1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə93/109
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#184527
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   109
1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasinin-fayllar.org (1)

30-mavzu. DUDUQLANISH(logonevroz).
REJA:
1. Duduqlanishning kelib chiqish sabablari.
2. Duduqlanishning turlari
3. Duduqlanishning korreksion ish tizimi.

Duduqlanuvchining o'zidagi nevropatik xususiyatlari (tungi qo'rquv, enurez, kuchli qo'zg'aluvchanlik, his-hayajonli zo'riqish). Konstitutsion moyillik (vegetativ nerv sistemasining kasallanishi va oliy nerv faoliyatining juda ham nozikligi lining ruhiy shikastlanishga alohida duchor bo‘lishi). Nasliy buzilishlar (duduqlanish nutq apparatining zaifligi asosida rivojlanadi. U avloddan-avlodga resessiv alomat tarzida o‘tib borishi mumkin). Agar tashqi muhit duduqlanishga salbiy ta’sir ko'rsatsa, ekzogen omillarning ta’sirini e’tiborga olish kerak.


Duduqlanish muammosini nutq buzilishlari haqidagi ta’limotning rivojlanish tarixida eng qadimiylaridan biri, deb hisoblash mumkin. Uning mohiyatini turlicha talqin qilish fanning rivojlanishi va mualliflarning bunday nutq buzilishlariga qanday nuqtayi nazardan yondashganliklari va yondashayotganliklari darajasi bilan bog'liq.
Duduqlanish periferik turdagi, nutq apparati muskullarining tortishishi natijasida nutqning sur’at-ohangining buzilishidir.
Qadimgi davrlarda duduqlanishni ko'proq bosh miyada namlikning to'planib qolishi (Gippokrat) yoki artikulatsion apparat qismlarining o‘zaro noto'gri munosabatini Aristotel bilan bog‘liq holdagi kasallik deb qarashgan. Duduqlanish paytida nutq ap­paratining markaziy yoki periferik bo‘limlarida buzilish bo'lishi mumkinligini Galen Sels va Ibn Sino e’tirof etdilar.
Qadimgi vrachlar Itar, Vuazen, Sliul Tess, Kolombo, Klcnke, Norden erkaklar ayollarga nisbatan ko'proq duduqlanishga moyil ekanliklarini ko‘rsatib o'tishgan.
XVII—XVIIT asrlarda duduqlanish periferik nutq apparati­ning takomillashmaganligi natijasidir, deb tushuntirishga harakat qilingan. Masalan, anatom Sanatorimi duduqlanuvchilarning qattiq tanglayida tuynuk bo‘lib. shu orqali yopishqoq suyuqlik tilga oqib tushadi va nutq og'irlashadi, deb tushuntiradi.
Bir qator boshqa mualliflar duduqlanishni nutq organlari funksiyasining buzilishi bilan bog‘laganlar. Haddan tashqari tez nafas chiqarish (Bekkerel) tilning og'iz bo‘shlig‘ida ushlab turuvchi spazmatik qisqarishi (Itar, Li, Deffebax), tafakkur va nutq jarayonlarining o‘zaro kelishmovchiligi (Blyume), inson irodasining takomillashmaganligi (Merkel) bilan bog'langandir.
XVI asrning oxirlarigacha duduqlanishga organi/mning iimumiy kasalligi (Gippokrat, Galen) yoki nutq organlarining noto‘g‘ri tuzilishi sifatida qarab kelindi. Bunday tushunchalarning mavjud bo’libishi duduqlanishni terapevtik va jarrohlik yo‘li bilan davolashni davom ettirishga olib keldi. Masalan, jarroh Deffenbax 1841-yilda duduqlanishni davolash uchun til uzangisini qirqish, kuydirish kerakligini taklif etgan.
Jarrohlik metodi eramizdan avvalgi I asrdan boshlab XIX asr­ning o'rtalarigacha qo‘llanib kelindi. XIX asrda ushbu usulning keraksizligi va hayot uchun xavfliligi (Antill, Pavel Eginskiy, Fabritsiy, Dionis, Peti, Bonne) isbotlangandan so‘ng jarrohlik usuli bekor qilindi. Jarrohlik usuli duduqlanish artikulatsion apparatning patologik tuzilishi yoki til muskullari innervatsiyasining yetishmovchiligi sifatida tushunish natijasida kelib chiqqandir.
Ko‘pgina adabiyotlarda duduqlanishni bartaraf etish uchun nutqni yengillashtiruvchi va to'g‘irlovchi ortopedik apparatlar va turli harakat mashqlarini qo‘llash mumkinligi haqidagi ko'rsatmalar uchraydi. Ortopedik maqsadda qodlaniladigan mexanik moslamalar, Plutarx ta’rificha, dastlab Demosfen tomonidan qoMlanilgan. U o‘zidagi duduqlanishni bartaraf etish uchun turli narsa (dengiz toshchalar)ni nutq mashqlari vaqtida til tagida ushlagan. Nalijada bir qator mualliflar duduqlanishni bartaraf etish uchun turli mexanik moslamalarni qo'llashgan: Itar — til vilkasini, Kolomba — tiIni bosib turuvchi moslama, Ervede Sheguan — ikki qator tishlarga taqiladigan moslama va h.k.
Ortopedik moslamalar shunga qaramay, duduqlanishni bar­taraf etishda mustaqil ahamiyatga ega bo’libmay, balki yordamchi qo‘llanmalar sifatida tavsiya etilgan.
Vaqt o‘tishi bilan yangi metodik yo'nalish — duduqlanish­ni maxsus mashqlar yordamida bartaraf ctishning didaktik usuli rivojlana boshladi. Bu yo'nalishni yaratganlardan biri amerikalik pedagog Libir qator ovoz mashqlari tizimini taklif etdi. Undan fransuz shifokori Kolombo ham bir necha ovoz mashqlarining muallif'i hisoblanadi.XIX asr boshlarida bir qator fransuz tadqiqotchilari duduqlanishni nutq apparatining perifcrik va markaziy boiimlaridagi turli xil buzilishlar bilan tushuntirganlar. Vrach Vuazen duduqlanish mexanizmini markaziy nerv tizirni faoliyatining yetishmovchiligi bilan bog‘lagan. Shifokor Delor otatsizm, lamdatsizm kabi nutq buzilishlari natijasi sifatida talqin qilib, ovoz apparati­ning organik jarohatlanishi duduqlanishga sabab bo‘ladi, deb hisoblagan. U birinchi bo‘lib duduqlanuvchilarning o‘z nutqlariga akustik diqqatlarini qaratish zarurligini ko'rsatib o'tgan.
XIX asrda klinikaga «nevroz» atamasining kiritilishi duduqlanish tabiatiga to‘g‘ri yondashish imkonini berdi.
Duduqlanishni o'rganishga katta hissa qo‘shgan olimlardan Xristofor Laguzen, I.A.Sikorskiy, G.D.Netkachevlarni alohida e’tirof' etish zarur. X.Laguzen duduqlanish asab-ruhiy buzilish, deb qaragan. U g'arb mualliflarini tanqid qilgan holda yuqoridagi fikrni ilgari surdi. Shu yilning o'zida uning kitobi nashr ctildi. Ushbu kilobda muallif duduqlanishni bartaraf ctishda faqatgina ntashqlar bilan chegaralanib qolmay, balki psixo-terapevtik usullarni ham qollash zarurligini ko‘rsatib ohgan. I.A.Sikorskiyning «О заикании» nomli kitobida rus psixiatri birinchi bo‘lib duduqlanishning boladagi nutq rivojlanish davrlari bilan bog‘liqligini ko‘rsatib o‘tdi.
Ko'pgina mualliflar duduqlanishni nasliy kamchilik sifatida e’tirof etganlar. Duduqlanishning yuzaga kelishida nasliy omil ma’lum o'rinni egallaydi.
Hozirgi kunda shu narsa aniqlandiki, duduqlanishning o'zi cntas, balki ikkinchi signal tizimining zaifligi ehtimoli bilan o‘tadigan tutqanoqli reaksiyalarga moyillik nasldan-naslga o‘tar ekan.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ko'pgina mualliflar duduqlanishga nevroz sifatida qaraganlar. Lekin nevroz tushunchasining o‘zi ko'p vaqtgacha yetarli darajada aniq bo‘lmagan. Hozirgi kunda nevroz mcxanizmiga I.P.Pavlovning ta’limoti nuqtayi nazaridan qaralyapti.
  1. asr oxirlarida duduqlanish bu murakkab psixofizik buzilishdir, dcgan fikrga kelindi. Duduqlanish boshqa ncvrozlar kabi qo’zg‘alish, tormozlanish va patologik shartli refleksning shakllanish jarayonlaridagi zo'riqishni keltirib chiqaradigan turli sabablar natijasida paydo bo‘ladi. Duduqlanish bu alomat ham, alomatlar yig‘indisi ham emas, balki markaziy nerv sistemasining umumiy xastalashuvidir.


Ayrim mualliflarning fikriga ko’ra, ilk yoshdagi bolalardagi duduqlanish mexanizmini reaktiv nevroz va rivojlanishdagi nevroz nuqtayi nazaridan talqin qilish maqsadga muvofiqdir. Rivoj­lanishdagi reaktiv nevroz oliy nerv faoliyatining buzilishi sifatida tushuniladi. Rivojlanishdagi nevroz davrida patologik stereotiplar asta-sekinlik bilan muhitning noqulay sharoiti haddan tashqari g'azablanish, siqilish, zaiflashuv hollarida sodir bo‘ladi. Rivojla­nishdagi duduqlanish bolaning ilk yoshida «fiziologik tili chuchuklik»ning ushlanib qolish holatida, murakkab iborali nutq formalari o'tishi jarayonida paydo boladi.


  1. asr boshlarida duduqlanishni tushunishdagi turlitumanlikni 3 ta nazariy yo‘nalishga kiritish mumkin.


  1. Duduqlanish koordinatsiyasining spastik nevrozi nutq markazi ta’sirchanligining sustligidan kelib chiqadi. Bu fikrlar Gutsman, Kussmaul, Sikorskiyning asarlarida ifodalangan. Duduq­lanish nutq apparatining bitta bo‘limida pay tortilishi orqali kelib chiqadigan artikulatsiyaning birdaniga buzilishidir, degan nazariyaning tarafdorlari dastlab nutq apparati ta’sirchanligining tug‘ma sustligini ta’kidlagan bo'lsalar, keyinchalik ular duduqlanishni nevrotizm tarkibidagi pay tortishish spazmasi, deb tushuntirganlar.


  2. Duduqlanish psixologik xarakterdagi assotsiativ buzilish si­fatida. Bu yo'nalish T.Gepfner va E.Freshels tomonidan ilgari surilgan. Mexanizmlarni tushunishdagi psixologik yondashuv keyinchalik o'zining rivojini topdi.


  3. Duduqlanish ongli holal sifatida. U psixik jarohatlar zaminida rivojlanib boradi. Ushbu nazariyaning tarafdori A.Adler va Shnitder edilar.


XXasrgakelibduduqlanish mexanizminiI.P.Pavlovninginsonning oily nervfaoliyatihaqidagita’limoligan, shuningdek, nevroz mexanizimigatayanibtalqinqilgan. Yu.A.FlorenskayavaYu.A.Povorinskiyduduqlanishninevrozsimptomidebqaraganbo'lsalar, V.A.Gilyarovskiy, M.E.Xvatsev, I.P.Tyapuginduduqla­nishninevrozningo'zigaxosshaklidebqarashgan. V.S.Kochergina duduqlanish markaziy nerv tizimining kasalligi deb qaraydi. Duduqlanish kelib chiqishida bosh miya po‘stlog‘ida nerv jarayonlari oLzaro munosabatlarining buzilishi asosiy o'rin cgallaydi.


Duduqlanish boshqa nevrozlar kabi tormozlanish va qo‘zg‘alish jarayonlarining nomutanosibligi natijasida kelib chiqadi. Ba’zi mualliflarning fikricha, bolalik davridagi duduqlanish mexanizmini reaktiv nevroz yoki rivojlanish nevrozi pozitsiyasidan tushuntirish maqsadga muvofiqdir (V.N.Myasishev).
R.M.Boskis duduqlanishning zaminida nutqiy qiyinchiliklar yotuvchi kasallik, deb hisoblagan. Bu qiyinchiliklar jumlalarni ifodalash, ularni jihozlashda ifodalanadi.
Duduqlanish patogenezini o‘rgangan ko'pgina olimlar duduqlanuvchilarda lurli vegetativ o‘zgarishlar kuzatiIishini aniqladilar.
Masalan, M.Zeeman 84% duduqlanuvchilarda vegetativ distoniya borligini ta’kidladi. Szondining fikriga ko'ra, 100 ta duduqlanuvchining 20%ida ekspiramid buzilishlar va bosh miya bosimi borligi aniqlanadi. Bu duduqlanuvchilar vazonevrotik bo‘lib tug'iladilar, deb hisoblaydi.
Vegetativ asab sistemasining og‘ir buzilish hollarida xususan duduqlanish ikkinchi planga ko'chadi, qo'rquv, hayajonlanish, vahima, badgumonlik, umumiy zo'riqish yuz beradi, kishida titrashga, terlashga, qizarishga moyillik paydo boladi. Bolalik davrida duduqlanuvchilarda uyquning buzilishi kuzatiladi. Kattaroq yoshdagi duduqlanuvchi bu kabi kechinmalarni nutq buzilishi bilan bog'liq holda turg'un xulq-atvorni keltirib chiqaradi.
Gendner duduqlanuvchilarda xuruj vaqtida neyrovegetativ reaksiyaning o'zgarishini aniqladi: 100% holatda ularda ko‘z qorachig'ining kengayishi kuzatiladi. Tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchilar miqdori 1,4% (K.P.Bekker bo'yicha), duduqlanuvchi kichik yoshli maktab o'quvchilari 1,6% (M.V.Sovak bo‘yicha), katta yoshdagi dudiiqlanuvchilar 1% (M.E.Xvatsev bo‘yicha)ni tashkil etar ekan.
Bir qator olimlar duduqlanuvchilar harakatlarini o‘rganib, ma’lum fikrlarga keldilar. Jumladan, N.A.Tugova ritmika mashg‘ulotlarida kuzatishlar olib borib, duduqlanuvchilarning noto‘g‘ri harakatlarini diqqatning turg‘unsizligiga, kuzatuvchanlik qobiliyatining sustligiga, o‘qituvchi yo‘riqnomalariga diqqati va irodasini qarata olmaslik va hokazolarga bog'ladi. B.I.Shostak duduqlanuvchi bolalarda motorikaning buzilishi kuzati 1 ishini aniqladi. U bolalar harakatlarida ayrim nomutanosiblikni, besohiaqaylikni, yomon koordinatsiyalarni, ba’zida muskullarning haddan tashqari tarangligini kuzatdi.
Duduqlanishning dastlabki to'liq alomatlari l.A.Sikorskiyning «Duduqlanish» nomli ilmiy ishida ko‘rsatib berilgan edi. Kishilarning turli yosh davrlarida duduqlanishning yuzaga kelishini M.Xvatscv, M.Zeeman, V.A.Gilyarovskiy, N.P.Tyapugin va boshqa ko'pgina olimlar o‘rganishdi. Hozirgi davrda alomatlarning bir-biriga o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lgan 2ta guruhi ajratiladi: biologik (fizilogik) va sotsial (psixik).
Fiziologik alomatlarga nutqning hosil bo'lishida ishtirok etuvchi a’zolarning tortishishi, markaziy ncrv tizimi va jismoniy salomatliklarning, umumiy va nutq harakatlarining buzilishi kiradi.
Psixik alomatlarga nutqda tutilish va his-hayajonli nutqning boshqa buzilishlari, nutqda qayd qilish fenomeni, logofobiyalar, nayrang ishlatish va boshqa ruhiy jihatlar kiradi.
Hozirgi davrga qadar tadqiqotchilar duduqlanish mexanizmini nafaqat tibbiy va fiziologik jihatdan, balki neyrofiziologik, psixologik, psixolingvistik nuqtayi nazardan ham o'rganishga inti 1moqda.
Duduqlanuvchilarni psixologik jihatdan ko'rsak, diqqat-e’tibor, xotira, tafakkur, ruhiy harakatni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ularda ruhiy faoliyat tuzilishi, uning o‘z-o‘zini muvofiqlashtirish jarayoni o‘zgargan. Ular yuqori darajada avtomatlashtirilishi (xususan faoliyatga tezda kirishishni) talab qiladigan faoliyatni yomon o'taydilar, Ickin ixtiyoriv bajarilish bilanoq duduqlanuvchi va soglom kishi orasidagi samaradorlik farqi yo‘qoladi.
Duduqlanuvchilarning shaxsiy xususiyatlarini tibbiy kuzatishlar yordamida, tajriba-psixologik metodikalarni qoMlash bilan tekshirish samaralidir. Ular yordamida xavotirlik, badgumonlik xususiyati, gumonsirash, ishonchsizlik, odamovilik, ruhiy tushkunlikka moyillik, nuqsonga nisbatan sust-mudofaa va mudofaa-tajovuzkorlik bilan ta’sir ko'rsatish hollari aniqlangan.
Duduqlanish mexanizmlarini psixolingvistik nuqtayi nazardan ko‘rib chiqish ham e’tiborga molikdir. O'rganishning bu jihati duduqlanuvchi nutq talaffuzining qaysi pallasida muskullar tortishuvi yuzaga kelishini aniqlashni taqozo qiladi. Nutq kommunikatsiyalari quyidagi bosqichlarga ajratib ko‘rsatiladi:
  1. Nutqqa ehtiyojning borligi yoki kommunikativ maqsad.


  2. Bayon qilish fikrining ichki nutqda tug'ilishi.


  3. Bayon qilishning tovush orqali bajarilishi. Bu bosqichlar nutq faoliyatining turli tuzilishlarida o‘z oqimining to'liq va uzunligiga ko‘ra har xildir.


Duduqlanish muammosiga nisbatan turli nuqtayi nazarlarni ko'rib chiqib, duduqlanishning paydo bo‘lish mcxanizmlari bir xil emas, degan xulosaga kelish mumkin. Ayrim hollarda duduq­lanish murakkab nevrotik zaiflashuv sifatida e’tirof etiladi, u csa bosh miya qobig‘idagi nerv jarayonining izdan chiqishi, qobiq va qobiq osti o'zaro munosabatlarining buzilishi umumiy nutqiy harakatlar (ovoz. nafas olish, artikulatsiya) sur’atining zaiflashuvi oqibati hisoblanadi.


Boshqa hollarda noto‘g‘ri nutq refleksi oqibatida paydo bo'lgan, turli gcnezlarda dastlabki yuzaga kelgan murakkab nevrotik zaiflashuv sifatida talqin etiladi.
Uchinchidan — nutqning murakkab, o'ta funksional zaiflashuvi sifatida qarab chiqiladi. U umumiy hamda nutqiy dizontogenez va shaxsning disgarmonik rivojlanishi oqibatida namoyon bo'ladi.
To‘rtinchidan — duduqlanish mexanizmini markaziy nerv sistemasining organik o'zgarishi asosida talqin qilish mumkin. Ammo har qanday vaziyatda ham uyg‘unlikni tashkil qiladigan fiziologik va ruhiy buzilishlarni hisobga olisli lozim.
Duduqlanishning namoyon bo’libishi liaqida mualiiflar o‘z tekshirishlariga asoslanib turli xulosalarni bayon qiladilar. Zee­man duduqlanishning namoyon bo'lishida ulardagi effektiv labillik palologik tarzda oshib ketishi sabab bo’libadi, deb qaraydi. Sovak esa 300ta duduqlanuvchilarni lekshirib, ularning 84,6%ida vegetativ asab tizimining distoniyasini kuzatgan. Kochergina o‘tkazgan tekshirishlarda esa duduqlanuvchilardagi turli xil oliy asab tizimining buzilishlari namoyon boiishini aniqlagan. Bular: qo‘zg‘alishning oshib ketishi, xafaqonlik, o'jarlik hamda uyqu va ishtahaning buzilishlari, infeksion va boshqa turli kasalliklarga moyillik, jismoniy zaiflik, enurezlardir.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, ko‘pchilik duduqlanuvchi bolalarda motorikaning buzilishi kuzalilgan. B.I.Shostak duduqlanuvchi bolalarni kuzatish jarayonida ularda ayrim besohiaqaylik holatlarini, harakatlarda yomon koordinatsiyani, ba’zan esa muskullarning haddan tashqari tarangligini kuzatdi.
N.A.Vlasova va Ye.V.Raular duduqlanishni keltirib chiqaruvchi sabablarni quyidagicha tasniflaydilar:
  • irsiy moyillik;


  • sotsial maishiy sharoit;


  • yuqumli kasalliklar;


  • qo‘rquv;


  • noto‘g‘ri nutqiy tarbiya;


  • organik buzilishlar;


  • taqlid qilish natijasida.


Ammohammayuqumlikasalliklarbilanog‘riganbolalaryokihammaqo'rqqanbolalarhamduduqlanuvchibo'libqolavermaydi. Buninguchunbolaningnervtizimizaifbo‘lib, shukasallikkamoyillik, zaminbo'lsaginaushbunuqsonyuzagakelishimumkin.


M.E.Xvatsevo‘ziningqollanmasida(«Заикание—недугустранимое») duduqlanishnikeltiribchiqaruvchisabablarnisanabo'tadi: bolanervtiziminingzaifligivabeqarorligi, tug'mayokiorttirilgankasalliklarnatijasidayokinoqulayhayotsharoitlarinatijasidakelibchiqadi.
Duduqlanish deyarli 1—2 holatda nasldan-naslga o‘tadi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar, jumladan Gutsman 28,8%, Tromner — 33%, Migind — 42%, Zeeman — 34%, Sedlachkova — 30,9% holatlarda duduqlanishning nasldan-naslga o'tishini isbotlab berganlar.
Duduqlanish etiologiyasi tadqiqotchilarni qadimdan qiziqtirib kelmoqda. Bungacha X.Laguzen besamaralik, uyat, qo‘rquv, g'azab, dahshatga tushish, boshning qattiq lat yeyishi, og‘ir kasallanish, ota-onaning noto‘g‘ri nutqiga taqlid qilishni duduqlanish sabablariga qo‘shgan edi. I.A.Sikorskiy birinchi bo'lib ta’kidlashicha, duduqlanish bolalar yoshiga xosdir. Chunki bu davrda nutq rivojlanishi tugallanmagan bo’libadi. U irsiyatga muhim ahamiyat berdi. Bunda nimjon bolalardagi nutq mexanizmlari muvozanatini buzadigan boshqa ruhiy va biologik sabablarni (qo'rquv, lat yeyish, yuqumli kasalliklar, taqlid qilish) shartli ravishda hisobga oldi. G.D.Netkachyov duduqlan­ish sabablarini bolaning oilada noto‘g‘ri tarbiyalanishidan qidirdi va qattiqqodlik bilan hamda erkalatib tarbiyalashni zararli, deb hisobladi.
Hozirgi vaqtda duduqlanish sabablarini 2 guruhga: moyillik sababi va keltirib chiqaruvchi sababga ajratish mumkin.
Moyillik sabablariga quyidagilar kiradi: ota-onalarning nevropatik kasallanishi (markaziy nerv sistemasining faoliyatini bo'shashliruvchi yoki izdan chiqaruvchi nerv kasalliklari, yuqum­li va jismoniy kasalliklar).
Duduqlanuvchining o'zidagi nevropatik xususiyatlari (tungi qo'rquv, enurez, kuchli qo'zg'aluvchanlik, his-hayajonli zo'riqish).
Konstitutsion moyillik (vegetativ nerv sistemasining kasallanishi va oliy nerv faoliyatining juda ham nozikligi, uning ruhiy shikastlanishga alohida duchor bo'lishi).
Nasliy buzilishlar (duduqlanish nutq apparatining zaifligi asosida rivojlanadi, u avloddan-avlodga resessiv alomat tarzida o‘tib borishi mumkin). Agar tashqi muhit duduqlanishga salbiy ta’sir ko’rsatsa, ekzogen omillarning ta’sirini e’tiborga olish kerak.
Bosh miyaning turli davrlardagi rivojlanishida, ko’plab salbiy omillar ta’sirida shikastlanishi: ona qornidagi va tug‘ma jarohatlanish, asfiksiya: postnatal-yuqumli kasalliklar, turli xil bolalar kasalliklaridagi jarohatli va trofik-almashinuv buzilishlari.
Ko‘rsatilgan sabablar va ruhiy sohalarda turli xil patologik o’zgarishlarni keltirib chiqaradi, nutq rivojlanishining kechikishiga, nutqning zaiflashuviga olib keladi va duduqlanishning rivojlanishiga imkon beradi.
Keltirib chiqaruvchi sabablar guruhida anatomik-fiziologik, ruhiy va sotsial sabablarni ajratib ko’rsatish mumkin.
Anatomik-fiziologik sabablar: cnsefalit oqibatida yuzaga kelgan jismoniy kasalliklar; jarohatlar ona qornidagi, tug‘ilish paytidagi, ko‘pincha asfiksiya bilan, miyaning chayqalib lat yeyishi; miyaning organik buzilishi, bu paytda harakati muvofiqlashtiruvchi qobiq osti mexanizmlari yalligManishi mumkin; zaharlanish va markaziy nutq apparatini zaiflashtiruvchi boshqa kasalliklar natijasida nerv tizimining tamoman izdan chiqishi yoki o‘ta charchashi; qizamiq, terlama, gijjalar, ayniqsa ko‘kyo‘tal, ichki sekretsiya almashinuv kasalliklari burun, halqum, hiqildoq kasalliklari; dislaliya, dizartriyaning va nutq to’liq rivojlanmaganligi hollardagi tovush talaffuzi apparatining mukammal rivojlanmaganligi.
Ruhiy va sotsial sabablar: qisqa muddatli — bir lahzalik ru­hiy shikast (qo'rquv, vahimaga tushish); uzoq vaqt ta’sir ko‘rsaladigan ruhiy shikast, bunda noto‘g‘ri oila tarbiyasi tushuniladi;
tantiqlik, buyruqqa asoslangan tarbiya, bir xil bo’libmagan tarbiya, «namunali» bola tarbiyasi; surunkali ziddiyatli kechinmalar, ruhiy zolriqish yoki hal etilmagan, umumiy g‘ov bo'luvchi zid­diyatli vaziyatlar ko‘rinishidagi uzoq muddatli salbiy hissiyotlar; ruhan juda og‘ir kechadi; o‘tkir samarasiz ta’sirni keltirib chiqaradigan kuchli, bexosdan paydo bo’libuvchi iztiroblar; vahimali va оЧа shodlanish hoi lari; nutqning bolalarda noto‘g‘ri shakllanishi; nafas olish davomidagi nutqi, tez gapirish, tovush talaffuzining buzilishi, ota-onalarning tez, notekis nutqi; kichik yoshdagi bolalarni haddan ortiq nutq materiallari bilan zo‘riqtirish.
Duduqlanish uchta darajaga ajratiladi: yengil, o‘rta va og‘ir.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin