1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2


Nutq diapazonidagi eshitishning pasayishiga qarab zaif eshituvcliilar quyidagi darajalarga bo'linadi (L.V.Neyman)



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə62/109
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#184527
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   109
1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasinin-fayllar.org (1)

Nutq diapazonidagi eshitishning pasayishiga qarab zaif eshituvcliilar quyidagi darajalarga bo'linadi (L.V.Neyman)

Zaif eshitishning (qulog'i og'irlik) darajasi


Nutq diapazondagi eshitishning yo'qolishi


1 — yengil


Nutq diapazondagi eshitishning yo'qolishi 50 (db) dan oshmaydi.


II — o'rta


Nutq diapazondagi eshitishning yo'qolishi 50 dan to 70 db gacha.


III og'ir


Nutqdiapazondagieshitishningyo'qolishi 70 danoshadi (o'rtacha 75—80 db)



Eshitishning yo'qolishi 50 db dan oshmasa, oddiy balandlikdagi ovoz bilan gapirgan so‘zlar 1 m masofada aniq eshitiladi; ya’ni bola bilan gaplashish mumkin.


Eshitishning yo'qolishi 50 dan 70 db gacha bo'lganda, to'g'ri ovoz bilan gapirgan so'zlar 1 metrga yctmagan masofada eshitila­di, ya’ni gaplashish qiyinlashadi
Zaif eshituvchanlik etiologiyasi va klinikasi. Zaif eshituvchanlik qandaydir darajada bolaning tashqi muhit bilan aloqaga kirishishining amalga oshirilishiga to'sqinlik qiluvchi, eshituv idrokining ma’lum bir foizi turg'un pasayganligi bilan xarakterlanadi.
Zaif eshituvchanlikning sabablari ko'p, ko'pincha o'rta quloqning zararlanishi turli xil infeksion kasalliklar yoki tug'ma eshi­tuv funksiyasining to'liq shikastlanmasligi oqibatida kelib chiqishi mumkin. Zaif eshituvchanlikni keltirib chiqaruvchi bir qator ka­salliklar mavjud. Ulardan biri ncrv sistemasining meningoenscfalitidir. Burun yoki tomoq orqali kelib chiqadigan kasalliklarning zaif eshituvchanlik, umuman eshitishning buzilishiga hech qanday aloqasi yo‘q.
Zaif eshituvchanlik bolaning nafaqat nutqiga, balki psixikasiga ham o'z ta’sirini ko'rsatadi. Shuni ham aytib o‘tish joizki, ushbu ta’sir darajasi individual bo'lib, bola nerv sistemasiga bog'liq.Shu bilan birga intellektual ongning yuqoriligi va albatta tashqi dunyo sharoitiga bog‘liq.
Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, erta bolalik davrida nutq rivojlanguncha zaif eshituvchi bo‘lib qolgan bolalarda nutq yaxshi shakllanmagan. Bu eng avvalo eshituv nazoratining pasayganligi bilan izohlanadi. Bunday bolalarning og'zaki nutqida so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish ayrim tovushlar boshqa tovushlar bilan almashib ketishi kuzatiladi, undan tashqari jarangli undosli tovushlarni jarangsiz tovushga almashtirib talaffuz qilishlari mumkin. L.V.Neyman audiometrik tekshirishlar asosida zaif eshituvcliilarni 4 guruhga bo'ladi:


  1. guruhga baland ovozlarni va faqat tovushlarni eshituvchi bolalarni kiritgan.


  2. guruhga baland ovozni va ayrim unli tovushlarni eshituvchi bolalarni kiritgan.


  3. gumhga esa normal balandlikdagi ovozni eshitadigan, hatto ayrim tanish so‘zlarni ham ajrata oladigan bolalarni kiritgan.


  4. guruhga nutqiy tovush balandlikdagi ovozlarni 2 metr oralig'ida eshitib, tovush kuchaytirgich apparatlari yordamida obqituvchining tushuntirishlarini bemalol eshita oladigan bola­larni kiritgan.

Ushbu apparat yordamida o‘qituvchi muloqot qilish davomida saqlanib qolganlar eshituv qobiliyatidan faol foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Biroq ular uchun davolash muolajalarini olib borish zarurdir. Shu bilan birga, eshituv apparatlari yordamida eshituv sezgisini rivojlantirish ham maqsadga muvofiq.


Zaif cshituvchilar bilan olib boriladigan pedagogik ishlar, o‘zgacha nerv diagnostik asoslarda olib boriladi. Chunki og'zaki nutqning ma’noli turini eshitishga imkon yaratadigan eshituv qobiliyatlari saqlangan. Undan tashqari, boshqa usullarga o‘tib ketmay, boshqalar bilan muloqotga kirishishga imkon beradigan yetarlicha to'la bo‘lmagan bir qator holatlardan bo'lsada, ko‘pchilik zaif eshituvchilar og‘zaki nutqqa ega bo'ladilar. Shunday zaif eshituvchi bolalar uchun ta'lim-tarbiyaviy jarayonning o'ziga xos ravishda rivojlanmay qolishi infeksiya ta’sirida o‘rta quloqning kasallanganligi, ba’zi hollarda esa markaziy asab sistemasining meningitoensefalit bilan kasallanganligidan bodishi mumkin.
Burun va tomoq kasalliklari ham eshitish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Zaif eshitish bolalar nutqiga salbiy ta’sir etib, ularning asab sistemasini ma’lum darajada buzishi mumkin. Yosh bolalarda eshi­tish qobiliyatining yo’qolishi natijasida ular nutqining toda-to‘kis bodmasligi, ba’zi harflarni toda-to‘kis ifodalay olmaslik (sh, s, z, d, f kabi), so‘z, jumlalarning oxirgi harflarini noto‘g‘ri talaffuz qilish holatlari uchraydi. Chunki bolalar bilan so'zlashish paytida ular har bir so‘z yoki jumlani to‘la-to‘kis eshita olmaganligi uchun o‘z xohishicha ovoz chiqarib qo‘yadi. Natijada asta-sekin agramatizm hoi lari yuzaga kcladi. Eshitish qobiliyati pastligi natijasida unga qarata aytilayotgan jumlalarni oxirigacha nazorat qila olmaslikdan bola nutqida jarangdorlik bodmaydi.
Eshitish qobiliyati past bodgan bolalarning umumiy maktabda asta-sekin bilim olishga ishtiyoqi sodta boradi. Tajribasi kam yoki malakasiz pedagoglar bunday bolalarni yalqov, dangasa, aqli zaif bolalar toifasiga kiritib qo‘yadilar, vaholanki, bunday bolalar o’qitilayotgan dars mazmunini aniq eshita olmaydi, o'qituvchidan qayta-qayta so‘rashga uyaladi, chunki sinfdoshlari uni «kar-soqov» deb kamsitishlaridan cho’chiydi. Natijada bu o’quvchidan pedagog biror savolga javob berishini so’rasa, u o’zini yo’qotib qo‘yadi, javoblari esa tavakkal, o'tilgan darsga taalluqli bodmagan, pedagog to’satdan savol bersa, u sarosimaga tushib qolishi ham mumkin.
Karlarning o‘zaro muloqoti o’ziga xos imo-ishora vositasida amalga oshiriladi. Albatta bunday imo-ishoralar juda sodda ko‘rinishga ega.
Asta-sekin imo-ishoralardan labning qimirlashiga qarab muloqot qilish mimikasi boshlanadi. Bunda kar o’ziga qarata aytilgan so'zlarni eshita olmaydi, ammo gapirayotgan odamning lablariga razm solib turadi. Muntazam ravishda tajribali pedagog yordamida ushbu usulda shug‘ullana borishi yaxshi sama­ra beradi.
Lab qimirlashidan o'qib olish malakasi osonlikcha kechmaydi. Bu usulni hamma karlar barobar o‘zlashtira olmasliklari mumkin. Har holda bu usul karlarning atrofdagilar bilan aloqada bo‘lish omili bo‘ladi.
Daktilogik — barmoqlar alifbosi deb ataladigan usulda kar bolalar o'zaro muloqotda bo’libishlari mumkin. Bunda so'z ifodasidagi harflar barmoqning turli holatlari bilan belgilanadi. Kaftdagi barmoqlarni turli ko'rinishda — bukkan, yarim bukkan, orasini ochgan yoki birlashtirgan holda va h.k. ma’lum bir so‘zni anglatish mumkin.
Pedagog-tarbiyachilar yana shunga e’tibor bcrishlari lozimki, umuman eshitmaydigan kar bolalar kam uchraydi. Kar deb hisoblangan bolalarning aksariyatida biroz bo'lsa ham eshita olish qobiliyati boladi.
Muntazam ravishda lor shifokori nazorati o'tkazilib turilganda, quloq kasalliklarining davolash tugallanmagan holatlarini ham uchratib qolish va shoshilinch ravishda davolashni davom ettirish mumkin. Oxirgi paytlarda eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalar uchun ovozni kuchaytirib beruvchi juda qulay va shinam tranzistor apparatlar ishlab chiqarilib, ular quloqning ovoz eshitish kanaliga o'rnatib qo'yiladi. Mitti batareykali individual eshitish apparatlari, tranzistorlar 4, 3, 2 guruhga kiruvchi bola­lar uchun ayni muddaodir. Individual eshitish apparatlari bilan ta’minlangan bolalarni pedagogik-tarbiya jarayonlaridagi o’ziga xos xususiyatlaridan biri ular talafluzidagi iboralarning noaniqligi, jarangli bo'lmasligi, ifodadagi harflarning cho‘zilib ketishidir. Shu sababli pedagoglar har bir bola bilan individual ravish­da nutqning to‘g‘ri ifodali boiishi, to‘g'ri talaffuzi yuzasidan olib borishi zarur.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin