1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə7/109
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#184527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109
1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasinin-fayllar.org (1)

Oraliq miya (JGbosh miya yarini sharlari bilan qoplangan bo'lib, unga ko'rish bo'rtiqlari, bo'rtiq osti va tizzasimon tana kiradi.
Ko'rish bo'rtiqlari (thalamus opticus) katta ellips shaklidagi kulrang modda to'plamidan iborat bo'lib, pastki yuzasi past­ki bo'rtiq osti qismiga, lateral yuzasi miya katta yarim sharlariga tutashgan, medial qismi uchinchi qorinchaning yon devorini hosil qiladi. Ko'rish bo'rtiqlari yuqori qismining medial yuzasida hid bilish nervlari joylashgan. Ko'rish bo'rtiqlari guruhlashgan hujayralar tanasidan iborat. Bu hujayralar tanasida orqa tepalik, medial qovuzloq, uchlamchi nerv yo'li va miyacha yuqorigi oyoq­chasining o'tkazuvchi yo' 1 lari tugaydi.
Oldingi tanada hid bilish, ta’sirni o'tkazuvchi, so'rg'ichsimon, talamik yo'l tugaydi. Ko'rish bo'rtiqlarining pastki yostiqcha qismida ko‘rish nervi yoMining bir qismi tugaydi. Ko‘rish bo‘rtiqlari tanadagi barcha sezuv nervlarining markazi hisoblanadi. Ularning orqa qismida ko‘rish po'stloq osti markazi bodgan medi­al tizzasimon tana va eshitish po‘stloq osti markazi va lateral tizzasimon tana joylashgan.
Bo‘rtiq osti qismi (hypothalamus) oraliq miyaning bir qismi bo‘lib, bosh miyaning asosida yaxshi ko‘rinadi. Bu qismning orqa qismi ikkita so‘rg‘ichsimon tanani tashkil qiladi, bu yerda oxirgi miyaning hid bilish nervi tugaydi. So‘rg‘ichsimon tana hujayralarining tolasi so‘rg‘ichsimon talamik yo‘l hosil qilib, bu yerdan hidlash yo‘li ko‘rish bo'rtiqchalarigacha boradi. So‘rg‘ichsimon tananing oldingi tomonida kulrang tepacha joylashgan bo‘lib, u biroz torayib, voronkaga aylanadi. Voronkada gipofiz bezi osilib turadi. Kulrang tepacha vegetativ markaz bo‘lib, uning oldida ko‘rish nervlarining II jufti kesishib, ko‘rish yo‘liga aylanadi. Bo‘rtiq usti qism hid bilish impulslari bilan kam bog'langan, u epifiz bilan bog'langan o‘tkazuvchi yo‘llardan iborat.
Bo‘rtiq orti qismi bir juft tashqi, ichki tizzasimon tanadan ibo­rat bo‘lib, bu qismda qizil yadro va qora substansiyaning oldingi qismlari joylashgan. Bundan tashqari, orqa qismida ichki organlar funksiyasiga bog‘liq bo‘lgan juda ko‘p vegetativ markazlar bor.
Bosh miya katta yarim sharlari.
Bosh miya katta yarim sharlari (hemispheria cerebri) ikkita yarim shardan iborat bo‘lib, bosh miyaning eng rivojlangan qismidir. Ikkita yarim shar bir-biri bilan gorizontal plastinka, qadoqsimon tana orqali birikadi. Наг bir yarim shaming miya qopqog‘i, hid bilish miyasi, asosiy markaziy bo‘laklari va ikki­ta yon qorinchasi boladi. Ikkita yarim shar bir-biridan uzunasiga ketgan yoriq bilan ajraladi. Yarim sharlarning ustki yuzasida juda ko‘p pushta va egalchalar bor. Bu egatchalar hosil bodishi haqida har xil nazariyalar mavjud. Har bir yarim shaming tashqi, ichki va pastki yuzasi bo'ladi.
Miya yarim sharlarining katta egatchalari uni bcshta:
•peshana;
  • tcpa;

  • cnsa;

  • chakka;



  • orolcha bo'laklariga ajratadi.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin