarini chaynov muskullariga qo'yib, ularning taranglik darajasini aniqlaydi. Normada pastki jag'ning osilib qolishi yoki bir tarafga og'ishi (deviatsiya) kuzatilmaydi, mushaklar ikkala tomonda ham bir xil taranglikda bo‘ladi.
Pastki jag’refleksi: bunda bemorning yarim ochilgan og‘ziga engagi bo'ylab, yuqoridan pastga qarab oldin bir tomonlma, keyin ikkinchi tomonlama nevrologik bolg'acha bilan uriladi. Undan tashqari, tekshiriluvchining engagiga tekshiruvchi distall falangasi bo‘ylab urib ko‘rsa bo‘ladi. Bu ta’sirlanishga javoban chaynov muskullari qisqaradi va pastki jag' yuqoriga ko‘tariladi.
Zararlanishning asosiy belgilari.
Og'iz ochilganda jag' kuchsiz mushak tomonga og'adi (deviatsiya), shikastlangan tomonda chaynov muskullari yetarli taranglashmaydi, atrofiyalangan bo'lishi mumkin, pastki jag' refleksi chaqirilmaydi.
Uch shoxli asab sezuvchi qismini tekshirish usullari.
Bemordan yuz sohasida og'riqli yoki boshqacha sezgilar (gapira olmaslik, chumoli g‘imirlashi) borligi so'raladi. Uch shox]j asab shoxlari chiqadigan nuqtalar paypaslab, og‘riq bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Uchta shox inasabatsiyalaydigan sohalar, harnda Zelder sohasi simmetrik nuqtalarda igna yordamida og'riq sezgisiga, paxta yordamida taktil sezgiga tekshiriladi.
Zararlanishning asosiy belgilari:
Sezuvchi ildiz shikastlanganda shikastlanish tomonida yuz va boshning sochli qismi oldingi 1/3 qismida anesteziya yoki gipesteziya bo‘ladi. Sezishning hamma turlari zararlanadi. Ayrim bemorlarda faqat 1va 2-shoxlar (yuqori jag‘ yoki ko‘z asabi) shikastlanadi va tarmoqlangan sohalarida sezgi buzilishi paydo bo‘ladi. Bu asablar shikastlanganda shox parda anesteziyasi bo‘lib, shox parda reflcksi yo'qoladi. 3-shox (pastki jag‘ asabi) shikastlanganda esa bu shox inasabatsiyalaydigan sohada sezgi buziladi va pastki jag‘ refleksi yo‘qoladi.
Yuzaki sezgi Zelder sohalariga bog'liq ravishda yo'qoladi. Piyozsimon yadro ko'prik qismi shikastlanganda yuzning medial bodimlarida gipesteziya kuzatiladi. Yadroning o‘rta qismi shikastlanganda esa gipesteziya yuzning paramedial bo’libimlarida bo‘ladi. Yadro uzunchoq miyada shikastlanganda gipesteziya yuzning lateral sohalarida paydo bo‘ladi.
IX, X juft BMAlari (n. glossopharyngeus; n. vagus) — til halqum va adashgan asablar bulbar guruhi.
Asablarning bu guruhlari yordamida yutish va nutq fonatsiyasi yuzaga keladi, bundan tashqari yumshoq langlay, tomoq, halqum, hiqildoq, eshituv nayi, nog'ora bo'shlig‘i umumiy sezgisi, tilning orqa 1/3 qismi ta’m bilish sezgisi ta’minlanadi.
Tekshiruv uslubi:
Bemordan so‘raladi:
Og'izni ochish va «а» deyish. Bunda yumshoq tanglayning qisqarishiga va tilchaning joylashuviga e’tibor beriladi. Normada yumshoq tanglay simmetrik joylashadi, ikki tomonda ham bir xil taranglashadi, tilcha o'rta chiziq bo‘ylab joylashadi.
Bir necha so‘zlarni ovoz chiqarib aytish. Bunda ovozda burun ohangi bo'lmasligi kcrak.
Bir necha qultum suv ichish; yutish, erkin bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |