Funksional tizimlar. Fiziologiya - tirik organizm va qismlarning funksiyasini o‘rganadi. Organizm - organik olamning mustaqil yashay oluvchi, o‘z - o‘zini boshqara oluvchi va tashqi muhitning turli o‘zgarishlariga turli bir butun sistema singari javob bera oluvchi birligidir. Organizm o‘z atrofidagi ashqi muhit bilan o‘zaro ta’sir etib turgandagina yashay oladi va shunday o‘zaro ta’sir singari buning natijasida yangilanib turadi. Fiziologik funksiyalar hayot faoliyatining moslanish uchun ahamiyatli belgilaridir. Organizm turli funksiyalarni o‘tay turib tashqi muhitga moslashadi yoki muhitni o‘z ehtiyojlariga moslashtiradi.
Modda va energiya almashinuvi tirik organizmning asosiy funksiyasidir. Bu jarayon organizmda va uning barcha strukturalarida beto‘xtov ro‘y berib turuvchi ximiyaviy va fizikaviy o‘zgarishlardan, moddalar o‘zgarishidan va energiya almashinuvidan iborat. Moddalar almashinuvi yoki metabolizm hayotning zarur shartidir. Tirik mavjudotlar olami anorganik olamdan moddalar almashinuvi bilan farq qiladi. Moddalar almashinuvining to‘xtashi natijasida organizm o‘ladi, protoplazma emirilib ketadi, protoplazmaga xarakterli bo‘lgan ximiyaviy birikmalar, avvalo oqsil birikmalari parchalanib, hech avvalgi holiga qaytmaydi. Qolgan barcha fiziologik funksiyalar o‘sish, rivojlanish, ko‘payish, ovqatlanish va ovqat hazm qilish, nafas olish, sekretsiya va chiqindilarni chiqarish, harakat, tashqi muhitning o‘zgarishiga javoban ro‘y beruvchi reaksiyalar va shu kabilar moddalar almashinuviga bog‘liq.
Organizm moddiy va energetik sarflarini to‘ldiradigan ovqat olishi uchun tashqi muhit imkoniyat bergandagina va organizm o‘zi uchun zarur suvli yoki havoli muhitda yashab, ma’lum temperatura barometrik asbob, yorug‘lik intensivligi va spektri va shu kabilar mavjud bo‘lgandagina uning (organizmning) funksiyalari normal ravishda ro‘yobga chiqishi mumkin.
Ichki muhit - qon, limfa va organizm hujayralarini yuvib turadigan to‘qima suyuqligidir.
Yuksak hayvonlar organizmida tashqi muhitning ko‘pchilik ta’siriga qarshi turuvchi, hujayralarning yashash sharoitiga bir qadar doimiy bo‘lishini ta’minlovchi moslanishlar vujudga kelgan. Organizm hujayralaridagi elektrolitlar va suv miqdorining‘ doimiyligi tufayli osmotik bosim bir qadar doimiy bo‘lgandagina hujayralar normal ishlay oladi. Osmotik bosimning o‘zgarishi organizm struktura va funksiyasini buzilishiga olib keladi. Organizm bir butun bo‘lgani uchun ortiqcha suv kirganda ham. ovqatdagi tuzlar miqdori ko‘p yoki kam bo‘lganida ham ma’lum vaqt yashay oladi. Buning boisi shuki, gavdada ,suv va elektroditlarning, doim bir xil miqdorda turishiga yordam beruvchi moslamalar bor. Suv ortiqcha kirganda ortiqchasi chiqaruv organlari (buyraklar, ter bezlari, teri) orqali organizmdai tez chiqib ketadi suv etishmaganda esa gavdada ushlab qoladi. Hujayralar, ayniqsa, nerv hujayralari, qondagi qand miqdorining o‘zgarishiga juda sezgir bo‘ladi, qand esa muhim oziq modda bo‘lib xizmat qiladi. Madomiki shunday ekan, qondagi qand miqdorining doimiyligi hayot faoliyati protsesslari uchun katta ahamiyatga ega. Qondagi qand ko‘payib ketganda jigar va muskullarndan polisaxarid - glikogen sintezlanadi, bu modda ujayralarda to‘planadi, qondagi qand kamayganda esa, aksincha glikogen jigar va muskullarda parchalanib, uzum shakari hosil bo‘ladi, bu modda qonga o‘tadi. Ichki muxit ximiyaviy tarkibi va fizikaviy xossalarining doimiyligi yuksak hayvonlar organizmining muhim xususiyatlaridir. Bu doimiylikni ifodalash uchun U.Kennon keng tarqalgan gomeostaz iborasini taklif qilgan. Gomeostazning saqlanib turishida turli organlar va ularning sistemalari turlicha rol o‘ynaydi. Masalan, ovqat hazm qilish organlari oziq moddalarning organizm xujayralari foydalana oladigan shaklda qonga kirishini ta’minlaydi. Qon aylanish sistemasi organlari qonni to‘xtovsiz xarakatlantirib va organizmda turli modadlarni tashib turadi, natijada oziq moddalar kislorod va organizmning o‘zida hosil bo‘luvchi turli ximiyaviy moddalar hujayralarga keladi, hujayralardan ajralib chiqadigan chiqindilar (karbonat angidrid gazi organizmdan chiqarib yuboriladi).
Gomeostazning saqlanishida nerv sistemasi juda muhim rol o‘ynaydi. Nerv sistemasi tashqi va ichki muhitning turli o‘zgarishiga xushyorlik bilan javob ko‘rsatib, organlar bilan sistemalar faoliyatini shunday boshqaradiki, organizmda ro‘y berayotgan va ro‘y berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarish va buzilishlarni oldi olinadi va to‘g‘rilanadi.
Kl.Bernar ta’biri bilan aytganda, «Ichki muhit doimiyligi erkin va mustaqil hayot shartidir».
Modda almashinuv protsesslari turli moddalarnitsg tashqi muxitdan organizmga kirishi, o‘zlashtirilishi, o‘zgarish va hosil bo‘lgan tashlandilar (parchalanish mahsulotlari)ning chiqarilishidan iborat. Organizmda moddalar o‘zgaradigan shu protsesslarda ko‘pgina turli ximiyaviy, mexanik termik va elektr hodisalari ro‘y beradi, energiya beto‘xtov o‘zgaradi murakkab organik birikmalar parchalanganda ularning potensial energiyasi bo‘shab chiqib, issiqliq mexaniq elektr energiyasiga aylanadi. Issiqlik energiyasi va mexanik energiya asosan organizmda yuzaga chiqadi. Moddalar almashinuvi va energiya o‘zgarishi bir - biridan ajratib bo‘lmaydigan protsesslardir. Energiya almashinmasa modda o‘zgarmaydi, va moddalar almashinmasa, energiya almashinmaydi. Organizmda ro‘y beradigan energetik protsesslar natijasida ko‘proq issiqlik hosil bo‘ladi. Organizmdan bo‘shab chiqqan issiqlik energiyasini aniqlab, tashqi ish bajarishga ketadigan mexanik energiyani issiklik birligiga aylantirib, xisob organizmning kancha energiya sarflanganligini aniqlab va almashinuv protsesslari nechog‘lik intensiv ekanligini bilish mumkin. Organizmda modda va energiya almashinuviga materiya va energiyaning saklanish qonuniga muvofiq sodir bo‘ladi. Moddalar almashinuvi assimlyasiya va dissimlyasiya degan protsessning birligi. Organizmga tashqi muxitdan kirgan moddalarning xujayralar tomonidan o‘zlashtirilishi, oddiyroq ximiyaviy moddalardan murakkabroq ximiyaviy birikmalar hosil bo‘lishi, organizmda tirik protoplazmaning sintez qilinishi majmu’asini «assimilyasiya» deb yuritishadi.
Dissimilyasiya xujayralar strukturasi, jumladan oqsil birikma-lari tarkibiga kiradigan moddalarning parchalanishi, bo‘linishi, tirik materiyaning emiriliish demakdir. Bunda parchalanish mahsulotlari organizmdan chiqib ketadi. Oqsillar eng murakkab ximiyaviy birikmalar bo‘lib, 20 turli aminokislotalarning turli kombinatsiyalaridan tarkib topgan polimerlardir. Oqsillar biosintezi nuklein kislotalarning bevosita ishtirokida ro‘y beradi. Nuklein kislotalar ayrim aminokislotalardan oqsil molekulasini yig‘adigan «karkas» vazifasini bajaruvchi qolip, andozaga o‘xshaydi. Organizm xujayralarida oqsillar o‘z-o‘zidan yangilanib turadi, ya’ni xujayra oqsillari parchalanib va yangidan sintezlanib turadi. Turli xujayralarda faqat shular uchun spetsifik bo‘lgan ko‘pgina ximiyaviy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Masalan, ba’zi ximiyaviy birikmalar fakat muayyan xujayralarda yoki xujayra ichidagi strukturalarda hosil bo‘ladi. Ma’lumki xlorid kislotani faqat me’da bezlarining qoplama xujayralari hosil qiladi va chiqaradi.
Xar qanday organizm va uning barcha xujayralari ta’sirlanuvchan bo‘ladi, ya’ni tashqi muxit ta’sir etganda yoki xolati buzilganda o‘z strukturasini o‘zgartirish, aktiv faoliyat ko‘rsatish, bu faoliyatni kuchaytirish va susaytirish bilan javob beradi, bu esa modda va energiya almashinuvining sifat xamda miqdor o‘zgarigalariga chambarchas bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |