Miyacha (cerebellum) o'ng va chap yarim sharlardan iborat bo'lib, ular chuvalchangsimon qism bilan birikkan. Miyacha bosh miya yarim sharlari bilan parallel rivojlanadi. U odamda yaxshi taraqqiy etgan bo'ladi. Miyacha kalla ichki asosining pastki ensa chuqurligida, katta miya yarim sharlari ensa qismining tagida joylashgan bo'lib, vazni 150 g. Miyachaning yuzasida yoysimon cgat va pushtalar bo'lib, egatlar miyachani bo'laklarga ajratadi. Miyachaning 3 juft: yuqorigi, o'rta va pastki oyoqchasi bo'ladi. Yuqorigi oyoqchasi miyachani to'rt tepalik va miya yarim sharlari bilan, o'rta oyoqchasi ko'prik bilan, pastki oyoqchasi uzunchoq miya va orqa miya bilan bog'Iaydi. Agar miyacha kesilsa, lining uslki qismi yupqa kulrang moddadan tuzilganligi va 2 qavat (donachali va yulduzchali) hujayralari ko'rinadi.
Kulrang modda tagida oq modda joylashgan, uning nerv tolalari daraxt bargining tomirlari kabi tarqalgan. U hayot daraxti deb ataladi. Oq modda orasida to‘rt juft tana — tarqoq holdagi kulrang modda uchraydi.
Miyachaga bosh miya yarim sharlari po'stlog'ining peshana, ensa va chakka bo'limlaridan nerv tolalari kiradi. Miyacha tanadagi retseptorlardan dahliz nervi tanasidan, bosh miya katta yarim sharlari po'stlog'idan impulslar qabul qiladi va ba’zi muskullar koordinatsiyasida hamda muskullar tarangligini saqlashda ishtirok etadi. Keyingi tekshirishlardan ma’lum bo’libishicha, miyachada muhim vegetativ nerv markazlari joylashgan.
O‘rta miya (mesencephalon)Varoliyev ko‘prigi yuqorisida joylashgan bo‘lib, unga to‘rt tepalik, miya oyoqchalari va Silviyev kanali kiradi. To‘rt tepalik (corpus guatriqeininum) to‘rtta bo'rtiqli plastinkadan iborat bo‘lib, miya sopining orqa yuzasida joylashgan.
Har bir tepalikdan bir tutamdan nerv tolalari chiqadi. To'rt tepalikning yuqorigi ikkitasida ko‘rish ta’sirlarini oriyentirovka qiluvchi nerv markazlari joylashgan. Bu ikki bo'rtiq oraliq miyadagi tizzasimon tana bilan bog'Iangan. Pastki ikkita tepalikda eshitish ta’sirlarini oriyentirovka qiluvchi nerv markazlari joylashgan. To‘rt tepalikdan uni orqa miya bilan bog'lovchi (tektospinal) yo‘l boshlanadi. Tuban darajada tuzilgan umurtqali hayvonlarda ikkita tepalik bo‘lib, agar u shikastlansa, ko‘rish funksiyasi butunlay yo'qoladi. Miya oyoqchalari (perdunculi cerebri)ikkita yo‘g‘on nerv tolalari boylamidan iborat bo‘lib, o‘rta miyaning oldingi qismini qoplab turadi. Miya oyoqchalari uzunchoq miya va Varoliyev ko'prigini miya yarim sharlari bilan bog'laydi. Miya oyoqchalarining lateral tomonida ko‘rish nervining yoii joylashgan. Miya oyoqchalarining pastki qismi asosi, ustki qismi qopqog'i deyiladi. Miya oyoqchalarining asosi va qopqog'i pigmentlarga boy bo'lgan tana bilan ajralib turadi. Qora tana odamda yaxshi rivojlangan. Miya oyoqchasining asosida quyidagi o'tkazuvchi yo'Ilar joylashgan: piramida yo‘li — ko'prik orqali orqa miyaga yo'nalgan bo'ladi, ko‘prik — miya po'stlog'i yo‘li, miya po‘sti — yadro yo‘li.
Miya oyoqchalarining qopqog'i uzunchoq miya ko'prigining davomi bo'lib, filogenetik kelib chiqishiga ko'ra juda qadimiy tuzilishga ega. Miya oyoqchalari qopqog'ida g‘altaksimon va ko‘z soqqasini harakatlantiruvchi nervlar tanasi joylashgan. Siviliyev kanali atrofidagi kulrang moddadan orqa miyaga tushuvchi, orqadagi uzunasiga yo‘nalgan o‘tkazuvchi yo‘llar to'dasi boshlanadi. Bu to‘daga ko'zni harakatlantiruvchi uchinchi, to'rtinchi va oltinchi nerv tolalari ham kiradi. To'rt tepalikning pastki bo‘rtiqlari chegarasida miyacha yuqori oyoqlarining tolalari kesishadi, so'ng ular qizil yadrodagi hujayralarda tugaydi. Bir qismi esa oraliq miyadagi ko'rish bo‘rtiqchalariga boradi. Miya oyoqchalarining qopqog'i tarkibidagi sezuv nervlaridan eng muhimi medial qovuzloq hisoblanadi. U uzunchoq miydagi nozik va ponasimon o'tkazuvchi yo'llar tanasidan boshlanadi.
Lateral o'tkazuvchi yo'l tarkibiga eshitish, sezish nervi kiradi. Bu yo'l to'rt tepalikning ikkita pastkisida tugaydi.